Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə85/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Suyak labirint - labyrinthus auris osseus quloq suyagining qoyali qismida joylashadi. U uch qismdan iborat bo’ladi: dahlizi – markaziy o’rinda turadi. Dahliz - vestibulum sharsimon bo’shliq, diametri 5 mm gacha bo’ladi. Ichki devorida eshitish nervi o’tishi uchun teshikcha, yon tomonida dahliz darchasi - fenestra vestibuli uzangicha bilan yopiq, orqa tomonda to’rtta teshik bo’lib, ulardan uchtasi yarim doira kanallari teshigidir. Oldingi tomondan chig’anoqning kanali boshlanadi, undan pastroqda dahliz suv yo’li - aquaeductus vestibule bo’lib,u qoya suyagining ichki tomoniga o’tadi.
Yarim doira kanallar - canalis semicircularis uchta bo’lib, yon tomondagisi gorizontal, yuqorigisi sagittal va orqa tomondagisi segmental holda joylashadi. Har bir kanalning ikkita oyoqchasi yoki dahlizga ochilish yo’li bor. Yarim doira kanallar muvozanat saqlash vazifasini bajaradi.
Suyak chig’anoq - cochleae spiral shaklda bo’ladi. Uning o’qi - modiolus va spiral kanali - canalis cochllaris bo’lib, o’qning asosi ichki eshitish yo’liga qaragan, uchi - cupula cochleae yon tomonga, nog’ora bo’shlig’iga qaragan bo’ladi. Chig’anoq uchida spiral plastinka - lamina spiralis cochlaea bo’lib, u gumbaz tagida ilmoq shaklida tugaydi. Spiral plastinkaning asosida spiral-chig’anoq gangliylari - gnl. spirale cochleae bo’ladi. Chig’anoqning spiral kanalini spiral plastinka ikkiga bo’ladi; dahliz narvoni - scala vestibuli dahlizdan boshlanadi; nog’ora narvoni - scala tympani yumaloq darcha - fenestra rotunda dan boshlanadi. Unga yaqin joydan chig’anoq suv yo’li - aquaeductus cochlea boshlanib, u ham qoya suyagining ichki yuzasiga boradi. Har ikkala narvon gumbaz tagida bir-biri bilan birlashadi.


Topshiriqlar va savollar:
- ko’rish organlarining anatomik qismlarga bo’linishi;
- ko’zga yordamlashuvchi organlarni tuzilishi;
- ko’zning pardalari;
- ko’z soqqasini tuzilishi;
- eshitish organlarini anatomik qismlarga bo’linishi;
- tashqi quloqni tuzilishi;
- o’rta quloqni tuzilishi;
- ichki quloqni tuzilishi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə