Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə72/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Bosh miyani tuzilishi. Bosh miya – encephalon hayvon organizmini nerv faoliyatini asosi hisoblanib, organizmda kechayotgan barcha (fiziologik va patologik) jarayonlarni boshqarib borish bilan birga, organizmdagi barcha oliy markaziy va periferik nerv faoliyatini boshqaradi.
Bosh miya barcha bosh suyakli (skeletli) hayvonlarda, ya'ni umurtqali hayvonlarda mavjud bo’lib, u bosh suyagini miya qutisida joylashadi.
Bosh miya chuqur ko’ndalang yoriqcha – fissura transversa cerebri orqali (tepa aro suyagini miya bo’shlig’i tomon o’sgan o’sig’i) ikki qismga bo’linadi:
Katta miya – cerebrum.
Rombsimon miya – rhombencephalon.
Katta miyacerebrum uzun sagittal yoriqcha orqali ikkita miya yarim sharlari – haemispharae cerebrae dexter et sinister ga bo’linadi.
Katta miya o’z navbatida uchta miyadan iborat:
Oxirgi miya – telencephalon
Oraliq miya – diencephalon
O’rta miya – mesencephalon
Oxirgi miya – telencephalon o’ng va chap miya yarim sharlari Hacmisphaerae dextra et sinistra dan iborat bo’lib, ular uzun ariqcha – fissura longitudinalis cerebra orqali o’rtasidan bo’linib turadi. Miya yarim sharlari bir – biri bilan qadoqsimon tana – corpus collosum orqali birikadi. Har qaysi yarim sharning usti yopqich – pallium, pastki yuzasi hidlov miyasidan iborat. Yarim sharlarning ichki qismida miyaning yon qorinchalari bo’ladi. Miya yopqichi – pallium ning yuqorigi, yon va ichki yuzalarida bir qancha pushta – gyri bo’lib, ular bir – biridan kichik yoriqchalar – fissurae orqali ajralib turadi.
Yarim sharlarning yuqori tomon yon qismidagi ariqchalar: yon tomon silviev ariqchasi – sulcus lateralis sylvii da miyaning o’rta arteriyasi joylashadi. Tashqi tomon silviev ariqchasi – sulcus ectosylvius yuqoridagi ariqchaning orqa qismida yoy shaklida joylashadi. Ustki tomon silviev ariqchasi – sulcus supra sylvius ikki ariqchadan iborat bo’lib, silviev ariqchasining old qismida joylashadi.
Hidlov miyasi– rhinencephalon miyaning tubida joylashib, bir nechta qismga: hidlov piyozchasi, hidlov burmasi, hidlov uchburchagi, noksimon bo’lak, ammon shoxi va dumsimon yadroga bo’linadi.
Hidlov piyozchasi – bulbus alfactorius bosh miyaning eng old qismida joylashib, juft o’simtadan iborat bo’ladi. Uning yuqori va o’rta qismi kulrang, yon hamda pastki qismi oq modda bilan qoplangan. Hidlov piyozchasining pastki qismida juda ko’p hidlov nervi tukchalari – fila olfactoria bo’lib, ular bir juft hidlov nervi – n.olfactorius ni hosil qiladi. Hidlov piyozchasining ichki qismida qorinchasi – ventriculus bulbi olfactoria bor, uning ichki yuzasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan, bu piyozchaning orqa qismidan umumiy hidlov yo’li – tractus olfactorius communis boshlanib, u yon va o’rta hidlov yo’li – tractus olfactorius medialis et lateralis ga aylanadi. Bularning o’rtasida hidlov uchburchagi – trigonum olfactorium bo’ladi. Hidlov yo’llari miyaning oq moddasidan tashkil topgan.
Noksimon bo’lak – lobi piliformes s. lobi hippocampi do’nglik bo’lib, katta miya oyoqchalarining yon qismida joylashadi.
Miya yarim sharlari qadoqsimon tana va miya oq moddasining nursimon bog’lami – radiatio corporis orqali bir – biri bilan birlashadi. Bu bog’lam komissural nerv tolalaridan iborat. Miya yarim sharlari gorizontal kesib qaralsa, oq va kulrang moddalar aniq ko’rinib turadi.
Kulrang modda – substantia grisea tashqi tomonda bo’lib, miya po’stlog’i deyiladi. Oq modda – substantia alba ichki qismida joylashadi, uning ichki qismida miyaning yon qorinchalari – ventriculus lateralis bo’ladi. Yon qorinchalarda qon tomirlari chigali – plexus chorioideus ventriculi lateralis va ikkita dumboq hosil bo’ladi, uning old tomonida dumsimon yadroning boshi – caput nuclei caudate, orqa qismida esa ammon shoxi – cornu ammonis gippocampus joylashadi.
Yarim sharlarning har biridagi ammon shoxi bir – biriga yupqa parda bog’lami – commissura hippocampi bilan birlashadi. Miya yarim sharlarini biriktiruvchi qadoqsimon tana – corpus collosum bir necha qismga bo’linadi. Uning o’rta qismidagi stvol – truncus corpori collosi ning old qismida tirsak –corporis collosi o’sishi natijasida u qush tumshug’i shakli – rostrum corporis collosi ga kiradi, u esa oxirgi plastinka – lamina terminalis ga aylanadi.
Gumbaz – fornix, tana – corpus forincis va ikkita oyoqchadan iborat. Bosh miyaning po’stloq qismida butun nerv sistemasining yuksak faoliyati sodir bo’lib, uning hamma qismi assotsiatsion va komissural nerv tolalari bilan qo’shilgan bo’ladi.
Gumbaz bosh miya bilan proektsion nerv orqali birikadi. Bu tolalar miyaning oq moddalari hisoblanadi.
Oraliq miya – diencephalon miyaning asosida, hidlov miyasining orqa tomonida joylashadi. Bu miyaga ko’rish bo’rtigi, uchinchi miya qorinchasining qon tomirlari jildi, epifiz, kulrang do’nglik, gipofiz bezi va so’rg’ichsimon tana, ko’rish nervi yo’li kiradi.
Ko’rish bo’rtiklari – thalami optici oraliq miyaning eng katta qismi bo’lib, bevosita dumsimon yadroning orqa tomonida joylashadi.
Uchinchi miya qorinchasi – ventriculus tertius halqa shaklidagi kanaldir. Uning ichiga ko’rish bo’rtigining oraliq miya massasi – massa intermedia o’sib kiradi. Uchinchi miya qorinchasi orqa tomondan silviev suv yo’li bilan qo’shiladi.
Epifiz – epiphysis ichki sekretsiya bezi bo’lib, u oraliq miyada yarim sharlarning orqa oraliq qismidagi to’rt tepacha ustida joylashadi. Bu bez ham ko’rish bo’rtigiga qo’shilib turadi.
Kulrang do’nglik – tuber cinereum da kichik do’nglik bo’lib, u ko’rish nerv sistemasining orqa qismida joylashadi. Bu do’nglikning markaziy qismida voronka jiyagi – recessus infundibuli bo’lib, uning chetlari voronka infundibuli hosil qilib, gipofiz beziga birlashib turadi.
Gipofiz – hypophysis ham ichki sekretsiya bezi bo’lib, miyaning qattiq pardasiga o’ralgan holda turk egari chuqurchasiga joylashadi.
So’rg’ichsimon tana – corpus mammilare kichik yapaloq organ bo’lib, kulrang do’nglikning orqa qismida joylashadi.
O’rta miya – mesencephalon oraliq miyaning orqa tomonida joylashib, katta miya oyoqchalaridan, miya to’rt tepasi va silviev suv yo’lidan iborat bo’ladi.
Silviev suv yo’li – aguaductus cerebri s. sylvii o’rta miya pufagining bo’shlig’i bo’lib, uchinchi va to’rtinchi miya qorinchalari o’rtasida joylashadi va ulari bir – biri bilan bog’laydi.
Katta miya oyoqchalari – pedinculi cerebrii miya asosida joylashgan ikkita valiksimon qalinlashgan qism bo’lib, ko’rish yo’li va miya ko’prigi o’rtasida joylashadi. Har qaysi oyoqcha bir – biridan pastki o’rta ariqcha – sulcus interpedunularis bilan ajralib turadi.
Oyoqchalarning pastki asosi – basis pedunculi va yuqorigi jildi – tegmentum pedunculi bo’ladi. Jild qismida kulrang moddaning quyidagi yadrolari: qizil yadro – nucleus ruber harakat markazi; ko’zni harakatlantiruvchi nerv yadrosi – nucleus n. oculomotorii (3); to’rtinchi juft nerv yadrosi – nucleus n. trochleris (4) va beshinchi juft nerv yadrosi – nucleus n. tregeminus bo’ladi.
To’rtinchi tepalik – corpora guadrigemina katta miya oyoqchalari va suv yo’li ustida to’rtta bo’rtik shaklida joylashadi. Oldingi tepachalari – colliculi nasalis s. optici ancha rivojlangan ko’rish organlari bilan, orqadagi kichikroq tepachalari – colliculi caudalis s. acustici eshitish organlari bilan bog’langan.
Rombsimon miya – rhombencephalon bosh miyaning eng orqa tomoni bo’lib, uzunchoq va keyingi miyadan iborat.
Uzunchoq miya – medulla oblongata orqa miyaga ulanib ketadi. Uzunchoq miyaning asosiy qismidan pastki oraliq egatcha – fissura mediana ventralis yon qismlarida yon egatchalar – sulci paramedianus bo’lib, ular orqa miyaning pastki oraliq egatchasiga qo’shiladi. Bu egatchalar oralig’ida tor piramidalar – pyramis medulla oblangata s. emenintio fasciculi cerebra spinalis bo’lib, ular orqali bosh miya po’stlog’idan orqa miyaning piramidal o’tkazuvchi yo’llari o’tadi. Ularning davomi orqa miyaning oq moddasidagi yo’lga borib birlashadi.
Uzunchoq miyaning kulrang moddasi bosh miya nerv yadrolari to’plamidan iborat. Kesib qaralganda ular bir qancha nuqta shaklida ko’rinadi. Uzunchoq miyaning oq moddasida har xil o’tkazuvchi yo’llar bor. Bu miyaning oldingi tomonida miya ko’prigi – pons cerebri bo’ladi. Ko’prik yonidan beshinchi juft nerv – n. trieminus chiqadi. Ko’prikning orqa tomonida trapetsiyasimon tana – corpus traperoideum joylashadi. Uning yon qismidan ettinchi juft yuz nervi – n. faciales va sakkizinchi juft eshitish nervi – n. acusticus chiqadi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə