Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Oltinchi juft (6) uzoqlashtiruvchi nerv



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə77/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Oltinchi juft (6) uzoqlashtiruvchi nerv n.aducens uzunchoq miyadan ko’z teshigi orqali chiqib, ko’zning yon muskuliga boradi.
Ettinchi juft yuz nervi – (7) – n.facialis miya bo’shlig’idan yuz kanalining teshigi orqali chiqadi. Uning tarkibida parasimpatik nerv, bezlarga, til so’rg’ichlariga boradigan nervlar bor. Yuz nervi bosh miyadan quloq suyagini ichki eshitish orqali kirib o’rta quloqga, quloq dahliziga, uzangi muskuliga, tashqi nog’ora pardaga nerv tolalarini beradi. Shu bilan bir qatorda til nerviga qo’shilib til so’rg’ichlariga boradi.
Yuz nervi quloq suyagining yuz kanalidan tashqariga chiqqandan sung quyidagi nervlarni beradi:
Quloq orti nervi – n.auricularis caudalis quloq orti muskullariga tarqaladi.
Quloqning ichki nervi – n.auricularis internus quloq suprasiga.
Qo’sh qorinli muskul nervi – n.digasticus qo’sh qorinli muskuliga boradi.
Qovoq – quloq nervi – n.auriculo palpebralis jag’ bo’gimning muskullariga orqa tomonidan yonoq yoyi orqali chakka muskullariga boradi.
Buyin nervi – n.colli buyin terisiga va quloqning pastki muskullariga boradi.
Lunjning yuqorigi nervi – n.buccalis dorsalis lunjning yuza muskuliga.
Lunjning pastki nervi – n.buccalis ventralis lunj va pastki lab muskullariga tarqaladi.
Sakkizinchi juft (8) eshituv va muvozanat nervin.statoacusticus sezuvchi nerv bo’lib, ichki quloqning chig’anoq va dahliz neyritlaridan hosil bo’ladi.
Tuqqizinchi juft (9) til – halqum nervin.glossopharyngeus sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv bo’lib, kalla suyagi teshigining orqa qismidan chiqib, tashqi uyqu arteriyasining tashqi yuzasidan til va halqum tarmoqlariga bo’linib ketadi.
Halqum tarmog’i – ramus pharyngeus til osti suyagining ichki yuzasidan halqumga boradi.
Til tarmog’i – ramus lingualis til muskullariga bo’linadi.
O’ninchi juft (10) sayyor yoki adashgan nervn.vagus haqida vegetativ nerv tizimida ma'lumot berilgan.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə