Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə91/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Hayvonlar anatomiyasi

Ko’payish organlari. Ko’payish organlari sut emizuvchilarnikiga o’xshash, biroq oddiyroq tuzilgan. Urg’ochilik ko’payish organlaridan chap tuxumdon – ovarium rivojlangan, o’ng tuxumdon esa qurib yuqolib ketgan.
Parrandalarning chap tuxum yo’li – oviductus rivojlangan, bir qancha burmalar shaklida tuzilgan bo’lib, 5 bo’limdan: voronka, oqsilli qism, buyinchasi, bachadon va qindan iborat. Shu bo’limlarda tuxum pardalari shakllanadi.
Erkaklik jinsiy organlari - sut emizuvchilarnikidan shu bilan farq qiladiki, ularda urug’don xaltachasi bo’lmaydi, urug’donlari tana bo’shlig’ida buylaklarning oldingi bo’lagi ostida joylashadi.
Xo’roz va o’rdaklarning urug’ yo’li kloakaga ochilishdan oldin kengayadi. Parrandalarda qo’shimcha jinsiy bezlar bo’lmaydi. Jinsiy a'zo ko’pchilik parrandalarda yuqolib ketgan, o’rdak, tuyaqush, sesarka va g’ozlarda bo’ladi. G’ozlarda kovak tana limfa suyuqligi bilan to’lgan bo’ladi.





Tovuq ko’payish organi
1-o’pka 2-buyrak 3-yonbosh ichak 4-ko’r ichak (kesilgani) 5-to’g’ri ichak 6-tuxum yo’lining voronkasi 7-tuxumdondagi tuxum xujayralar 8-tuxum yo’li 9-kloak teshigi.

Yurak – qon tomirlar tizimi. Yurak – cor parrandalarda ham sut emizuvchilarnikiga o’xshash 4 kamerali bo’ladi. Yurakning asosi oldinga yuqoriga qaragan, uchi jigar bo’laklarigacha etib boradi. Yurakning o’ng qorinchasida so’rg’ichsimon muskullar bo’lmaydi. O’ng atrioventrikulyar teshik yoriqchasimon bo’lib, 2 ta plastinkasimon muskul bilan qoplangan. Bu plastinkalar klapan vazifasini bajaradi. Aorta yoyining o’ng tomondagisi yaxshi rivojlangan bo’lib, qorin aortasi, o’ng va chap tashqi yonbosh arteriyalarni, 2 ta o’ng va chap qo’ymich va o’rta dumg’aza arteriyalarni hosil qiladi.
Yurakning dorsal tomondan ko’rinishi





a-chap qorincha b-o’ng qorincha (ochilgan) c-klapan d-qorin aro to’sqich e-chap yurak oldi bo’lmasi f-o’pka venasi d-o’ng yurak oldi bo’lmasi h-oldingi o’ng kovak vena l-keyingi kovak vena k-chap lodingi kovak vena e-toj arteriya ariqchasi m-o’pka arteriya n-aorta.

Limfa tizimi ko’pchilik parrandalarda rivojlangan, lekin limfa tugunlari bo’lmaydi. O’rdak va g’ozlarning ikkita joyida limfa tugunlari yaxshi rivojlangan bo’lib, u tugunlar bo’yinni orqa qismida va bel ostida aorta oralig’ida joylashadi. Tovuqlarni butun tanasi bo’ylab limfoid to’plamchalar joylashadi.


Ichki sekretsiya bezlari: ichki sekretsiya bezlariga qalqonsimon bez, uning yonidagi bez, ko’krak ayri bezi (timus) va buyrak usti bezlari kiradi.
Qalqonsimon bez – glandula thyreoidea juft, juda kichik bo’lib, yumaloq yoki oval shaklida bo’ladi. U umumiy uyqu arteriyasini boshlanishi va sayroqi hiqildoq yonida joylashadi.
Qalqonsimon bez yonidagi bez – gl.parathyreoideae sharsimon ko’kimtir qizg’ish (siyohrang) rangli kichik bez bo’lib, qalqonsimon bezning orqarog’ida joylashadi.
Ayrisimon bez – timus – thymus yosh parrandalarda 6 – 8 bulakdan iborat bo’lib, jag’ni ventral qismidan to yurak qo’ylakchasigacha etib boradi. Parrandalarni yoshi kattarishi bilan timus oldingi qismidan qaytadan rivojlana boshlaydi.
Buyrak usti bezi – gl.suprarenales unchalik katta bo’lmagan ko’kamtir qizg’ish, oval shaklidagi bez bo’lib, u buyrakni medial chetida joylashadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə