Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Parrandalarning ixtiyoriy harakat organlari hamda teri qoplamasining anatomik tarkibi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə86/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Parrandalarning ixtiyoriy harakat organlari hamda teri qoplamasining anatomik tarkibi


Darsning maqsadi: uy parrandalari anatomik tuzilishi, parrandalarning skeleti, muskullari, teri qoplamasining boshqa hayvonlardan farqini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: parranda, rasmlar, mulyaj, parranda ho’l ichki organlarining preparati.
Darsning mazmuni: parrandalarni anatomik tuzilishidagi farqini o’rganish uchun uy hayvonlari bilan taqqoslab o’rganiladi. Suyaklari pnevmatik, terisida bezlar yuq, oyoqlari uchishga moslashgan, muskullari qanotlarida va ko’krak qismida yaxshi rivojlangan bo’ladi. Nafas yo’llarida qo’shimcha havo xaltachalari bo’ladi, og’izda tishi yo’q, yo’g’on ichaklari kalta, siydik pufagi yo’q, chap tuxumdoni va tuxum yo’li rivojlangan bo’ladi.
S k i l e t. Parrandalarning skeleti bosh, tana va oyoq suyaklariga bo’linadi. Ulardan bosh va umurtqa pog’onasi suyaklarida katta farq bo’ladi, skeletining ko’p qismining ichi havo bilan to’lgan bo’lib, uchishga moslashgan.
O’q skeleti. O’q suyaklari – parrandalarda ham bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlaridan iborat. Bo’yin umurtqalari tovuqlarda 13 – 14, urdaklarda 14 – 15, g’ozlarda 17 – 18, strauslarda 18 – 20, oq qushlarda 23 – 25 ta bo’ladi.
Ko’krak bo’limi tovuqlarda 7 ta, urdaklarda 9 ta umurtqadan iborat bo’lib, 1- va 2-umurtqa oralig’i egarsimon bo’gimli, 6-ko’krak umurtqasi va 5-, 7-umurtqalar bilan harakatchan birikkan. 7-ko’krak umurtqasi 1-bel umurtqasi bilan birikib ketgan.
To’sh suyagi – sternum, plastinkasimon bo’lib, yaxshi rivojlangan. To’sh suyagi ko’krak qafasining pastki qismida joylashib, ichki yuzasi qayrilgan, tashqi yuzasi qavariq bo’ladi.
Ko’krak qafasi parrandalarda konussimon bo’lib, orqa tomonga kengaygan.
Bel – dumg’aza bo’limi bir – biriga chambarchas birikkan, soni 2 – 14 tagacha, umurtqalar birlashib bel – dumg’aza suyagi – os.lumbosacrale ni hosil qiladi
Dum umurtqalari – tovuqlarda 5 ta, urdak va g’ozlarda 7 ta, harakatchan birikib lemex shaklida yuqoriga ko’tarilgan bo’ladi.
Bosh suyagi - parrandalarda kichik va engil miya suyaklari bir – biriga sezilarsiz qo’shilib ketgan, urdak va g’ozlar jujasining ensa oblastida ikkita miya bo’laklari aniq ko’rinib turadi. Miya bo’lim suyaklariga: ensa, ponasimon, tepa, chakka, peshona, ko’z yoshi, panjarasimon suyaklar kiradi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə