Sanoat texnologiyalari


-rasm.Bolalar yengi uzun fudbolka mahsulotining old tomon ko’rinishi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə4/13
tarix15.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#127830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
314-19 Mo\'minova Mushtariy kurs ishi 2

1-rasm.Bolalar yengi uzun fudbolka mahsulotining old tomon ko’rinishi.
I.2. TANLANGAN MAHSULOT UCHUN TO’QIMA TURINI TANLASH VA ASOSLASH
Hozirgi kunda trikotaj tarmog`ida mashinaning texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib juda ko`plab trikotaj to`qima turlari yaratilmoqda.
Trikotaj to`qimalari ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan bo`lishi mumkin.
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotajda halqalar qatori bir ipning ketma-ket egilishidan hosil qilinadi.
Bo’ylamasiga to’qilgan trikotajda esa halqalar qatori, parallel joylashgan tanda iplarining butun bir tizimini bir vaqtning o’zida ignaga qo’yilishi va uni egilishidan hosil qilinadi. Hozirgi kunda trikotaj tarmog`ida mashinaning texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib juda ko`plab trikotaj to`qima turlari yaratilmoqda.
Trikotaj to`qimalari ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan bo`lishi mumkin. Ko’ndalangiga to’qilgan trikotajda halqalar qatori bir ipning ketma-ket egilishidan hosil qilinadi. Bo’ylamasiga to’qilgan trikotajda esa halqalar qatori, parallel joylashgan tanda iplarining butun bir tizimini bir vaqtning o’zida ignaga qo’yilishi va uni egilishidan hosil qilinadi.
Kurs loyiha ishida bahor-yoz mavsumlarida kiyish uchun mo`ljallangan mahsulot tanlab olinganligini inobatga olib, press trikotaj to’qimasi tanlab olindi.
Tanlangan press trikotaj to’qimasi uchun to’qimaning qulaylik darajasi bo’yicha, xususiyati bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi. Tarkibida halqa bilan birga nabroska (yarim halqa) laridan iborat bo’lgan trikotaj to’qimasi press trikotaj to’qimasi deb ataladi. Press trikotaj to’qimasini ixtiyoriy bosh to’qimalar asosida olish mumkin. Bir qavatli polufang deb shunday to’qimaga aytiladiki, unda bittali press halqa ustunlari bilan almashinib keladi. Bir qavatli fang deb shunday to’qimaga aytiladiki, uning barcha halqalari bitta press halqalaridan iborat bo’ladi, ya’ni bitta nabroskali halqalar.Press halqalari joylashuvi to’qimaning eni bo’yicha rapportiga bog’liq. Fang rapport 1+1 bo’lganida press halqalari har bir halqa ustunida shaxmat tarzida joylashadi. Bolalar tanasini salqin saqlash va ularning tana qismini harorati keskin ravishda oshib ketmasligi uchun shu to’qimadan foydalamiz. Press to’qimasi havo o’tkazuvchanligi yuqori bo’lib, havoni yaxshi o’tkazadi. Bunga sabab, to’qima tarkibidagi nabroskalardir. Shuning hisobiga to’qima yuzasiga o’zgacha bir jilodorlik aks etadi.

2-rasm.1+1 rapportli Press trikotaj to`qimasini struktura ko`rinishi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə