Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə81/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Ko’rgazmali qurollar: ko’rish va eshitish organlarining mulyajlari, rasmlar, slaydlar.
Darsning mazmuni: ko’rish analizatori ko’z soqqasi, ko’zning himoya va yordamchi organlari, analizatorlarning o’tkazuvchi yo’llari, bosh miyaning markaziy qismidan tashkil topgan.
Bosh miyaning kulrang moddasi ichki va tashqi ta’siriga javob berish bilan birga, analizatorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni ichki va tashqi muhitdan sezgi organlari orqali doimiy kelib turgan ta’sirni qabul qilib, ularni analiz qiladi. Har bir analizatorning ta’sirni qabul qiluvchi va o‘tkazuvchi hamda bosh miyaning po‘stloq moddasiga kelgan ta’sirini sintez qiluvchi bo‘limlari bor. I.P.Pavlov ko‘rsatishicha, har bir analizator uch bo‘limdan: periferik, o‘tkazuvchi va markaziy bo‘limdan iborat. Markaziy analizatorlar bosh miyaning po‘stloq qismida joylashadi. O‘tkauvchi analizatorlar ta’sirni o‘tkazuvchi yo‘llardan o‘tkazib beradi. Periferik analizatorlar bo‘limi retseptor apparatlardan iborat bo‘lib, u fizik, mexanik va ximiyaviy ta’sirni qabul qiladi va bosh miyaga o‘tkazadi. Retseptor analzatorlar ta’sir qabul qilishiga qarab, ikki asosiy gruppaga: ekstroretseptorlar va introretseptorlarga bo‘linadi.
Ekstrporetseptorlar tashqi muhitdan aniq ta’sirotni qabul qiladi. Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va muvozanat retseptorlari ximiyaviy va boshqa ta’sirni qabul qiladi. Termoretseptorlar esa tabiiy ta’sirni sezadi. Organizm tashqi muhitning har xil ta’siri natijasida tashqi muhit sharoitini aniqlaydi.
Introretseptorlar ichki ta’sirni, ya’ni organlar, to‘qima va hujayralarning ish fvoliyati vaqtida paydo bo‘lgan har xil normal va patologik o‘zgarishlarni aniqlab, bosh miyaga etkazib beradi. Instroretseptorlar simpatik nerv sistemasining gangliylarida ham bo‘ladi. I.M.Sechenov aniqlashicha, organizmda umumiy sezgi ham bo‘ladi; unga: och qolish, chanqash, jinsiy ta’sir, charchash va hokazolar kiradi.
Retseptorlarning ixtisoslashgan hujayralari aniq ta’sirotlarga javob berish uchun moslashgan bo‘lib, axborotlarni markaziy nerv tizimiga o‘tkazadi. Qabul qilingan axborot markaziy nerv tizimi tomonidan ishlov beriladi va unga mos javobni ishlab chiqadi. Sut emizuvchilarda retseptor hujayralar joylashgan maxsus organlar rivojlangan.
Ko’zning himoya va yordamchi organlariga yuqorigi va pastki hamda uchinchi qovoqlar, ko’z yoshi apparatlari, ko’z kosasi, ko’z muskullari va fassiyalar kiradi.
Yuqorigi va pastki qovoqlar – palpebra superior et inferior teri va muskul burmalaridan iborat bo’lib, ular yumilgan vaqtda ko’ndalang yoriqcha - rima palpebrarum ni hosil qiladi. Qovoq yoriqchasining yon va ichki chetida ko’z burchaklari - angulus oculi lateralis et medialis hosil bo’ladi. Qovoqlar yumiladigan joyda birikma - commisura palpebrarum va qovoq chetlari - limbus palpebrae bor, ularning tashqi va ichki qirrasi (mijjalar) bo’ladi. Tashqi qirrada uzun kiprik junlari bor. Yuqorigi qovoqning usti qavariq, mayda va baxmal shaklli shilimshiq pardali bo’lib, qovoq kon’yunktivasi - conjunctiva palpebrae deyiladi. Qovoqning ichki qirrasida tarsal (meybomiy) bezlari - gl. tarsales (Meibomii) bo’lib, ularning soni otlarda 50 taga, bo’yi 4-6 mm, eni 1 mm ga, pastki qovoqda 35 tagacha bo’ladi. Meybomiy bezlari yog’ bezlarining bir turi bo’lib, o’zidan yog’ - sebum palpebrale ishlab chiqarib, ko’z yoshi ta’sirida shox moddaning erishiga yo’l qo’ymaydi.
Uchinchi qovoq - palpebra tertia ko’z soqqasning ichki burchagidagi vertikal kon’yunktiva burmasidir, uning uzunligi 2,5 sm gacha, shakli turli hayvonlarda har xil bo’ladi. U uchinchi qovoqning elastik tog’ayiga birikib turadi.
Ko’z yoshi apparati - apparatus lacrimalis yuqorigi va uchinchi qovoq bezlaridan, yosh kanalidan, yosh xaltachasi va ko’z yoshi-burun yo’lidan iborat. Yuqorigi qovoq yosh bezi - gl. lacrimalis palpebrae superioris peshona suyagining yuqorigi tomon yonida yonoq o’simtasi asosida kon’yunktiva ostida joylashadi. Uning rangi qizg’ishroq bo’ladi, chiqarish yo’li kon’yunktivaga ochiladi. Ko’z yoshi - lacrimae bezlardan chiqqandan so’ng ko’z yoshi ko’llariga to’planib, undan ko’z yoshi kanaliga tushadi. Ko’z yoshi teshiklari - punctum lacrimale ko’z yoshi bo’rtiklari yonida, yuqorigi va pastki qovoqlarda ham bo’ladi. Ko’z yoshi kanallari - ductus lacrimalis yosh xaltasi - saccus lacrimalis ga tushadi. Yosh xaltasi pardasimon ko’z yoshi-burun yo’li - ductus naso-lacrimalis ga tomon o’tib, burun bo’shlig’idagi kanalga chiqadi. Qoramollarda ko’z yoshi bezining 6-8 ta katta va bir qancha mayda yo’li bor. Otlarda ko’z yoshi bezining kattaligi 5,5x3,5 sm, chiqarish yo’li 12-16 ta, ularning diametri 2 mm gacha bo’ladi. Ko’z yoshi-burun yo’li burunning ichkariroq qismiga ochiladi.
Uchinchi qovoq bezi – gl. lacrimalis palpebrae tertiae uchinchi qovoq tog’ayida joylashib, uning 2-3 ta chiqarish yo’li uchinchi qovoq ustiga ochiladi. Qoramollarda kattaligi 5,5 sm, ikkita katta yo’li bo’ladi. Otlarda bo’yi 3x2 sm, eni 5 sm, qalinligi 7 sm keladi. Cho’chqalarda yuza va chuqur qismlardan iborat, bo’yi 3 sm, eni 1,5 sm, bitta yo’li bo’ladi.
Periorbita - periorbita ko’z soqqasi joylashadigan pardali konussimon xalta bo’lib, fibroz-elastik moddalardan tuzilgan. Periorbitaning asosiy qismi ko’z kosasi chetiga, ichki tomoni esa ko’rish teshigiga va ko’z kosasi devoriga yopishgan bo’ladi. Periorbitani tashqi tomondan ekstraorbital yog’ tanachasi - corpus adiposum extraorbitale o’rab turadi. Periorbita ichida ko’z soqqasi, muskullar, nerv, qon tomirlari, fassiya va introorbital yog’ tanachasi - corpus adiposum intraorbitale bor. Cho’chqalar va itlarda orbital pay - lig. orbitale 20-24 mm uzunlikda bo’ladi.
Ko’z soqqasini ko’z muskullari, ya’ni to’rtta to’g’ri va ikkita qiyshiq muskul harakatlantiradi. Ularning hammasi ko’z soqqasiga birikkan. Ko’zning to’g’ri muskullari ko’z soqqasini har tomonga, qiyshiq muskullar esa o’q atrofida aylantiradi.
Ko’z fassiyalari yuza va chuqur qismlarga bo’linadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə