Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə68/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Qalqonsimon bez – gl. thyreoidea juft organ bo‘lib, hiqildoqning yon tomonida joylashadi. O‘ng va chap bo‘laklari ingichka bo‘yincha orqali bir – biri bilan birlashib turadi. Qalqonsimon bez turli hayvonlarda har xil shaklda va katta – kichiklikda bo‘ladi. Qoramollarda bez noto‘g‘ri uchburchak shaklda, uzunligi 4-6 sm, cho‘chqalarda ham qoramollarnikiga o‘xshash, lekin qalinroq bo‘ladi. Qorako‘l qo‘ylarda bodom shaklida, uzunligi 3,2 sm, qalinligi 0,6 sm, eni 1,2 sm bo‘lib, 10-12 kekirdak halqalarigacha boradi. O‘ng va chap bezning og‘irligi 3,5 g. Otlarda ellips shaklda, qoramtir – qizg‘ish yoki to‘q-qizil rangli, konsistensiyasi zich, ichki qismi bir qancha follikuladan iborat bo‘ladi. Bu bez tomonidan ishlab chiqarilgan tiroksin yoki triyodtironin gormoni ko‘p miqdorda yod mikroelementi saqlaydi. Ikkala gormon ham organizmning barcha to‘qimalari tomonidan kislorodni yutilishi va normal o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kalsitonin qon tarkibidagi kalsiy miqdorini kamayishiga sababchi bo‘ladi. Kalsitonin paratgormonga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Qalqon oldi bezlari - gl. parathyreoidea juda mayda, ikki juft bo‘ldi. Bir jufti qalqonsimon bez kapsulasi ichida, ikkinchisi tashqi bez hisoblanib, birmuncha oldinroqda, uyqu arteriyasi bo‘lingan joyga yaqin turadi, shakli yumaloq ellipssimon bo‘ladi. Kichik bo‘lishiga qaramay bu bez juda muhim gormon ishlab chiqaradi, chunki u hayvonlar organizmida asosiy tuzlar almashinuvida katta rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham bu bez olib tashlansa, hayvonlar tezda nobud bo‘ladi. Bu bezlar paratgormon gormonini ajratadi. Gormon ishlab chiqarilishi qonda kalsiyning miqdoriga bog‘liq. Bu suyak va ichaklardan so‘riluvchi kalsiyning kam yoki ko‘pligidan kelib chiqadi. Uning uzunligi qoramollarda (tashqisi) 1,2 sm, quylarda 0,5 mm, echkilarda 0,4 mm, cho‘chqalarda 1,4 mm, otlarda 1-1,2 sm, itda 2-4 mm bo‘ladi. Qorako‘l qo‘ylarda og‘irligi 94 mg, echkilarda 93 mg keladi.
Buyrak usti bezi – gl. suprarenalis juft organ bo‘lib, buyrakning old tomonida joylashadi. Uning shakli hayvonlarda har xil: qoramollarda, qo‘y va echkilarda o‘ng tomondagisi yurak shaklida, chap tomondagisi loviya shaklida, cho‘chqalarda cho‘ziqroq – 3-5 sm, og‘irligi 3-6 g, otlarda cho‘ziqroq – oval shaklda bo‘ladi. Buyrak osti bezi tashqi po‘stloq va ichki mag‘iz qavatdan iborat. Tashqi qavat juda ko‘p har xil gormon ishlab chiqaradi. Ular organizmga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi. Har bir bezning po‘stloq va mag‘iz qismlariga bo‘linadi, lekin bu qismlar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Bezning po‘stloq qismidan strukturaviy tarkibi bo‘yicha lipidlardan tashkil topgan steroidlar ishlab chiqariladi. Glyukokortikoidlar gipofiz bezining oldingi bo‘lagi tomonidan boshqarilib turadi. Kortikosteroidlardan eng muhimlari kortizol va kortikosteronlar hisoblanadi. Normal holatdagi hayvonlarda ular kam miqdorda bo‘ladi, ammo stressga javoban asosan ikki xil ta’sir ko‘rsatadi: glyukozani hujayralar tomonidan yutilishi natijasida qonda glyukozaning miqdori kamaysa, jigardan aminokislotalarni va yog‘ to‘qimalaridan yog‘ kislotalarini glyukozaga aylanishiga tayyorlash hisobiga glyukoza miqdorini oshiradi. Agar ular ko‘p miqdorda bo‘lsa, yallig‘lanish reaksiyalarini to‘xtatib turadi, qaysiki jarohatni bitishi va tuzalishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu xususiyatdan o‘sma va yallig‘lanish jarayonini oldini olish uchun davolash maqsadlari uchun foydalaniladi.
Buyrak usti bezining mag‘iz qismidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmni turli xil favqulotda holatlarga, masalan “qo‘rquv”, “qochish”, “jang sindromi” kabilarga tayyorlaydi. Bezning faoliyati vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqariladi.
Qorako‘l qo‘ylarda chap tomondagi bezning bo‘yi 2,5 sm, eni 1,1 sm, vazni 1,6 g; o‘ng tomondagisining bo‘yi 2,1 sm, eni 1,3 sm, vazni 1,4 g bo‘ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə