Sana: 1-Mavzu: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas


Topshiriq: “Vaqtdan kim qanday foydalaniladi.”



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə35/46
tarix23.06.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#118579
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
tarbiya

Topshiriq: “Vaqtdan kim qanday foydalaniladi.” mavzusida:

  1. O`g`il bolalar :

  2. Qiz bolalar :

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi

Sana:
28-mavzu: Oila psixologiyasi .Tarbiya-oiladan boshlanadi
Oila-qo’sh ustunli ayvon”
I.Kirish: Mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni oila va oila a`zolarini hurmat qilishga o`rgatish , insoniylik fazilatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD
Mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi
II.Asosiy qism: Rivoyat
Sherning oilasida uch nafar shervachcha dunyoga keldi.Ularning hali ko`zlari ochilmagan, shuning uchun ona sherning bag`ridan hech qayoqqa jilishmas,talashib-tortishib sut emishar edi.Oradan kunlar o`tib,sher bolalari ancha katta bo`lib qolishdi. Ular bir-birlari bilan kurash tushishar va vaqti- vaqti bilan ona sherning oldiga borib,sutga to`yib kelishar edi.Ularning o`sishini chetdan kuzatayotgan ota endi bolalarini ov qilishga o`rgatish payti kelganini tushundi va sekin irillab bolalarini chaqirdi. Lekin shervachchalar ota chaqirig`iga e`tibor ham berishmadi, avvalgidek o`yinlarini davom ettirib, yana talashib-tortishib onalarini ema boshladilar.Buni ko`rgan sherning jahli chiqib, qattiq na`ra tortdi. Uning ovozi hamma yoqni larzaga soldi, barcha jonivorlar tum-taraqay qochib ketishdi. Sher bolalari ham dahshatdan joylarida qotib qolishdi.Otalarining bunday vajohatini ular hech ko`rishmagan edi.Mag`rur turgan sherga ular ham qo`rquv, ham g`urur bilan qarashdi va shu paytda kimning naslidan ekanlarini ,hamda ulardan nima talab qilinayotganini birdan tushunishdi.Ona sher ularga xotirjam qarab turar edi.
Qissadan hissa shuki tarbiya oiladan boshlanadi.Oilada otaning o`rni alohida.uning qattiqqo`lligi esa farzandlari uchun foydalidir.
Oila tuyg`usi har bir insonning qon-qoniga tabiatan singdirilgan bo`ladi.
Oilaning fayzli, farovon bo`lishi esa, albatta unda yashaydigan kishilar-oila a`zolariga bog`liq.Ular o`zaro hamjihat bo`lib yashasa, bir maqsadni ko`zlasa, bu xonadon obod bo`ladi.Tejamkorlik, mehnatning to`g`ri taqsimlanishi, shukronalik bilan yashash oilaga qut-baraka keltiradi.
O`zbekistonda oilaga e`tibor katta, uning farovonligi haqida qayg`urish ustivor vazifaga aylangan.Kam ta`minlangan oilalarga berilayotgan katta ahamiyat ham g`amxo`rlikning bir ko`rinishidir.
Oila mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkazish.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə