Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə76/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Tuzuvchilar:
Dosent N.B.Dilmurodov
Katta o’qituvchi G’.X.Eshmatov
Assistent G.Sh. Raxmanova
Mavzu: Bosh miyani nervlari:
Darsning maqsadi: bosh miya nervlari (sezuvchi, harakatlanuvchi, aralash va sayyor nerv tarmoqlari) innervasiyasini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, mulyaj, slayd, ho’l va quruq preparatlar.
Darsning mazmuni: Bosh miya nervlari.
Birinchi juft (1) hidlov nervin.oltactorius burun bo’shlig’i va dimog’ining shilimshiq pardasidagi nerv hujayralari tutamidan hosil bo’ladi. U hidlov miyasining hid bilish piyozchasiga birlashadi.
Ikkinchi juft (2) ko’ruv nervin.opticus ning nerv hujayralari ko’zning to’r pardasida joylashgan.
Uchinchi juft (3) ko’zni harakatlantiruvchi nervn.oculomotorius katta miya oyoqchalaridan boshlanib, ko’z teshigi orqali ko’z kosasiga boradi.
To’rtinchi juft (4) g’altak nervin.trochlearis miya to’rt tepachasining keyingi tepasi ro’parasidan chiqib, uch tarmoqli nerv bilan ko’z teshigidan o’tadi va ko’zning ichki devori orqali o’tib, yuqorigi qiyshiq muskuliga tarqaladi.
Beshinchi juft (5) uch tarmoqli nerv n.trigeminus ning uchta tarmog’i bor.
Uch tarmoqli nerv ko’z, yuqorigi hamda pastki jag’ nervlariga bo’linadi:
Ko’z nervi – n.ophthalmicus eng ingichka tarmoq bo’lib, ko’z teshigi ichida quyidagi uchta mayda tarmoqchaga bo’linadi:
Ko’z yoshi nervi – n.lacrimalis ko’z yoshi beziga, yuqorigi kovakka va peshona terisiga tarqaladi.
Peshona nervi – n.frontalis oldingi ko’z kosasiga, sungra ko’z usti teshigi orqali peshonaga chiqib, peshona va tepa qism terisiga tarqaladi.
Kiprik – burun nervi – n.nasociliaris ko’z soqqasiga kiprik nervi kirib, davomi panjarasimon nerv – n.ethmoidalis orqali miya bo’shlig’iga o’tadi va burun bo’shlig’ining yuqorigi shilimshiq pardasiga tarqaladi.
Yuqorigi jag’ nervi – n.maxillaris miya bo’shlig’idan yumaloq teshik orqali chiqib, ko’z kosasiga kirmasdan quyidagi uch tarmoqqa bo’linadi:
Yonoq nervi – n.zygomaticus pastki qovoqga tarqaladi.
Ko’z osti nervi – n.infraorbitalis ko’z osti kanali orqali o’tib, jag tishlar – n.alveolares ga va kurak tishlarga tarmoqlanadi.
Ponasimon – tanglay nervi – n.sphenopalatinus yumaloq teshikdan chiqib, burun bo’shlig’iga, qattiq va yumshoq tanglayga, yuqorigi kurak tishlarga nerv tolalarini beradi.
Pastki jag’ nervi – n.mandibularis anchagina yo’g’on bo’lib, miya bo’limidan ensa suyagi teshigi orqali chiqadi. Bu nerv tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar bo’ladi. Nerv chiqishi bilan bir necha tarmoqqa bo’linadi:
- chaynash nervi – n.massetericus to’g’ri katta chaynash muskuliga boradi.
- chakkaning chuqur nervi – nn.temporales profundi chakka muskuliga boradi.
- qanotsimon nerv – n.pterigoideus qanotsimon muskulga, nog’ora pardasi muskuliga va yumshoq tanglay muskuliga boradi.
- lunj nervi – n.buccalis, lunj muskulining patski qismidan o’tib, shu muskulga, qanotsimon muskulga hamda lunj va pastki labning shilimshiq pardasiga tarqaladi.
- chakkaning yuza nervi – n.temporalis superficialis bo’yin tomonidan pastga o’tib, peshona – chakka, lab va lunj terisiga tarmoqlanadi.
- til nervi – n.lingualis ga ettinchi juft nervdan nog’ora teri nervi kelib qo’shiladi, u esa tilning sezuvchi so’r’gichlariga va til muskullariga boradi.
- patski jag’ning alveolyar nervi – n.alveolaris mandibulae pastki jag kanali orqali o’tib, jag tishlarga va oxirgi kurak tishlarga tarqaladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə