Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə71/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Orqa miya medulla spinalis umurtqa pogonasi kanali – canalis vertebralis da joylashgan bo’lib, besh (bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum) qismlarga bo’linadi va ustki tomondan uchta: qattiq, to’rsimon va yumshoq parda bilan o’ralgan.
Orqa miyaning qattiq pardasi – dura mater spinalis zich biriktiruvchi to’qimadan iborat, bu bilan suyak pardasi o’rtasi epidural bo’shliq – cavum epidurale bor.
Orqa miyaning to’rsimon pardasi – arachnoidea spinalis yupqa bo’lib, endoteliy hujayralari bilan qoplangan. Bu parda bilan qattiq parda o’rtasida subdural bo’shliq – cavum sudurali bo’ladi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi – pia mater spinalis anchagina zich bo’lib, yumshoq parda bilan birikishgan. Bu parda bilan to’rsimon parda orasida subaraxnoedal bo’shliq – cavum subarachnoidali bo’lib, hamma bo’shliqlar miya suyuqligi – leguvor cerebrospinalis bilan to’lib turadi va bu miya to’qimalariga oziqa etishtirib beradi.
Orqa miya – medulla spinalis o’z yo’lida uzunchoq miyadan chegarasiz boshlanadi va oxiri dumgaza umurtqalarida konus shaklida tugab, undan dumga qarab oxirgi tola – filum terminali chiqadi va ot dumi – caum eguina shaklini oladi.
Orqa miyani o’zidan uzoqroqda joylashgan oldingi va keyingi oyoqlarni nerv bilan ta'minlash uchun ikkita yo’g’onlashma: bo’yin – intumesentia cervicalis, belning 5-umurtqasi ro’parasida bel yo’g’onlashmasi bo’ladi.
Orqa miyani ko’ndalang kesimiga qaralsa ikki xil moddadan tuzilgan.
Oq modda – substantio alba tashqi tomonda va kulrang modda – substantio grisae markazda joylashgan bo’lib, “H” harfi shakliga o’xshaydi.

Orqa miya pardalarini Orqa miya
ko’ndalang kesimi

1-miyaning qattiq pardasi 2-miyaning to’r pardasi 3-miyaning yumshoq pardasi 4-subaxranoideal bo’shliq 5-subdural bo’shliq 6-epidural bo’shliq 7-yuqorigi tutamchaning orqa miya gangliyasi 8-pastki tutamcha 9-orqa miyaning aralash nervi 10-tishsimon pay 11-orqa miya arteriyasi 12-umurtqaning pastki sinusi 13-orqa miya.

A-orqa miya pastki yuzasining yarim sxemasi 1-kulrang bog’lam 2-kulrang moddaning yuqorigi ustuni 3-pastki ustuni 4-orqa moddaning yon tizgini 5-pastki tizgini 6-pastki oraliq yoriqcha 7-8-uning pastki va yuqorigi ildiz ipchalari 9-orqa miya gangliyasi B-miya konusi 1-miya konusi 2-dumg’aza nervlari 3-dum nervlari 4-orqa miya gangliyasi 5-ipchalar 6-miyaning qattiq pardasi(pastki tomondan ochib ko’rsatilgani).




Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə