Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə73/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Uzunchoq miya
1-to’rt tepachaning keyingi do’ngliklari; 2-oldingi miya yelkani; 3-4-5-miyachaning oldingi, o’rta va keyingi oyoqchalari, 6-eshitish do’ngliklari, 7-pero, 8-yuqorigi oraliq yoriqchalari, 9- yuz burtiqlari, 10-oraliq ariqcha , 11-yumaloq stvol, 12-dahliz qismi, 13-chegaralovchi ariqcha, 14-til osti qismi, 15-kulrang qanot
Miyacha – cerebellum sut emizuvchi hayvonlarda juda yaxshi rivojlangan, uning shakli deyarli yumaloq bo’ladi, uni o’rtalig’idan chuvalchangsimon bo’lak yarim sharlarga bo’lib turadi. Chuvalchangsimon bo’lak – vermis ning sirti g’adir – budir va egatli bo’lib, uchta asosiy bo’lak: oldingi, o’rta va keyingi bo’laklar – lobus anterior, medius, posterior ga bo’linadi.
Miyacha yarim sharlari – hemisphaerae cerebelli ning butun yuzasi har xil joylashgan ko’pgina egatlar bilan qoplangan, egatlar orasida tor, uzun pushtalar bor. Miyacha yarim sharlarining sirti kulrang, ichida oq modda bo’ladi. Miyacha oyoqchalari yordamida uzunchoq miya va ko’prik bilan birikadi.
Miyachaning keyingi oyoqchalari – brachium cerebelli caudale ikkita valik shaklida bo’lib, uzunchoq miyaga birikadi.
Miyachaning oldingi oyoqchalari – brachium cerebelli nasale keyingi tepachalar orqali katta miya oyoqchalari tomon boradi, bulardan bir qancha o’tkazuvchi yo’llar bo’ladi.
To’rtinchi miya qorinchasi – ventriculus rhombencephalis s. guartus miyacha bilan uzunchoq miya o’rtasida joylashadi.
B osh miya ham orqa miya singari uchta parda: qattiq, to’rsimon va yumshoq pardalar bilan o’ralgan (qoplangan) bo’ladi. Bu pardalar orasida subdural va subaroxnoidal bo’shliq mavjud bo’ladi, unda miya suyuqligi bo’lmaydi. Bosh miya pardalari orasida epidural bo’shliq bo’lmaydi, shuning uchun ham qattiq parda tekis (zich) miya qutichasini suyagiga yopishgan bo’ladi.


Umurtqalilarning bosh miyasi
: 1-hidlov miyasi, 1’-hid bilish piyozchasi, 1’’-asosiy gangliylar, 2-oraliq miya, 2’- gipofiz varonkasi va gipofiz, 2’’-tepa ko’zchalar, 3-o’rta miya, 31- ikki va to’rt tepacha, 311-katta miya oyoqchalari, 4-miyacha, 41-miyacha yarim sharlari, 5-uzunchoq miya, 6-oddiy qoplagich, 61- birlamchi qoplagich, 611-ikkilamchi qoplagich.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə