Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə70/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:

    1. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi .

    2. Ichki sekretsiya bezlarining topografiyasi.

    3. Qalqon oldi bezlari va qalqonsimon bezning tuzilishi.

    4. Gipofiz va buyrak usti bezlarining tuzilishi.



Mavzu: Orqa va bosh miyani tuzilishi.


Nerv sistemasi organizmning eng muhim bo‘limi hisoblanadi. U hamma sistemalarni ishga soladi, ularni idora qiladi. Nerv sistemasi yordamida organizm doim tashqi muhit bilan aloqada bo‘ladi. Organizmga tashqi muhit ta’sir etib, uni sharoitga qarab o‘zgartadi. Bunday o‘zgarish adaptatsiya, ya’ni moslanish deyiladi. Nerv sistemasi organizmning bir butunligini ta’minlab, barcha qismlarini birlashtiradi, uni tashqi muhit sharoitiga moslashtiradi. I.P.Pavlov nerv tizimining faoliyati birinchidan, organizmdagi barcha qismlarning ishini birlashtirishga, integratsiya qilishga, ikkinchidan, organizmni tevarak-atrofdagi muhit bilan bog‘lashga, organizm sistemasini tashqi dunyo bilan muvozanatlashga qaratilgan degan edi.
Nerv tizimining mavjudligi hayvonlar organizmining ichki va tashqi muhitining o‘zgarishlarini ilg‘ab olish hamda har ikkala ta’sirotlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini yaratadi. Nerv tizimining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan kelayotgan ta’sirotlarni qabul qilish;

  • Qabul ta’sirotlarni tahlil qilish va ularni integratsiyalash;

Ishlab chiqilgan javob reaksiyalarini ishchi organlarga etkazish.
Nerv to‘qimasining tuzilmaviy birligi neyron hisoblanadi. Neyronlar nerv impulslarini nerv to‘qimasi bo‘ylab uzatadi. Nerv impulslari bir neyrondan boshqasiga maxsus tuzilma, ya’ni sinaps yordamida o‘tadi. Nerv tizimining barcha o‘tkazuvchi yo‘llari neyronlar va sinapslardan tashkil topgan. Umuman nerv tizimi bosh miya va orqa miyadan, neyronlardan hamda biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan neyroglial hujayralardan tashkil topgan. Neyroglial hujayralar neyronni oziqlantirish va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarni chiqarish funksiyasini bajaradi.
Har bir neyron o‘zakli tana va kalta o‘simtalar hamda uzun o‘simtalardan tashkil topgan. Kalta o‘simtalar dendrit deb nomalanib, nerv impulslarini hujayra tanasiga yo‘naltiradi. Bitta hujayra tanasi boshqa neyronlardan 6000 dan ortiq dendronlarni oladi.
Uzun o‘simta bitta bo‘lib, akson deyiladi va nerv hujayrasining o‘q silindri bo‘lmaydi. Ular nerv impulslarini neyron tanasidan olib chiqadi.
Nerv impulslari dendritlardan hujayra tanasi orqali akson tepaligiga yo‘naladi va pastki tomonga harakatini davom ettiradi hamda o‘zining oxirgi joyiga juda tez etib boradi. Impulsni aksondan uzatilish tezligi mielin vositasida ortadi. Mielin tarkibiga ko‘ra lipoprotein bo‘lib, aksonni o‘rab turuvchi SHvann hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi. Uning oqimtir tashqi rangi nerv tolalarini organizmda ko‘rinishini ta’minlaydi. Mielinli parda har 1 mm oraliqda bo‘lib, u orqali akson tanasi oziq moddalar va kislorodni oladi. Mielinsiz tola ham SHvann hujaylaridan tuzilgan bo‘lib, shunday nomlanishiga qaramasdan, haqiqatda bir qavat mielin bilan o‘ralgan. To‘liq mielinsiz tolalar kam uchraydi. Masalan, bunday tolalarni ko‘zning shox pardasida uchratish mumkin.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə