Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə66/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:
Limfa aylanish tizimi, uni qon aylanish tizimidagi farqi?
Limfa nima?
Limfa tugunini tuzilishi.
Limfa tomirini tuzilishi.
Yuza limfa tugunlari.
Organlarni limfa tugunlari.
Mavzu: Qon hosil qiluvchi organlarning anatomik tarkibi . Taloq, qizil ilik, ayrisimon bezning (timus) tuzilishi.
Darsning maqsadi: qon hosil qiluvchi organlar haqida tushuncha berish va anatomik tarkibini talabalarga o’rgatish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, mulyaj, slayd, ho’l va quruq preparatlar.
Darsning mazmuni:Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, limfotsitlar va trombotsitlar doim nobud bo‘lib, o‘rniga yangilari paydo bo‘lib turadi. Bu funksiyani qon hosil qiluvchi organlar bajaradi. Taloq, qizil ilik, limfa tugunlari, limfoid organlar, bodom bezi va to‘sh orti bezi (timus) qon hosil qiluvchi organlardir.
Taloq – lien parenximatoz organ bo‘lib, u qorin bo‘shlig‘ida oshqozonning chap tomonida joylashadi. Bu organda homila tug‘ilguncha qizil va oq qon hujayralari ishlanib chiqadi. Qarigan eritrotsitlar doim nobud bo‘lib taloqda shimiladi, ular qoldig‘idan jigarda o‘t pigmenti sintez qilinadi. Taloq organizmda juda katta rol o‘ynaydi, ya’ni u organizmning biologik filtridir. Taloq qon deposi ham hisoblanadi. Uning rangi har xil hayvonlarda turlicha (ko‘kimtir, qizg‘ish, qoramtir-qizg‘ish, konsistensiyasi yumshoq, shakli bir tuyoqlilarda uzun o‘roqsimon, qoramollarda uzun, cheti tekis, qorako‘l quylarda uchburchak, echkilarda yumaloq, to‘rtburchaksimon, cho‘chqalarda uzun va tor) bo‘lib, bu narsa uning qon bilan to‘lishiga bog‘liq. Taloqning sirti seroz parda bilan qoplangan bo‘lib, u qo‘shni organlarga o‘tib, maxsus paylar: oshqozon osti payi - lig. Gastrolienale, taloqni ko‘tarib turuvchi pay - lig. suspensorium lienalis, taloqning buyrak payi - lig. renolinale va taloqning diafragma payi - lig. Phrenicalienale ni hosil qiladi.
Taloq kasulasidan ichki tomonga bir qancha trabikulalar o‘tib, to‘r hosil qiladi. Uning ichida taloq eti (pulpasi) joylashadi. U mayda qon tomirlaridan va qonning shaklli elementlaridan tuzilgan bo‘ladi. Taloq, asosan oxirgi II-III qovurg‘alar va I bel umurtqalari ro‘parasida joylashadi. Uning uzunligi qoramollarda 40-50 sm, cho‘chqalarda 45 sm gacha, otlarda 30-35 sm bo‘ladi. Taloq yuqori qismi asosi - caput lienalis, toraygan joyi, pastki qismi - cauda lienalis va qon tomirlar kiradigan joyi qopqa deyiladi.
Qizil ilik hamma suyakda bo‘lib, qonning shaklli elementi – eritrotsitlar ishlab chiqarishda juda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi suyaklarda sariq ilik bo‘ladi, lekin ular keyinchalik qizil ilikka aylanadi. Ilik suyak pardasining hosilasi hisoblanadi
To‘sh orti bezi - thymus yosh hayvonlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Hayvonlar voyaga etgandan so‘ng sekin-asta quriy boshlaydi. Qari hayvonlarda butunlay yo‘qolib, yog‘ to‘plamiga aylanadi. Bu bez ikki qismdan iborat bo‘lib, biri ko‘krak qafasida, ikkinchisi bo‘yinning pastki tomonida joylashadi. Ko‘krak qismi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, yurak asosining oldirog‘ida bo‘ladi. Bo‘yin qismi yosh hayvonlarda so‘lak bezlarigacha boradi.
Hayvonlar voyaga (qoramollar 5-6, quylar 2-2,5 yoshga) etgandan keyin bu bez bo‘yin qismidan quriy boshlaydi. U tuzilishi jihatdan limfa tugunlariga o‘xshaydi. U ishlab chiqargan gormoni organizmda kalsiy almashinuvi tartibga solinishida katta ahamiyatga ega. Bu bezning og‘irligi qorako‘l qo‘ylarda 12 g, uzunligi ko‘krak bo‘limida 5,2 sm, eni 2,3 sm, bo‘yin qismining uzunligi 12,6 sm, eni 1,7 sm bo‘ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə