Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Tovon suyaklari – ossa tarsi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə18/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Tovon suyaklari – ossa tarsi - uch qator joylashgan mayda suyakchalardan iborat: birinchi qatorda – ikkita – yon tomonda tovon suyagi – os tarsi tibialis, o’rtada oshiq suyagi – talus; ikkinchi qatorda – bitta markaziy suyakcha - os tarsi centrale bo’ladi; uchinchi qatorda uchta, ba'zan to’rtta – 1 – 2 tovon suyaklari - os tarsi primum et secundum bir – biriga qo’shilgan, 3 tovon suyagi - os tarsi tertium, 4 – 5 tovon suyaklari – os tarsi guartum et guintum bir – biriga qo’shilgan. Uchta tovon suyaklari o’rtasida tovon kanali – canalis tarsi mavjud.
Oyoq – kaft suyaklari – ossa metatarsi - oldingi oyoqdagi kaft suyagiga o’xshash, ulardan uzunroq va silindr shaklida bo’ladi. Otlarda 3-nchi kaft suyagi, panjali hayvonlarda 1-nchi va 5-nchi kaft suyaklari yaxshi rivojlangan, 2-nchi va 4-nchilari rudimentlashayotgan suyaklar hisoblanadi.
Uchinchi kaft suyagi – ossa metatarsi tertium uzun, silindr shaklida bo’lib, oldingi yuzasida g’adir – budir joy – tuberossitas metatarsi mavjud.
Barmoq suyaklari – ossa digitorium oldingi oyoqning barmoq suyaklari singari tuzilishga ega.
Topshiriqlar va savollar:
Keyingi oyoqdagi har bir suyakning anatomik qismlarini topib, turli xil hayvonlarga xos tafovutlarni aniqlang. Har bir suyakning tasvirini chizing.
- tos suyagi qaysi suyaklarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan?
- son suyagidagi do’mboqlarni anatomo-topografiyasini ayting.
- katta boldir suyagi qanday anatomik qismlardan iborat?
- tovon suyaklari necha qator bo’lib joylashadi va ularni nomlang.


Mavzu: Suyaklarni o’zaro birikishi.


Darsning maqsadi: Bo’g’imlarni tuzilishi, ularning anatomik qismlarini hamda hayvonlarda ahamiyati, bo’g’imlarni tuzilishi, tiplari va harakat xillarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: Hayvon skeleti, bo’g’imlar, rasmlar, slaydlar.
Darsning mazmuni: Tananing suyaklari bir – biriga birikuvchi hamma bo’g’imlarini ikkiga: uzluksiz birikuvchi va harakatchan birikuvchi bo’g’imlarga bo’lish mumkin. Uzluksiz birikuvchi bo’g’imning suyaklari orasidagi biriktiruvchi to’qimalar yaxlit, uzluksiz birikmalar – synarthrosis ni hosil qiladi, ular kam harakat, ular kam harakat, qo’zg’almaydigan darajada bo’ladi. Harakatchan birikuvchi bo’g’imlar - diarthrosis da bo’g’im suyaklarining uchini tutashtiruvchi bo’shliqbo’ladi. Shuning uchun bo’g’im hosil qiluvchi suyaklarining uchlari bir-biriga yaqin tegib turmaydi. Harakatchan bo’g’imlar uzluksiz birikuvchilardan kelib chiqqan.
Bitta suyak boshqasi bilan birikishi natijasida bo‘g‘im hosil bo‘ladi va artroz sifatida ma’lum. Bo‘g‘imlar turli darajadagi harakatni ta’minlab beradi va uch guruhga: fibroz yoki tolali, tog‘ayli, sinovial bo‘g‘imlarga bo‘linadi.
Fibroz yoki tolali bo‘g‘imlar harakatsiz bo‘lib, suyaklar tig‘iz biriktiruvchi to‘qima orqali birikadi. Masalan, kalla skeletidagi ko‘pgina suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qima yordamida birikadi. Ayrim tog‘ayli bo‘g‘imlar ham harakatsiz bo‘g‘imlar xiliga kiradi.
Tog‘ayli bo‘g‘imlar chegaralangan harakatlarni amalga oshiradi yoki umuman harakatsiz bo‘lib, suyaklar tog‘ay yordamida birikadi. Ayrim tog‘ayli bo‘g‘imlar suyaklar o‘rtasida qisman harakatni ta’minlaydi. Masalan, umurtqalar tanasi o‘rtasidagi bo‘g‘im shunday tipda bo‘lib, umurtqa pog‘onasining egiluvchanligiga imkon yaratadi.
Sinovial bo‘g‘imlar – diarthroses keng harakat ko‘lamini ta’minlaydi. Sinovial bo‘g‘imlarda suyaklvr bir-biridan bo‘shliq orqali ajralgan va u sinovial suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Bo‘g‘im tashqi tomondan kapsula bilan o‘ralgan. Kapsulaning tashqi qavati himoya vazifasini bajaradi, shuningdek bo‘g‘imning ichki yuzasi parda bilan o‘ralgan bo‘lib, u sinovial suyuqlik ishlab chiqadi. Bu suyuqlik bo‘g‘imni namlab turadi va suyaklar uchini qoplab turuvchi gialin tog‘ayni oziqlantirish uchun xizmat qiladi.
Sinovial suyuqlik somon rangidagi yopishqoq bo‘lib, mashq qilgan yirik bo‘g‘imlarda birmuncha ko‘p bo‘ladi.
Ayrim sinovial bo‘g‘imlar ichki kapsuladan yo‘g‘onlashgan yordamchi pay hosil bo‘ladi.
Bir nechta sinovial bo‘g‘imlar bir yoki bir nechta intraartikulyar bo‘g‘im bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Bu tizza bo‘g‘imida uchrab, ikkita yarim oysimon meniski va pastki jag‘ va kalla suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘im ko‘rinishida bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning bunday tuzilishi ularning harakat ko‘lamini oshiradi, amortizator sifatida emirilishni kamaytiradi.
Ikkita xochsimon pay joylashgan bog‘lam tizza bo‘g‘imida turg‘unlikni ta’minlab turadi. Yirik va o‘rta zotli itlarda fizik mashqlar davomida ularning birgalikda aylanishi natijasida uzilishi kuzatilishi mumkin. Buning oqibatida bo‘g‘imning turg‘unligi yo‘qoladi va oqsash yuzaga keladi. Oldingi xochsimon paylar birmuncha ko‘p shikastlanadi va tizza bo‘g‘imida jarrohlik muolajalarini o‘tkazishda ushbu muammoni echishga to‘g‘ri keladi.
Bo’g’imlar. Bo’g’im - articulatio s.diarthrosis tana suyaklarining ko’pchilik qismida uchrab harakatchanligiva harakatning yengil o’tishini ta’minlashi bilan farq qiladi. Har qaysi suyakning bo’g’imga kiradigan uchlari gealin tog’ay bilan qoplangan bo’ladi. U bo’g’im tog’ayi - cartilago articularis deyiladi. Bu tog’ay suyaklarining bir – biriga tegib ishqalanishini kamaytiradi.
Bo’g’imlarning butun ustki tomonini biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan parda shaklidagi kapsula urab oladi. Bo’g’im kapsulasining ichidan sinovial suyuqlik bo’lib u harakat vaqtida ishqalanishni kamaytiradi va doimo suyaklarni namlab turadi. Bo’g’im kapsulasi ikkta pardadan: tashqi fibroz va ichki – sinovial pardadan iborat bo’ladi.
Kapsulaning fibroz qavati - stratum fibrosum uyak pardasining davomi bo’lib, bir suyakdan ikkinchisiga o’tadi.
Sinovial qavat - stratum synoviale siyrak biriktiruvchi to’qimalardan to’zilgan, unda qon va nerv tomirlari jukda ko’p bo’ladi. Bu qavat suyakga qo’shiladi, tashqi yuzasida bo’shliq bo’ladi. Burtib chiqishi natijasida ba’zi bo’g’imlarda sinovial (burza) halqachalar hosil bo’ladi. Ular suyakga yaqin paylar va muskullarning ostidan joylashib ishqalanishni kamaytiradi.
Bo’g’imlarning xillari. Sinovial bo‘g‘imlar suyaklar bo‘g‘im yuzalarining o‘rtasidagi birmuncha erkin harakatiga imkoniyat yaratib, uning darajasi sinovial bo‘g‘imning turiga bog‘liq. Sinovial bo‘g‘imning harakati bitta yoki bir nechta kesimlarda bo‘lishi mumkin
Qishloq xo’jaligi hayvonlarining bo’g’imlari nihoyatda xilma – xil bo’lib, bu ularning harakati bilan bog’liqdir. Shu sababli bo’g’imlar bir qancha xillarga bo’linib o’rganiladi.
Harakat o’qi bitta bo’lgan, yana g’altaksimon bo’g’imlar - bu xildagi bo’g’im hosil qiladigan suyaklarning birida silindirsimon bosh, ikkinchisida mos keladigan cho’qurcha bo’ladi. Harakat o’qi bo’g’im boshchasidan suyak bo’ylab uning markazidan o’tadi. Bunda bukilish va yozilish harakatlari sodir bo’ladi. Bunday bo’g’imlar yon tomonlarga qarab harakatlanmaydi, chunki yon tomonlarida bukilishga halaqit beruvchi qirra bor. Hayvonlarning tirsak va armoq bo’g’imlari ana shunday bo’g’imlarga kiradi.
Ko’p o’qli bo’g’imlarning harakat o’qi juda ko’p bo’lib, har xil harakatni vujudga keltiradi. Bunday bo’g’imni hosil qiluvchi suyaklarning birida sharsimon boshcha, ikkinchisida esa shu boshchaga mos keladigan chuqurcha bo’ladi. Masalan kurak, yelka, tos va son suyaklarining bo’g’imlari ana shunday bo’g’imlardir. Bunday bo’g’imlar sharsimon bo’g’imlar - articulatio sphaeraidea deyiladi.
Kam harakat sirg’anchoq bo’g’imlar - articulatio amphiartiosis ni hosil qiluvchi suyaklarning bo’g’im yuzalari tekis, harakati kam bo’ladi. Bular, asosan, buferlik vazifasini bajaradi. Bunday bo’g’imga kaft, bilaguzuk va tovon suyaklarining bo’g’imlari kiradi.
Bo’g’imlar, o’z navbatida, oddiy va murakkab bo’g’imlarga bo’linadi. Ikkita suyakdan tuzilgan bo’g’imlar oddiy bo’g’im - articulatio simplex, tog’ay plastinkalar yoki bir qancha suyakdan tuzilgan bo’g’imlar, masalan, bilaguzuk, tovon bo’g’imlari murakkab bo’g’im - articulatio compositia deyiladi.
Uyg’unlashgan bo’g’imlarda harakat bir necha bo’g’imda bir vaqtda vujudga keladi.
Qishloq xo’jaligi hayvonlarining ensa – atlant bo’g’imi, odamlarning tirsak bo’g’imi uyg’unlashgan bo’g’imdir. Bular burilish xususiyatiga ham ega bo’ladi.
Bo’g’imlardagi harakatning turlari
Oldingi va keyingi oyoq suyaklarining bo’g’imlari quyidagi harakatlarni: bukish, yozish, uzatish, yig’ish, burish va aylantirish harakatlarini bajaradi.
Bukish ­– flexio holatida bo’g’im hosil qiluvchi suyaklar bir – biriga yaqin kelib, burchak hosil qiladi. Yozish - extensio holatida bukishning teskarisi bo’lib, hosil bo’lgan burchak yoziladi va suyaklar bir – biridan uzoqlashadi. Bunday harakat bir o’qli va ko’p o’qli bo’g’imlarda sodir bo’ladi. Yig’ish (adduksiya) adductio holatida oyoq suyaklari bir – biriga yaqin bo’ladi, uzatish (abduksiya) - adductio vaqtida esa oyoqlar bir – biridan uzoqlashadi. Bunday harakat ko’p o’qli bo’g’imlarda, masalan, yelka bo’g’imi va hokazolarda paydo bo’ladi. Burish - rotario holatida harakat o’q atrofida bo’ylamasiga vujudga keladi. Agar bo’g’im yonga burilsa, tashqi tomonga aylanish - supinatio, ichga burilsa, ichki tomonga aylanish - pronatio deyiladi.
Aylantirish – circumductio holatida bo’g’imlar har xil harakat hosil qilishi va aylanishi mumkin. Bunday harakat odamlarda ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi, hayvonlarning esa tos – son bo’g’imida vujudga kelishi mumkin.


Topshiriq va savollar
- Uzluksiz birikish haqida tushuncha.
- Harakatchan bo’g’im nima?
- Uzluksiz bo’g’imlarning xillari?
- Sindesmoz birikish nima?
- Sinxondroz birikish nima?
- Sinostoz birikish nima?



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə