Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Simpatik va parasimpatik nervlar



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə79/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Simpatik va parasimpatik nervlar
Vegetativ nerv tolalari tuzilishi jihatdan somatik nerv tolalaridan farq qiladi. Preganglionar tola yumshoq tola yadrosi yumaloq oval shaklda bo’lib, tekis va zich joylashadi. Postganglionar tola pardasiga o’ralgan. Vegetativ nerv tizimining asosiy markazi bosh miya po’stlog’ida joylashib, markazlarini joylashuviga qarab simpatik va parasimpatik nervlarga bo’linadi.
Simpatik nerv tizimining markazi orqa miyaning ko’krak va bel sigmentlarida joylashgan. Simpatik nerv tolalari markazdan somatik nervlarni preganglionar tolalari bilan birga chiqib, umurtqa pog’onasining ostida zanjir shaklidagi simpatik nerv stvoli – truncus symphaticus hosil qiladi. U old tomondan boshgacha, orqada 4-dum umurtqasigacha etib boradi va bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza hamda dum qismlarga bo’linadi.
Simpatik nervning postganglionar tolalari quyidagicha tarqalgan bo’lib, har bir organlarga borgandan keyin shu organ chigalini hosil qilib keyin tarqaladi.





Tugunning nomi

Markazi

Topografiyasi

Chiqayotgan nervlar va innervatsiya zonasi

1

Buyinnng oldingi tuguni - gang. cervicalis cranialis

Orqa miya
n. ko’krak
segmenti

Ensa suyagining tanasiga yaqin, atlant qanoti chuqurchasiga yaqin

1.Ichki uyqu nervi
bosh miya nervlariga va
bosh miyaga.
2. Buyinturuq nervi
halqum, qizilo’ngach, hiqildoq, kekirdakga.
3..Tashqi uyqu nervi
boshga boruvchi qon tomirlariga va so’lak
bezlariga.

2

Yulduzsimon tugun - gang. stellatum . (bo’yinning o’rta, bo’yinning keyingi tuguni. Ko’krak tuguni.

«______»


Ko’pincha o’ng tomon 1 qovurg’adan medial,
bo’yinning uzun muskulidan medial tomonida, uzunligi 35-50 mm, eni 8-10 mm.

1. Umurtqa nervi,
bo’yinning orqa miya nervi-3–7 ser.
2.Orqa miya bo’limiga.
3. Yurak tarmog’i – yurakka.
4. O’pka tarmog’i o’pkaga.
5. Qon tomirlariga.

3

Ichak pardasining old tuguni– gang. mesenterica cranialis
1. Qorinning past-
ki nervi.
2. Qorinning kichik nervi.
3. Qorin tugunlari

«______»


Taqaga o’xshash, ichak pardasining oldingi yarmini o’rab turadi. 8-10 sm.

1. Qizilo’ngach, qizil-
o’ngachga
2.Oshqozon, oshqozonga.
3. Taloq.
4. Jigar.
5. Ichak, old tomon ingichka bo’lim ichaklar.
6. Buyrakka.
7. Buyrak usti bezi
qon tomirlariga, quyoshsimon chigali.

4

Ichak pardasining orqa tuguni – gang. mesenterica caudalis

«______»


Ichak pardasining keyingi qismida, atrofiyaga uchragan

Ichak pardasining kaudal qismi
1. Yo’g’on bo’lim ichakka.
2.Urug’donga, tuxumdonga.
3. Tos bo’limiga.
4. Tos bo’limidagi arteriya va venalarga.

Simpatik nerv tizimining chiqayotgan hamma simpatik postganlionar tolalari o’qidan somatik nerv uchun oq qo’shuvchi tarmoq – rami communina alba berib o’ziga kulrang qo’shuvchi tarmoq – gang. communina grisae oladi. Simpatik tolalar bilan somatik nerv, ko’ndalang muskullarga, somatik nerv esa qon tomirlariga boradi.
Vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi markazlari bosh miyani o’rta, uzunchoq miya va orqa miyaning dumg’aza qismlarida joylashadi.
-O’rta miya qismi Yakubovich yadrosida, to’rt tepalikning nazal qismida 3 juft ko’zni harakatlantiruvchi nerv bilan uning tanasini tarmog’i orqali chiqib, ko’zga borib kiprik gangliyasi hosil qilib, undan kiprikning kalta nervi ko’z qorachig’ining dilyatatorlariga boradi.
Uzunchoq miya qismida uchta: ko’z yosh ajratuvchi, so’lak ajratuvchi va motor – sekretor markazlari joylashadi.
a) ko’z yosh ajratuvchi markaz – yuz (7) nervi yadrosi yonidagi rombsimon chuqurchadan boshlanadi. Uning preganglionar tolalari 7-yuz nervi bilan chiqib uning postganglionar tolalalari ko’z yosh beziga boradi.
b) so’lak ajratuvchi markaz rombsimon chuqurchada bo’lib, ikkita yadro orqali yuz (7) nervi bilan birga chiqib, uch tarmoqli (5) nerv tarkibiga o’tadi. Uning postgangilionar tolalari so’lak bezlariga tarmoqlanadi.
v) sayyor yoki adashgan (10) nerv – n.vagus funktsiyasi jihatidan aralash nervdir. Uning sezuvchi tolalari nafas olish va hazm organlarining shilimshiq pardasiga boradi.
Halqum tarmog’i – halqumga boradi. Yurak tarmog’i – rami cordia yurakka boradi, o’pka tarmog’i - o’pkaga va traxeyaga boradi.
Sayyor nerv ko’krak qafasidan qizilo’ngach bilan qorin bo’shlig’iga o’tib yarim oysimon tugunga qo’shiladi va undan oshqozon, ichaklar, taloq, jigar, buyrak va h.k. organlarga quyoshsimon chigal shaklida tarqaladi.
Dumg’aza qismi – pars sacralis dumg’aza nervlari bilan birga chiqib tos atrofidagi organlarga harakatlantiruvchi va sekretor ta’sir ko’rsatadi.





Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə