Sana: 1-Mavzu: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə36/46
tarix23.06.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#118579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
tarbiya

III.Yakuniy qism:
Oila haqida maqollar va hikmatli so`zlar mushoirasini o’tkazish
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Sana:_______________
29-Mavzu: Inson psixologiyasi:Odobni odobsizdan o’rgan
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga Kishi odobining shakllanishida u yashaydigan muhitning qanday ta'siri bor deb o'ylashi, Xalqimizning «Odobni odobsizdan o'rgan» degan iborasini sharhlashga harakat qilishi, Tengdoshlaring xulqi va odobida ga ma'qul bo'lmaydigan qanday kamchiliklarni , «Odobsizlik ko'proq o'g'il bolalaiga xos bo'ladi» degan fikiga qanday qarashini, Qaysi badiiy asarlarda xalqimizga xos bo'lgan xulq va odobning ibratli namunalari ko'rsatilganligini tushuntirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Jihoz: . Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
Mashg’ulot jarayonining mazmuni:
1. Shaxs tarbiyasi
2. Kishi odobining shakllanishida u yashaydigan muhitning qanday ta'siri
3. Xalqimizning «Odobni odobsizdan o'rgan» degan iborasini
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
II. Asosiy qism:
Odamlarning o'zaro munosabatisiz hayotni tasawur qilib bo'lmaydi. Eslab ko'r-chi: o'zi yolg'iz kimsasiz orolga tushib qolgan Robinzon Kruzo eng ko'p nimadan qiynaladi? U oroldagi daraxtlar mevasini terib yeb, ov bilan shug'ullanib, qornini to'yg'azadi. Yirtqich hayvonlardan himoyalanish uchun o'ziga boshpana tiklaydi. Ikki yog'ochni bir-biriga ishqab, olovga ega bo'ladi. Xaltasida qolib ketgan bug'doy donalarini uch-to'rt yil qayta ekib, nonga ham og'zi tegadi.. . Demak, yolg'izlikdagi hayotning moddiy tomonini u bir amallab epaqaga keltiradi. Biroq u o'zi bilan gaplashadigan, dardini eshitadigan hamroh topa olmay, aqldan ozay deydi. Awaliga ichida o'ziga o'zi gapirib ovunib yuradi — bo'lmaydi. Keyin o'zi bilan o'zi ovoz chiqarib gaplashishga o'tadi. Qarasa, bunaqada jinni bo lib qolish hech gap emas. Keyin u echki bilan, turli qushlar va hayvonlar bilan gaplashib, o'zini ovutishni o'ylab topadi.. . Modomiki, odam tabiati jamoa bo'lib yashashga ko'nikkan ekan, bunday hayot tarzining o'ziga yarasha ichki tartiblari, qoidalari bo'lishi ham tabiiydir. O'sha qoidalarning asosi — poydevorini axloq- odob me'yorlari tashkil etadi. Ya'ni, insonlar insondek yashash uchun shu me'yorlarga amal qilishlari kerak bo'ladi. Agar shu qoidalarning chegarasi buzilsa, ularga amal qilinmasa, insonning hayvondan farqi qolmasligini tasawur qila olsang kerak.
Har bir insonning ma'naviy qiyofasi awalo uning xulqi va odobida ko'rinadi. Xulq va odob esa o'z ichiga juda ko'p narsani qamraydi. Yurish-turishimiz, odamlar orasida va yolg'iz qolganimizda o'zimizni tutishimiz, muomala madaniyatimiz, atrofdagilarga diqqat-e'tibori- miz — bularning bari bir bo'lib bizning xulq-odobimiz qanday ekanini aniqlab beradi. Masalan, insonni bezaydigan, uni atrofdagilarga chiroyli ko'rsatadi- gan belgi — uning tili hisoblanadi. Shunday do'stlaring borki, ularni eshitib charchamaysan, tinglab maza qilasan. To'g'ri, ular ga ashula aytib bermaydi, masxarabozlik qilib kuldirmaydi. Gaplari ham tushunarli — oddiygina. Lekin, o'ylab ko'r: nega ularni eshitging, ularga o'xshaging kelaveradi? Chunki bu do'stlaringning gaplari mazmunga to'la, kuzatishlarga boy. (Agar o'xshatadigan bo'lsak, ularning gaplari ichi to'la mag'izli yong'oqqa o'xshaydi — ko'rib, eshitib xursand bo'lib ketasiz. ) Bu bolalar hatto biror voqeani tahlil qilib, unga baho berishga ham harakat qilishadi. Gaplarining tekis, quloqqa yoqimli tuzilishi-chi. Ularning gapida boshqa tillardan kirib qolgan keraksiz so'zlar, beparda iboralar mutlaqo uch- ramaydi. Xo'sh, bu belgilar nimadan dalolat? Shundan dalolatki, bu do'st­laring mustaqil fikrlay oladi, o'zini boshqara biladi. Ular tilining tozaligi — qalbining tozaligidan, ona tilimizga hurmatidan darak beradi. Endi boshqa bir manzarani ko'z oldimizga keltiraylik. Avtobusga tengi besh-oltita bola bir-birini itarib-turtib chiqib kelishadi. Go'yo atrofda ulardan boshqa hech kim yo'qdek, tovushlarini baland qo'yib o'zaro hazillashishga tushadilar. Ora-sirada uyatli so'zlarni, hatto haqoratli ijoralarni ishlatishdan ham toyishmaydi. Tilga olinayotgan so'zlarning pala-partishligi, qo'polligi, «mayib- majruh» qilinganini esa qo'yaverasiz. Holbuki, ularning bu shovqinli suhbatida tuzukroq mazmunning o'zi yo'q. (Yuqorida ichi to'la mag'izli yong'oqni eslagan bo'lsak, endi ichi qorayib-chirib yotgan puch yong'oqni tasawur qil!)Nima deb o'ylaysan: tengdoshlaringning bu qiliqlari avtobus ichidagi odamlarning birortasiga yoqadimi? Axir ularning ba'zisi ishdan toliqib kelayotgan, boshqa birining asablari charchagan bo'luhi mumkin-ku. Balki ular ichida boshiga biror tashvish yoki g'am tushgan odam ham bordir. Tengdoshlaringning og'zidan chiqayotgan uyatsiz so'zlarni eshitgan ayollar «Tarbiyasizlar!» deya ulardan yuz o'girishlarini tasawur qila olamizmi-yo'qmi?Alisher Navoiy «Tilga ixtiyorsiz — elga e'tiborsiz» der ekan, o'z tilini tiya olmaydigan mana shunday kimsalardan elga ko'p ozor yetishini nazarda tutgandi. Bir narsani aniq bilishimiz kerakki, elga e'tiborsiz qaraydigan har qanday kishini ana shu el ham e'tiborsiz qoldiradi. Bu degani — inson o'zining badfe'lligi bilan el nazaridan qoladi. Bugun barchamizning uyimizda radio va televizor, ayrimlarimizda hatto komputer ham bor. Qayerga qaramaylik, turfa xil axborotga ko'zimiz tushadi. Bunga katta ko'chalarga osilgan, avtobus va metro vagonlari ichiga, yana ko'plab boshqa joylarga yopishtirilgan e'lonlar va reklamalarni ham qo'shish mumkin. Dam olish kunlari televizorning o'nlab kanallarida namoyish etiladigan yuzlab ko'rsatuv va filmlarni, istaymizmi-yo'qmi, ko'ramiz, ulardan ta'sirlanamiz. Bu qadar kuchli axborot oqimini to'xtatish yoki jilovlashning imkoni yo'q, albatta. Shunday ekan, (masalan, televizor misolida) biz nimani ko'rishni, qachon ko'rishni, qancha ko'rishni o'zimiz uchun aniqlab olishimiz juda ham muhimdir. Gap shundaki, biz Sharq xalqlari sirasiga kiramiz. Bunga qo'- shimcha, biz odob-axloq, uyat, iffat, hayo singari chinakam insoniy fazilatlarni ulug'lovchi va insonlardan talab qiluvchi islom diniga e'tiqod qo'yganmiz. Ota-bobolarimiz ming yillar davomida hayot tarziga singdirgan bu qadriyatlarga sadoqatli bo'lish barchamizning burchimiz hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, dunyoning hamma yerida, har xil qarashlar asosida yaratilgan barcha tomoshalar ham bizga to'la foydali deb bo'lmaydi. Bu tomoshalar (kinofilmlar, videofilmlar, spektakllar, kontsertlar, turli xil shoular) shakli va mazmun-mohiyatida milliy hamda diniy qadriyatlarimizga zid keluvchi o'rinlar ham ko'plab topiladi. Inson xulq-atvorida uning tili qanchalik ahamiyatga ega ekani to'g'ri- sida gapirdik. Endi G'arb mamlakatlarida suratga olingan kinofilmlar- dagi ayrim qahramonlarning tili, muomala usuliga ahamiyat bering. Agar bu qahramonlar salbiy, axloqsiz odamlar sifatida ko'rsatilsa ham tushunish mumkin edi. Yo'q, aksariyat ijobiy — boshqalar o'rnak olishi lozim bo'lgan qahramonlarning aytayotgan gap-so'zlarini eshitib, hayron qolamiz biz. Nega? Chunki biz bu borada boshqacharoq qarashga egamiz. Bizda qachon va qayerda bo'lmasin, beparda so'zlarni ishlatish uyat, andishasizlik hisoblanadi. Faqat hisoblanmaydi, balki shu yozilmagan qoidalarga amal qilishni har bir odam o'zining insoniy burchi deb biladi.



Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə