Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
Datchiklar.
 
Nazorat qilinadigan yoki boshqariladigan kattalikni boshqa 
turdagi kattalikka, ya’ni keyinchalik qayta ishlov berish uchun qulay signalga 
aylantirib beruvchi elementga 
datchik (ma’lumot beruvchi)
deyiladi. 
O‘lchash obyektiga o‘rnatilgan va o‘lchamlari, massasi hamda ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob 
beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o‘lchov o‘zgartkichlarining bir 
qator konstruktiv to‘plamini ham 
datchik
deb atash qabul qilingan. 
Umuman datchiklarnii sezuvchi element va о‘zgartkichdan iborat qurilma 
deb qarash mumkin. Sezuvchi elementlar nazorat qilinadigan kattalikni о‘lchash 
uchun qulay bо‘lgan signalga aylantirish uchun xizmat kiladi. О‘zgartkich esa 
noelektrik signalni elektr signaliga aylantiradi. Chunki, datchikning kirish qismida 
noelektrik yoki elektrik signallar qabul qilinishi mumkin. Qayta ishlashga va 
masofaga uzatishga qulay bо‘lishi uchun datchiklar о‘lchash natijalarini elektrik 
signallarga almashtiradi. 


51 
О‘lchanadigan qiymatning kо‘rinishiga nisbatan datchiklar quyidagicha 
bо‘lishi mumkin: temperatura datchigi, namlik datchigi, sath datchigi, bosim 
datchiki, sarf datchigi va boshqalar. 
Datchiklarni ishlash prinsipi bо‘yicha ikki guruhga bо‘lish mumkin: 

parametrli (masalan, termoqarshilik); 

generatorli (msalan, termopara). 
Parametrli datchiklarda nazorat qilinadigan noelektrik qiymatlar elektr 
zanjirning parametrlariga aylantiriladi: qarshilikka, induktivlikka, sig‘imga. 
Parametrli datchiklar aktiv qarshilikli (kontakli, reostatli, potensiametrli, 
tenzodatchikli, termorezistorli) va reaktiv qarshilikli (induktiv va sig‘imli) bо‘ladi. 
Aktiv qarshilikli (reostatli) parametrik datchiklar.
Bu datchiklar tizimdagi 
chiziqli va burchak siljishlarni, kuch momentlarini, tebranishlarni va titrashni
tezlanishni va boshqa elektromagnit kattaliklarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. 
Ularning ishlash prinsipi о‘lchanadigan kirish kattaliga ta’siri natijasida 
maxsus elementlarning qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan. 
Datchik qarshiligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
s
l
R


bu yerda

- о‘tkazgich solishtirma qarshiligi
l
- datchik о‘tkazgichi 
uzunligi; 
s
- о‘tkazgich kо‘ndalang kesim yuzasi. 
Reostatli datchik
– harakatlanuvchi kontakti о‘lchanayotgan noelektrik 
kattalik 
х
ning ta’sirida kо‘chib yuradigan datchik. Bunda, reostatning qarshiligi 
r
о‘lchanayotgan noelektrik kattalik 
х
ga bog‘lik bо‘ladi 
)
(
x
f
r

.
Reostatli datchik б burchak siljishini chiqishdagi 0 va 1 klemmalar orasidagi
R
б 
–elektrik qarshilikka aylantiradi (17-rasm, a). 
Potensiometrik datchiklar
– reostatli datchiklar kо‘pincha potensiometrik 
sxema bо‘yicha ulanadi va chiziqli siljishlarni о‘lchaydi. Kontaktning kо‘chishi X 
datchikning kirish kattaligi hisoblanadi, R
yu 
yukning qarshiligidagi U
yu
kuchlanish 
esa chiqish kattaligi bо‘ladi (17-rasm, b).


52 
 
17-rasm. Aktiv qarshilikli parametrik datchik: a-reostatli datchik kontruksiyasi; 
b - datchikni potensiometr sxemasida ulanishi; R-datchikning tо‘liq qarshiligi,
R
x
- datchikning kontaktning kо‘chishiga mos keladigan bir qism qarshiligi 
Salt ishlash rejimida, ya’ni



Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə