Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Qorin va tos devorlaridagi limfa tugunlari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə65/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Qorin va tos devorlaridagi limfa tugunlari. Bel limfa tugunlari – ln.n.lumbales aortici bir nechta mayda tugunchadan iborat bo’lib, aorta va keyingi kovak vena atrofida joylashadi.
Yonboshning o’rta qism limfa tugunlari – ln.n.iliaci medialis yonboshning tashqi arteriyasi boshlanadigan qismda joylashadi.
Yonboshning yon tomon limfa tugunlari – ln.n.iliaci lateralis yonbosh suyagiga yaqin joylashadi.
Yonboshning tashqi limfa tugunlari – ln.n.iliaci externi qorin devorining ichki yuzasida joylashadi.
Tos limfa tugunlari – ln.n.hypogasterici yonboshning ichki arteriyalari oralig’ida joylashadi.
Dumg’aza limfa tugunlari – ln.n.sacralis tosning keng payi ustida joylashadi.
Quymich limfa tugunlari – ln.n.ischiadicus faqat qoramollarda bo’ladi, uzunligi 2,5 – 3,5 sm bo’lib, keng pay ustida joylashadi.


Mavzu: Limfa tugunlarining topografiyasi
Darsning maqsadi: limfa aylanish tizimini axamiyati, limfa, limfa tomiri, limfa guruxi, limfa yullari ularni topografiyasi bo’yicha talabada tushuncha bo’lishi lozim.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, jadval, slayda, quruq va ho’l preparatlar.
Qorin va tos bo’shlig’i organlaridagi limfa tugunlari:
Qorin limfa tugunlari – ln.n.coeliaci qorin arteriyasi atrofida joylashadi.
Jigar limfa tugunlari – ln.n.hepatici jigar qopqasida uchraydi.
Taloq limfa tugunlari – ln.n.lienalis taloq qopqasida joylashadi
Charvi limfa tugunlari – ln.n.omentalis qorin – taloq payida joylashib, otlarda 14 – 20 tagacha bo’ladi.
Ichak pardasining oldingi tomon limfa tugunlari – ln.n.mesenterici cranialis ichak pardasida joylashadi.
Achchiq ichak limfa tugunlari – ln.n.jejunalis achchiq ichak pardasida joylashadi.
Ko’richak limfa tugunlari – ln.n.caecalis kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ko’richak va yonbosh ichaklarda uchraydi.
Chambar ichak limfa tugunlari – ln.n.colici bir tuyoqlilarda esa 6000 tagacha bo’ladi.
Ichak pardasining orqa tomon limfa tugunlari – ln.n.mesenterici caudalis ichak pardaning orqa tomon arteriyasi atrofida joylashadi. Bir tuyoqli hayvonlarda 1600 – 1800 gacha bo’lib, har qaysisining uzunligi 0,1 – 5 sm keladi.
To’g’ri ichak limfa tugunlari – ln.n.rectalis to’g’ri ichakning yuqorigi yuzasida joylashadi.
Orqa chiqaruv teshigi limfa tugunlari – ln.n.anales orqa chiqaruv teshigining atrofidagi teri ostida joylashadi.
Buyrak limfa tugunlari – ln.n.renales buyrak arteriyasi atrofida joylashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda 3 – 5 ta, bir tuyoqlilarda 10 – 18 ta bo’ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə