Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
 
 
 
 
 
 
 
37-rasm. Shkala va nonius bo‘yicha o‘lchash. 


80 
Nonius - ozgina intervallarga (10-20) ega bo‘lgan yordamchi shkaladir. 
Noniusning birinchi chizig‘i yordamchi shkalaning faqat boshlanishi emas, balki 
asosiy shkala bo‘yicha o‘lchamning indeksi (ko‘rsatishi) bo‘lib xizmat qiladi. Agar 
noniusning birinchi (nol) chizig‘i asosiy shkalaning birorta chizig‘iga to‘g‘ri kelsa, 
o‘lcham qiymati asosiy shkaladan o‘qiladi. Zero noniusning nol chizig‘i asosiy 
shkalaning birorta chizig‘iga to‘g‘ri kelmasa, o‘lcham qiymati ikki qismdan iborat 
bo‘ladi. 
O‘lchamning butun qismi asosiy shkaladan o‘qiladi. Bu qiymat nonius nol 
chizig‘ining chapidan o‘qiladi. Unga o‘lchamning kasr qismi qo‘shiladi. Buning 
uchun noniusni qaysi bir chizig‘i asosiy shkalaning biror chizig‘iga to‘g‘ri 
kelganligi aniqlanadi va shunga qarab, kasr qismi hisoblanadi. Masalan, 37 b-
rasmda o‘lcham 40,7 mm ga teng, chunki noniusni nol chizig‘ining chapidagi 
asosiy shkalaning eng yaqin chizig‘i 4 raqami bilan belgilangan chiziq, bu 4 sm, 
ya‘ni 40 mm ga to‘g‘ri keladi. Asosiy shkalaning chizig‘iga noniusning 7-chizig‘i 
to‘g‘ri kelib turibdi. Noniusning bo‘linish qiymati 0,1 mm ga teng bo‘lgani uchun, 
o‘lchamning kasr qismi 0,7 mm ga tengdir. Noniuslar bolinmalarining qiymati 
odatda, 0,02 mm, 0,05 mm va 0,1 mm ga teng bo‘ladi. 
 
Shtangenasboblarning
 
turlari ko‘p bo‘lib, keng tarqalganlari shtangensirkul, 
shtangen chuqurlik o‘lchagichi va shtangenreysmaslardir. 
Shtangensirkul
qo‘zg‘almas o‘lchash jag‘lar bilan jihozlangan, har bir mm da chizig‘i bor lineyka 
singari. O‘lchash jag‘larining ishchi yuzalari lineykaga tik joylashgan. Lineyka (1) 
bo‘ylab ramka (2) yuradi, unda o‘lchash jag‘larining ikkinchi jufti va nonius (4) 
joylashgan. O‘lchanayotgan tashqi o‘lcham pastki o‘lchash jag‘lari orasida 
aniqlanadi. 
38a-rasmdagi shtangensirkulning yuqorisidagi jag‘lari ichki o‘lchashlarga 
mo‘ljallangan. 38b - rasmda ko‘rsatilgan shtangensirkulni yuqorisidagi jag‘lari, 
asosan, belgi qo‘yish uchun mo‘ljallangan, lekin uchlari ingichka bo‘lgani uchun 
ular yordamida tor o‘yiqlar ichidagi tashqi o‘lchamlami o‘lchash ham mumkin. 
Murvat (3) ramka va shtangani biriktirish uchun to‘xtatgich vazifasini 
bajaradi. Qurilma (7) mikrometrik uzatma, gayka (8) yordamida ramkani shtanga 
bo‘yicha asta-sekin (aniq) siljitish uchun xizmat qiladi. Mikrouzatmaning ramkasi 


81 
shtanga bilan murvat (6) orqali biriktiriladi. Mikrouzatma, asosan, shtangensirkulni 
belgi qo‘yish uchun ishlatganda uni aniq o‘lchamga o‘rnatish uchun qo‘llanadi. 
Shtangensirkullarning yana biri (38 a-rasm) chuqurlik o‘lchagichi (5) bilan 
jihozlanadi. 
Ayrim shtangensirkullar belgi qo‘yish jag‘larisiz ishlab chiqariladi
boshqalarini pastki jag‘lari ichki o‘lchashlar uchun ham ishlatiladi (38b- rasm). Bu 
jag‘larni tashqi yuzalari ikki tomoni kesilgan silindr shaklida bo‘lib, birlashtirilgan 
holda o‘lchami b = 10 mm ga teng bo‘ladi. Bu o‘lcham jag‘ning yon tomonida 
tamg‘alanadi. Bunday shtangensirkullar yordamida ichki o‘lchamlar o‘lchanganda, 
shkala va nonius ko‘rsatishlariga o‘lchovchi jag‘lar o‘lchamining qiymati 
qo‘shiladi. Shtangensirkullarning o‘lchash diapazoni maksimal 4000 mm gacha 
bo‘lgan o‘lchamlar ko‘lamini qamrab oladi. Lekin, eng ko‘p tarqalgan 
shtangensirkullar 0 dan 125 (140) mm gacha (38 a- rasm) va 0 dan 320 (200; 250) 
mm gacha bo‘lgan ko‘lamlarga ega. Birinchilari nonius bo‘linmalarining qiymati 
0,1 mm, ikkinchilarining esa 0,1 yoki 0,05 mm. ga teng. 
38-rasm. Shtangensirkullarning tuzilishi:
 a
- ШЦ-I turi; 
b
- ШЦ-II turi. 
39
a - rasmda mashinasozlikda turli detallar o‘lchamlarini o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan ШЦ-I-125 rusumli shtangensirkul ko‘rsatilgan. Uning o‘lchash 
diapazoni 0-125 mm gacha, nonius bo‘linmasi qiymati 0,05 mm, xatoligi esa 0,05 
mm. 39b-rasmda ШЦ-II-300 rusumli shtangensirkul tasvirlangan. Bu asbobning 


82 
o‘lchash diapazoni 0-300 mm gacha bo‘lib, nonius bo‘linmasi qiymati 0,02 mm, 
xatoligi – 0,04 mm.
a) b) 
39-rasm. Shtangensirkullarning umumiy ko‘rinishi. 
Hozirgi kunga kelib shtangensirkullarning bir qancha zamonaviy turlari 
yaratilmoqda. Misol uchun 40-rasmda tasviralangan shtangensirkul yordamida 0-
150 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash mumkin. Asbobning xatoligi 0,03 
mm ga teng. Bu shtangensirkulda o‘lchash natijasi bevosita o‘lchash kallagidan 
strelkaning ko‘rsatishi bo‘yicha o‘qib olinadi.
40-rasm. O‘lchash kallagiga ega bo‘lgan shtangensirkul. 
Bundan tashqari raqamli elektron indikatorli shtangensirkullar ham ko‘plab 
yaratilmoqda. Bu asboblarning afzalligi bizga o‘chashnatijalarini bevosita raqamli 
indikator orqali ifodalab berishidir, bu esa kuzatuvchini hisob-kitob ishlaridan 
xolos qiladi va vaqtning tejalishigaolib keladi, shuningdek, o‘lchash natijasi 
aniqligining yuqori bo‘lishini ham ta’minlaydi. 1.9 – rasmda ana shunday 
shtangensirkullarning ayrimlari ko‘rsatilan. 


83 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə