Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə89/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:

  1. Parrandalarda va mayda uy hayvonlarini skelet va muskullarini xususiyatlari.

  2. Teri qoplama tizimini xususiyatlari.

Mavzu: Parrandalarning ichki organlari, yurak qon - tomirlari va nerv, sezgi organlari tizimining anatomik anatomik tuzilishi.


Darsning maqsadi: ovqat hazm qilish organlari, nafas olish, siydik ayirish, ko’payish, yurak-qon tomirlari, nerv tizimi va sezgi organlarini hayvonlardagi farqini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: parranda, rasmlar, mulyaj, parranda ho’l ichki organlarining preparati.
Darsning mazmuni: parrandalarni anatomik tuzilishidagi farqini o’rganish uchun uy hayvonlari bilan taqqoslab o’rganiladi.
Hazm organlari. Parrandalarning hazm qilish organlari tuzilishi jixatdan sut emizuvchilarnikidan birmuncha farq qilsa ham ko’pchilik qismi o’xshash bo’lib, to’rt muhim bo’limga bo’lingan.
Og’iz – tomoq bo’limi tuzilishiga ko’ra quyidagicha farq qiladi: lablar o’rnida yuqorigi va pastki tumshuq bo’ladi, milk, lunj, tishlar yo’q, tomoq og’iz bo’shlig’idan ajralmaydi, tumshuq ovqat qabul qilish xususiyatiga ko’ra har xil. O’rdak, g’ozlarning tumshug’i yaltiroq va mum – ceroma bilan qoplangan, qolgan parrandalarniki o’tkir bo’ladi. Qattiq tanglay – palatum durum, tovuqlarda shunisi xarakterliki, o’rta sagittal qismda tor yoriqcha bo’lib, unda ko’ndalang joylashgan 5 qator so’rgichlar bor.
Til – lingua, tovuqlarda kalta va o’tkir, o’rdak va g’ozlarda uzun va yumaloq bo’ladi.
Oldingi bo’limga qizilo’ngach, jig’ildon va ikki kamerali oshqozon kiradi.
Qizilungach – oesophagus, uzun nay shaklida bo’lib, ko’krakka kirishdan oldin jigildon – jungluvies ni hosil qiladi. U donxo’r parrandalarda juda yaxshi rivojlangan, o’rdak va g’ozlarda haqiqiy jig’ildon bo’lmasdan, urchiqsimon bo’ladi.
Oshqozon (me'da) – ventriculus s. gaster, parrandalarning oshqozoni bezli va muskulli qismlarga bo’linadi.
Ingichka bo’lim ichaklari sut emizuvchilarnikiga o’xshash bo’ladi. Jigar va oshqozon osti bezlari yaxshi rivojlangan bo’lib, 12 barmoq ichakka ochiladi.

Yo’g’on ichaklar ikkita ko’richak bilan to’g’ri ichakdan iborat. Ko’richak uchlari bilan oldinga qaragan bo’ladi, to’g’ri ichak kloakaga ochiladi. To’g’ri ichak kloakadan sfinkterlar bilan chegaralanib turadi. Kloaka ichaklarning oxiri hisoblanib, halqasimon ikkita burma yordamida uch qismga bo’linadi: oldingi – caprodeum, o’rtadang’i – urodeum va oxirgi – proctodeum.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə