Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma


-Mavzu: Farzandi bo’lgan oilada er-xotinning ajrimi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə42/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

11-Mavzu: Farzandi bo’lgan oilada er-xotinning ajrimi.
Reja:

  1. Arjalish global muammo sifatida.

  2. Psixologiyada ajrimlarni oldini olish ishlari.

Hozirda O’zbekistonda oilalar barqarorligini ta‘minlash, er-xotin o’rtasidagi ajrashishlar sonini kamaytirish, oilani saqlab qolish imkonini beradigan ko’plab tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy choralar belgilangan va bu boradagi huquqiy asoslar yaratilgan. Taassuflar bo’lsinki, shunga qaramasdan, er-xotin o’rtasidagi ajrashishlar soni ularning o’sib borish dinamikasini ko’rsatadi. Bu holat, ayniqsa, yirik shaharlarda yuqori ekani hech birimizga sir emas. Bugungi kunda oilalarni moddiy-ma‘naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yosh oilalarga ko’maklashish davlat va nodavlat yo’li bilan amalga oshirilmoqda. Ayrim davlat organlari oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan moddiy yordam berishni ta‘minlash bilan shug’ullanmoqda. Oilalarni qo’llab-quvvatlashda, oilaviy nizolarni hal etishga ko’maklashishda fuqarolar o’zini o’zini boshqarish organlari – mahallalarning roli kattadir.
Ammo bugungi jamiyatimizda u ajrimlar soniga jiddiy to’siq bo’la olmay qoldi. Ko’pincha oilalar, er-xotinlar yoki oilaning boshqa a‘zolari o’z muammolarini yashirish, ularni oshkor qilmaslikka harakat qilishadi yoxud davlat organlariga, mahhalla kommitetiga nisbatan ishonch yo‗qligi sababli ularga murojaat qilishdan tiyilishadi. Buning natijasida kichik muammolarning kattalashib ketishiga, va oqibatda, oilaviy ziddiyatlar va nizolarning vujudga kelishiga hamda yakunda – erxotin ajrashishiga sabab bo’ladi. Tahlillar ushbu muammolarning yechimini topish, ularni bartaraf etish borasida bir qancha yechimlar mavjud. Er-xotin o’rtasidagi ajrashishlarga asosan turli kelishmovchiliklar, er-xotinning bir-birini tushunmasligi yoki boshqa ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy omillar sabab bo’ladi. Tan tolish kerak, oilani saqlab qolish imkoni bo’lgan hollarda ham qonunchilikning mukammal emasligi, tamonlarning murosasizligi kabi nosamarali uslublar ham erxotinning ajrashishlariga sabab bo’ladi. Bugungi kunda oilaviy majburiyatlarni bajarish muammosi oilaviy munosabatlardagi eng asosiy masalalardan biri sanaladi. Er-xotinning oilaviy majburiyatlarni bajarmasligi oqibatida ajrashishlar soni ortib bormoqda. Bunda amaldagi Oila Kodeksida oilaviy majburiyatlarni bajarmaganlik uchun maxsus javobgarlik choralarining belgilanmaganligi ham sabab bo’lmoqda deyishimiz mumkin. Shu bois OKda oilaviy majburiyatlarni bajarmaganlik huquqiy javobgarlikni vujudga keltirishi haqidagi norma kiritilsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Shundan kelib chiqib, ehtimol bu borada ma‘muriy javobgarlik choralarini qo’llashga doir huquqiy normalarni ham shakllantirish lozim, degan fikrdamiz ham.
Oilaviy nizolarga yana bir sabab sifatida biz yosh oilalar barqarorligini saqlashda uchinchi shaxslarning salbiy ma‘nodagi aralashishlari deb hisoblashimiz mumkin. Garchi Oila kodeksida ―oilaviy munosabatlarga aralashishga yo’l qo’yilmasligi nazarda tutilgan bo’lsada (3-modda), hozirda yosh oilalarga qaynonalar va boshqa qarindoshlarning o’zboshimchalik bilan aralashuvi oqibatida ajrashishlar soni ortib bormoqda. Ushbu masalalarning yechimi sifatida OKga oila to’g’risidagi qonun hujjatlari va ularning qo’llanilishi oilani va uning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashni, oila a‘zolarining oilani saqlash va bolalar tarbiyasi uchun o’zaro javobgarligini, voyaga yetmagan bolalarni turli salbiy ta‘sirlardan himoya qilishni ta‘minlashga qaratilishiga oid aniq normani nazarda tutish zarur. Ko’p hollarda ajrashishlarga shaxsning oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini suiiste‘mol qilishlari ham sabab bo’ladi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni suiiste‘mol qilinishiga yo’l qo’yilmasligiga oid qoida esa amaldagi kodeksda o’z ifodasini topmaganligiga ham guvoh bo’ldik. Bunda er-xotinning, shu jumladan boshqa oila a‘zolarining oila munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlarida qonun hujjatlariga rioya etishlari, birgalikda turmush qurish qoidalarini, axloq-odob tamoyillarini hurmat qilishlari, vijdonan va halol harakat qilishlariga oid normani Oila kodeksiga kiritish maqsadga muvofiq. Yana bir holat olimlar fikricha, ―orqaga ketish‖ deb nomlanadi. Bu shunday holatki, unga ko’ra, er va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar bog‗lab turgan, lekin aynan muhabbat birdan sovib, er-xotin bir-birini ko’rsa g’ashi keladigan, gaplari yoqmaydigan, nizokash bo’lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi.
Sababi - birdan yongan olov, ya‘ni, muhabbat, ma‘lum vaqt o’tgach o’chishi, so’nib qolishi mumkin. Shu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir bo’lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod bo’lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o’ziga xos asoslar bo’lgan deyish mumkin. Masalan, Sharq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo’lishi eng kam uchraydi, deb hisoblab kelingan. Chunki oila institutining poydevori mustahkam bo’lishiga ajdodlarimiz qayg’urganlar. Yetti pushtini surishtirish, sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini bog’lash, hattoki, uzoq qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar, ya‘ni, oldindan bir-birlarini bilgan odamlaming o’zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish o’zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va ta‘kidlab o’tilgan nikoh motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular otaonalarining ―yetti o’lchab bir kesishi‖ oilaning mustahkam bo’lishi uchun zamin hisoblangan. Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo’lgan omillar sifatida avvalo, er yoki xotinda to’ydan keyin aniqlangan nasliy xastaliklar, ko’p holatlarda erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan ―til‖ topishib ketishi, boobro va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo’rlik bilan eski oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o’z ro’zg’orini yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo’lib qolishi kabi sabablar qayd etilgan. Muhimi shundaki, nikohning barbod bo’lishidagi tashabbus asosan erkak kishining qo’lida bo’lgan.
Agar u xohlasagina nikoh barbod bo’lgan. Agar mabodo ayol tashabbus ko’rsatsa, u qattiq jazolangan, jamoatchilik uni qoralagan, hattoki, tosh bo‗ron qilinganligi to’g’risida qadimgi tarixdan, eski kinofilmlardan ma‘lum. Qadimgi Xitoyda nikoh ajrimiga olib keladigan sabablarga erning ota-onasi ra‘yiga qaramaslik, ularga kelinning gap qaytarishi, betgachoparlik, bepushtlik, mahmadonalik, bedavo xastalik, rashk kabilar kirgan. Lekin, yuqoridagi holatlar bo‗lsa-yu, ayol erining ota-onasiga aza tutayotgan bo‗lsa yoki u chin yetim bo‗lsa, eri uni baribir uydan haydab yubora olmagan. Muqaddas dinimizda ham oilaning buzilishiga olib keluvchi taloq masalasi aynan erkakka berilgan, aslida buning zamirida ham oilarning buzilishining oldini olish maqsadi ilgari surilgan. XULOSA Xulosa qiladigan bo’lsak, turli yollar bilan bo’lsa-da, er-xotin o’rtasidagi ajrashishlar sonini kamaytirish, oilalarning bir butunligi va barqarorligini saqlab qolish borasidagi mexanizmlarni kuchaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni kuchaytirish nafaqat, zamon talabi, ayni vaqtda siz-u bizning asosiy vazifamizdir.
Ayollar erkaklarga o’rtacha oylik maoshi pastligi va band bo’lganlarning muqobil kategoriyalari bo’yicha ham boy beradilar. Ayollar aksriyat hollarda ikkilamchi mehnat bozorida vaqtincha yoki to’liqsiz ish kuni (qisman bu tanlov oila va bolalarning asosiy tashvishini zimmasida bo’lgan ayollarning ixtiyoriy tanlovi bola qisman ilojsizlikdan kelib chiqib sodir bo’ladi) doirasida banddirlar. Bizga ma‘lumki, mehnatga layoqatlilik va reproduktiv yoshi xotinqizlarda aynan bir paytda kechishi bois, ularda ma‘lum mutaxassislikni egallab kasbiy mahoratga erishish hamda oila qurib farzandlarni dunyoga keltirib ular tarbiyasi bilan shug‘ullanish o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni shakllantiradi. Sotsiologik nuqtai nazardan bu davr asosan individ yoshining ijtimoiy konstruksiyasidan kelib chiqib «yoshlik» va «o’rta yoshlilar» bosqichiga to’g‘ri keladi. Bu borada o’z tadqiqotlarini olib borgan E.Erikson insonning sakkiz bosqichli hayotiy siklni ishlab chiqar ekan, uningcha, beshinchi (yoshlik) va oltinchi (yetuklik)bosqichida inson kasb tanlash, mos ish qidirish, hayotdagi yo’ldoshni tanlash, oila qurish, farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish bilan shug‘ullanadi. Bu davrda erkaklar oilaviy hayoti kasbiy faoliyatiga to’siq bo’lmasdan davom etsa, ayollarda aksincha, ―oila yoki ish tanlovi, yoki ―qo’sh mas‘uliyat‖ muammolari ko’ndalang turib qoladi.
Natijada zamonaviy jamiyatlarda ayollar emansipasiyasi barcha ijtimoiy hodisalar qatori o’zining ijobiy va salbiy xususiyatlari ega. Ayollarning erkaklar bilan teng huquqlarni o’rnatilishiga erishishi bu albatta ushbu jarayonning eng katta yutug‘i bo’ldi. Huquqlar tengligi o’rnatilishi bilan aksariyat g‘arb davlatlarida xotin-qizlar o’z mustaqilligi, erkini qo’lga kiritdilar. Demak, emansipasiyalashgan ayollar oilaviy-nikoh munosabatlarida avvalo shaxsiy erki, ixtiyoridan kelib chiqib tanlovni amalga oshirsalar, mehnat qilish va daromad toppish sohalarida erkaklar bilan yonma-yon turib muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib boshladilar.
Emansipasiyalashgan ayol aksariyat vaziyatlarda erkaklarga qaramlikning asosiy omili sanalgan moddiy-moliyaviy mustaqillikni qo’lga kiritishga harakat qiladi. Demak, moddiy mustaqillik erishgan xotin-qizlarda o’zgalar fikriga qaramlik, ta‘sirga berilish ehtimoli kamayadi. Ayollar emansipasiyasining salbiy jihatlari uning ijobiy jihatlari bilan parallel holda kechadi. Emansipasiya oilaviy-nikoh munosabatlari zalvorini kamaytirishi, tanlov erkinligini ta‘minlashi natijasida xotin-qizlarning rasmiy nikoh tuzish ishtiyoqi tushib ketdi. Natijada, oila institutining ijtimoiy qadriyati yo‗qotildi. Norasmiy munosabatlarni afzal bilgan g‘arb ayollari oldida farzand dunyoga kelgach uni yolg‘iz tarbiyalab voyaga yetkazish masalasi ko’dalang turib qoldi. Emansipasiyalashgan ayol erkak kishining ko‗magidan bebaxraqolib boshladi. Zero, mustaqil, uddaburon, aqlli, erkin ayol an‘anaviy munosabatlardan kochib, yolg‘iz yashashni afzal biladi. Ammo, farzandlar tarbiyasi, maishiy muammolar, turli hayotiy vaziyatlarda erkak kishining ko’magiga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, ayrim vaziyatlarda keragidan ortiq erkin bo’lgan xotin-qizlar bilan munosabatdan ongli tarzda qochish kuzatiladi. Ushbu muammo doirasida ilmiy tadqiqot olib borgan T.V.Svadbinaning xulosalariga ko‗ra «Xotin-qizlar zimmasidagi «ikki karra yuklama» zalvori, ya‘ni, oila va farzandlar tashvishi hamda kasbiy hayot teng yuritish istagi ular sog‘lig‘ga jiddiy putur yetkazishi, sotsial xulqatvorli ayollar sonini oshishi, ma‘naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimini izdan chiqishiga olib keladi» Shu tariqa birgina ijtimoiy maqomlardagi tafovut «ijtimoiy dekompozisiya» ya‘ni, inson hulqidagi ijtimoiy-siyosiy tanglikni chaqirishi mumkin. S. Lipset ta‘kidlashicha, «bir vaqtda kishining o’zaro nomutanosib ikki ijtimoiymavqyeni egallab turishi ziddiyatli trmush tarzini shakllantirishi va hayot qadriyatlar mazmuniga nisbatan ziddiyatli keskin munosabatni shakllantirishi mumkin».
Uy bekaligi‖ ayollar orasida ko’proq sanoatlashish boshlanganidan keyin paydo bo‗ldi. Ish joylari va yashash manzillari turli masofalarda joylashganligi buning asosiy omilidir. Shu tariqa erkaklar haq to‗lanadigan joylarda ishlab, ayollar esa uy-ro’zg‘or ishlari bilan band bo’lib qoldilar. Uy-ro’zg‘or ishlari to’laligicha ishlamaydigan ayollar zimmasida qoldi. Ayol kishi uyda qanchalik ko’p ish qilmasin, baribir ―ko’rinmas‖ bo’lib qolaveradi, ko’p hollarda tan ham olinmaydi.Shu asnoda asrlar davomida tenglik, erkinlik, mustaqillik uchun olib borilgan ayollar harakati samarasi bir tomondan XXI asrdagi ilg‘or ayollarning o’ziga xos sotsial qiyofasini shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan modernizasiyalashuv jarayoni aksariyat davlatlarda oilaviy turmush tarzi ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida ayollarning hayotiy qadriyatlari ham o’zgardi. A. Gennepning zamonaviy jamiyatlarda inson hayoti siklik rivojlanishi modeliga ko’ra ijtimoiy yetuklik, er-xotinlik va ota-onalik, ijtimoiy maqomning oshishi, kasbiy ixtisoslashish kabi iyerarxik bosqichlarni qamrab oluvchi pillapoyalardan ko’tirilib borishda ayollar erkaklar qatorida ijtimoiy-siyosiy faolligini namoyon etmoqdalar. Shu bois, modernizasiyalash sharoitida inson uchun yaratilgan moddiy-ma‘naviy ne‘matlar taqsimotida o’zning munosib ulushiga ega bo’lib istagi gender nomutanosiblik g‘oyalarini chetlab o’tib iqtisodiymoliyaviy mezonlar asosida ayol va erkak zimmasidagi mas‘uliyatni teng taqsimlaydi. Shu asnoda oilaviy hayot siklining to’rt asosiy bosqichi davomida ayolning erkak bilan teng shartlar va imkoniyatlar asosida zaruriy daromadni birgalikda ishlab topish dolzarblashtiradi. Ushbu zaruriyat esa o’z o’rnida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayollar ijtimoiy mobilligini o‗sishiga turtki beradi. Agarda oila avvallari erning maoshi hisobiga kun kechirgan va aynan erkak uchun hordiq imkoniyatlari yaratilgan bo‗lsa endilikda, er va xotin ikkisi ham karera qiladilar va kun kechirish uchun zaruriy mablag‘ni ishlab topadilar. Zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar erkaklar bilan hech bir to’siqsiz teng shartlar asosida ta‘lim olish, o’z shaxsiy va kasbiy imkoniyatlari, iqtidorni ro’yobga chiqarish imkonini qo’lga kiritdi. Xotin-qizlar o’z ustida ishlashi ularni ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlarida yuqori intellekt sohibiga aylanishi, nufuzli dunyoviy bilim va malakaga ega bo’lish asosida mukammal professionallikka erishdilar.
Ular ayollarning ―tabiiy‖ funksiyalari sanalgan uy xo’jaligini yuritish va farzand dunyoga keltirish professional hayotiga putur yetkazishi mumkinligidan hadiksirab butun umr yolg‘iz yashashi mumkin. Yoki odatda bitta yoki ikkita farzandi tarbiyasini ko’p sonli enagalar va uy xodimlariga yuklanishi natijasida bolalari bilan uzviy muloqotda bo’lmasligi va bolalari bilan ishonchli munosabatlar o’rnatilmasligi mumkin. Bunday ayollarga nisbatan Buyuk Britaniyada ―alfa-ayol‖atamasi qo‗llanilmoqda. Ushbu davlatda yiliga 100 ming funt sterlingdan ko’proq mablag‘ topayotgan ildam ayollar ―alfa-ayollar‖ safiga kiritilib, mamlakatdagi badavlat kishilarning 11,4 foizini xuddi shunday ayollar tashkil qilmoqda. Ayollar borgan sari yetuk yoshda nikohga kirib birinchi farzandini dunyoga keltirmoqda. Ularda avvalo ma‘lum mutaxassislikni mukammal egallab, kasbiy professionallikka erishgach turmush qurish istagi ayollar orasida nikohning o‗rtacha yoshini surilib ketishiga olib keldi. Birgina Yaponiyada bu ko’rsatkich 28 yoshni tashkil etib, birinchi farzand o’rtacha 30 yoshda dunyoga kelmoqda.
Shunday qilib, zamonaviy jamiyatda ham ayol kishi oldida oilayoki ishni tanlash muammosi turar ekan ijtimoiy faol xotin-qizlarniasosan uch turi shakllanib ulgurdi, bular;
1) kasbiy faoliyatga e‘tibor berib, oiladan voz kechgan va farzandlarsiz yashovchi ayollar;
2) oilaviy qadriyatlarga e‘tibor berib, ishdan voz kechgan xotin-qizlar;
3) kasbiy va oilaviy rollarni birgalikda mohirona olib boruvchi ayollar.
Birinchi xildagi sosial vaziyatda ayol kishining turli faoliyatlarga e‘tibori zarurligi ta‘kidlanadi, shu bilan birga, an‘anaviy ayollik faoliyati rad etiladi, hatto befarzandlikka ham ijobiy qaraladi. Bu guruhga mansub ayollar o‗z shaxsiy erkinligi yo’lida bolali bo’lishni istamaydilar (AQShda bu chayldfri (childfree) submadaniyati nomi bilan atalibhozirda ularning 40 dan ortiq t shkilotlari faoliyat yuritmoqda) va ixtiyoriy sterilizasiya qildiradilar. Amerika sog‘liqni saqlash statis tikasi Milliy markazi tadqiqotlariga ko‗ra, AQShda 1982 yilda 2,4%, 1995 yilda 6,6%, 2015 yilda esa 25% ayollar farzand ko’rishni istamay ixtiyoriy sterilizasiya amaliyotini amalga oshirmoqdalar. So’nggi paytlarda ushbu harakat oliy ma‘lumotli ayollar orasida yanada ommalashmoqda. Xususan, Germaniyada xotin-qizlarning 53% oila qurmagan bo‗lsalar, 30% ayollar farzandsiz yashamoqda. Oliy ma‘lumotli ayollarning 49% i farzandsizlikni afzal bilmoqdalar Natijada F.Aryes ta‘biri bilan aytganda g‘arb davlatlarida ―Oila mutlaq emas nisbiy ahamiyatga ega bo’lib qoldi‖ Bir vaqtning o’zida oila va nikoh munosabatlar shakllarining diversifikiyasi kuzatilmoqda. Bunda dunyoning ayrim rivojlangan davlatlarida bir jinsli nikohlar legallashib an‘anaviy oilalar kabi teng yuridik huquqlarga ega bo’lmoqda. Jahon miqyosida 100 ayolga 101,8 ta erkak to’g‘ri kelayotgan zamonaviy davlatlarda bir qarashdan miqdoriy jinsiy nomutanosiblik yo’qdek. Ammo, bir jinslilar orasida ilk nikoh 2011 yida birgina Niderlandiyada qayd etilgan bo’lsa, sharq mamlakatlarining aksariyatida ma‘naviy tubanlik sanaluvchi ushbu nikoh turi 2015 yildan yigirma mamlakatda legallashtirildi. Natijada, birgina Germaniyada ayollar orasida oila (leysbiylik) tuzish 43%ni tashkil etmoqda74. Bu albatta g‘arb sivilizasiyasida asrlar davomida shakllanib kelgan oilaviy qadriyatlar parchalanganligi va avvalo individ manfaatlari birlamchi, daxlsizligini g‘oyasining o’ta ommalashganligi, shaxsiy ravnaq ustuvorligi g‘oyalarning mutlaqlashganligining asoratidir. Shuningdek, er-xotin ikkisi ham ishladigan oilalar soni oshib bormoqda. AQShda 18 yoshgacha farzandi bo‗lgan 65% ayollar ish bilan band. Bu ko‗rsatkich Daniyada 86%, Shvesiyada – 89%ni tashkil etsa, 3 yoshgacha bolasi ishovchi ayollar AQShda 53%, Daniyada – 84%, Shvesiyada -86%ni tashkil etmoqda. Er va xotin ikkilasi ham ishlaydigan oilalar sonini oshib borishi oilaning o‗rtacha daromadini oshishiga olib keladi. Bu kabi oilalarda er va xotin biznes tashabbus yoki karyera qilish uchun yanada keng imkoniyatga egadilar.
Zamonaviy jamiyatda oila mobilligi murakkab texnika bilan jihozlanganligi yanada oshib bormoqda. Xizmat ko‗rsatish sohasining kengayishi ayollarning iqtisodiy mustaqilligi uchun asos yaratdi‖ - deydi P.Shtompka o’zining. Ijtimoiy o’zgarishlar sosiologiyasi‖ asarida. Shu bois, Buyuk Britaniyada 600 ming nafar ayol agar bolalariga kundalik enaga topilsa uy bekaligidan ko’ra ishga chiqishni afzal bilmoqda. Ish bilan band ayollar uyiga kech kirib keladi, ularni magazinda, qo’ni-qo’shnilar bilan birga yurganini deyarli uchratish mushkul. Istiqbolda kunduz kuni do’konda keksalar yoki go’dak bolalari bilan yurgan ayollarnigina uchratish ehtimoli baland. Natijada yoshlar, xususan, xotin-qizlar orasida nikohning legallashmagan ayrim turlari ommalashib, ular rasmiy nikohga nisbatan tomonlar zimmasida mas‘uliyat bo‗lmasligi bilan ma‘qul kelmoqda. Nikohning bu kabi shakllaridan so’nggi paytlarda virtual nikoh ommalashmoqda. Bunday er-xotin butun umr bir birini ko’rmasligi va faqat internet orqali muloqot qilishi mumkin.
Shuni ta‘kidlash lozimki, virtul nikoh yuridik kuchga ega emas. Xitoyda virtul er-xotinlar 50 mingga yetgani aniqlangan. AQShda 2012 yilgacha 19 ming shu kabi nikoh tadqiqot obyekti sifatida o’rganilgan. Rivojlangan g‘arb davlatlarida ayollar o’z shaxsiy ehtiyojlari va manfaatlari, kasbiy yutuqqa erishish, o’z imkoniyati va iqtidorini ro’yobga chiqarish istagida rasmiy nikohdan voz kechib virtual nikoh kabi munosabat turini afzal bilmoqdalar. Bunday holat tabiiyki avlodlar davomiyligini ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko’rsatib, aksariyat holatlarda ayolning farzandlari bilan yolg‘iz qolishi va to’liqsiz oilada ularni tarbiyalab voyaga yetkazish mas‘uliyatini o’z zimmasiga olishiga to’g‘ri keladi. Bunday holat avvalo o’sib kelayotgan yosh avlod dunyoqarashi va qadriyatli mo’ljallari, ma‘naviy-ahloqiy me‘yorlarini izdan chiqishiga olib kelmoqda. Zero, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov bejiz ―insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, birinchi galda, oila bag‘rida shakllanadi.
Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma‘naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir-deya ta‘kidlagan edi. Oqibatda aksariyat rivojlangan davlatlarda nikohdan tashqari tug‘ishlar soni nihoyatda ko‗paymoqda. Misol uchun, AQSh da 1960 yilda turmush qurmagan ayollar taxminan 5 foiz bolalarni foizga o’sdi. 2011 yilda Yevropa Ittifoqining 27 davlati o’rtasida bu ko’rsatkich 37,3 foizga teng bo’ldi. Oila va oilaviy munosabatlar parchalanishi fonida shakllangan ijtimoiy muammolar keskinlashib borarkan rivojlangan davlatlar hukumatlari ushbu muammolar yechimini an‘anaviy oilaviy qadriyatlarni tiklanishiga ko’rmoqdalar. Xususan, qator tadqiqotchilar tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o’rni, oilaviy munosabatlardagi noqulayliklarni bartaraf etishning quyidagi yo’nalishlarini taklif etilmoqda:
1. Patriarxat yo’nalish. Bu yo’nalishda fikr yurituvchilar ozchilikni tashkil etib, ular asosan ayollar mavzuida ayrim muammolarni munozaraga olib chiquvchi yozuvchi va jurnalistlardir. Ularning fikricha, kishilar o’zlarining ―tabiiy‖ xususiyatlari bilan dunyoga keladi, bu xususiyatlarni barbod etish ertami-kechmi jamiyatning buzilishiga olib keladi, bu xususiyatlar, eng avvalo, jamiyat va oilada erkak hamda ayollarning ―tabiiy‖ vazifalariga rioya etishlaridir.
2. Iqtisodiy yo„nalish. Bu yo‗nalish tarafdorlari, asosan, ishlab chiqarishda band bo’lgan ayollar sonini qisqartirish kerak, deb hisoblaydilar. Chunki, ayollar ko‗proq bemor bolalarni parvarish qilish, ug‘ruq ta‘tillariga chiqishlari sababli mehnat jarayonining uzluksizligiga zarar yetkazadilar, natijada ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi.
3.Demografik yo’nalish. Bu yo’nalish tarafdorlari, ayollar, eng avvalo, yangi avlodni dunyoga keltirish vazifasini bajarishlarini targ‘ib qiladilar. Agar muntazam demografik siyosat olib borilmasa, jamiyat taraqqiyoti turg‘unlikka yuz tutadi. Shuning uchun demograflar ham ayollarga beriladigan imtiyozlarni ko‗paytirish, ish soatini qisqartirish, bolaga qarash uchun beriladigan ta‘tilni uzaytirishni taklif etmoqdalar.
4.Egalitar yo’nalish. (egalita – fransuzcha tenglik). Bu yo’nalish tarafdorlari ayollar masalasidagi axloqiy, iqtisodiy yoki demografik muammolarga alohida qaramasdan, balki jamiyatda xotin-qizlarning holati, haq-huquqi ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o’zgarib borishi bilan birga qarab, jarayon axloqiy, iqtisodiy, demografik tomonlariga esa uning bir qirrasi sifatida qaraydilar.
Yuqorida qayd etilgan holatlar oilaviy munosabatlarni quyidagi yo’nalishlarni shakllantirmoqda; birinchidan, an‘anaviy nikoh qaydi o’zgarmoqda, nikoh uchun juftlikni yopiq tizimidan ochiq shakliga o’tish sodir bo’lmoqda; ikkinchidan, hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayt ko’rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat g‘arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga uchramoqda. Ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to’g‘risidagi turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o’nini personalitar funksiyasi yaqqol bo’lgan egalitar munosabatlarga tayanadigan nuklear oila yoki nikohning legallashmagan erkin turlari ommalashmoqda.Ta‘kidlash joizki, butunjahon iqtisodiyot forumi ekspertlari oxirgi besh yilda yuqorida ta‘kidlangan holatlar bo‗yicha reytingni tuzib keladilar. Bunda ular quyidagi mezonlarni hisobga oladilar:
1) mehnatga haq to’lashdagi farq;
2) erkaklar va ayollar daromadlarining nisbati;
3) boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi hamda mehnat bilan mashg‘ul bo’lgan yuqori malakali ayollar soni;
4) ayollarning ma‘lumotlilik darajasi;
5) tug‘ilish, oiladagi hayot sharoitlari va uzoq hayot kechirish bo’yicha farqlar;
6) parlament a‘zolari bo‗lgan ayollar va vazir ayollar soni va boshqalar.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar bo’yicha birinchi o’rinni Islandiya egalladi. Bu mamlakatda jinslar o’rtasidagi farqlarning qisqarishi ko’rsatkichi 85%ni tashkil etayapti. Keyingi o’rinlarni Norvegiya (84%),Finlyandiya (82,6%), Shvesiya (80,2%), Yangi Zelandiya (78,1%), Irlandiya (77,7%), Daniya (77,2%) mamlakatlari egalladi. Vaholanki, jamiyatni modernizasiyalash sharoitida erkak va ayollar o’rtasidagi kasbiy-professional va oilaviy-nikoh munosabatlaridagi tenglik g‘oyalarini zo’r berib targ‘ib qilinsa-da rasmiy ma‘lumotlarga ko’ra ko’p jabhalarda gender tafovut hamon saqlanmoqda. Birgina bo‗sh vaqt taqsimotiga ko’ra ayol uy ishlariga 33,6 foiz, erkaklar 11,3 foiz vaqt sarflaydi. Ayollar sutkada uy ishiga 3 soat, erkaklar esa 0,65 soat sarflaydilar. Bundan tashqari, ayol ham 8 soat mehnat qilib, oilada erkak kabi hordiq chiqarish, madaniy dam olish orzusi bilan yashaydi” Shuningdek, butunjahon iqtisodiy forumi ekspertlari tomonidan tayyorlangan ―Gender gap index» (GGI) hisobotida yozilishcha, erkaklar va ayollar maoshlaridagi farqni tenglashtrish uchun 118 yil kerak bo‗lar ekan. Chunki, ishlovchi ayollarining dunyo miqyosida o’rtacha maoshi 11 ming dollarga teng bo’lgan bir paytda, erkaklarniki esa 21 ming dollardan oshmoqda. So‗nggi o‗n yilda ushbu farq 3 foizga qisqargan, xolos. Mehnat bozorida sezilarli o‗zgarishlar yuz bermadi. 1995-2015 yillarda ishga joylashish bobida gender farqi atiga 0,6%ga kamaydi. Xullas, zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar ijtimoiy faolligining ayolning o’rni va roli haqida gap ketar ekan, bu ijtimoiy voqyelik sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlash zarur.
Hozirda ushbu masalaga oid bahs-munozaralarda bir-biriga zid ikki xil qarash shakllanib ulgurdi: Birinchi yondashuvga binoan ayollar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faol ishtirok etishlari zarurligi ta‘kidlanadi. Bunday pozisiyada turuvchilar aksariyat hollarda ayollar va erkaklarning huquqiy tengligini ularning amaliy tengligi ma‘nosida talqin etadilar. Ikkinchi yondashuv vakillari esa mohiyat-e‘tibori bilan ayollar faoliyatini asosan oilaviy turmush doirasi bilan cheklab qo’yish g‘oyasini ilgari suradilar. Bunda ular o’z qarashlarini «Ayol – oila tayanchi, farzand tarbiyachisi» shiorini ijtimoiy ongga singdirishga harakat qiladilar. Dissertant fikricha, bu qarashlarda ijobiy tomonlar, haqiqat elementlari mavjudligidan qat‘i nazar, ularning har ikkalasi hambir yoqlamadir. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llabquvvatlash, ularni innovasion faoliyatga undash davr talabi bo’lib, bu borada nozik muvozanatni ushlab turish murakkabligicha qolmoqda.Dunyo mamlakatlari aholisining turmush tarzi, milliy-etnik xususiyatlari, globallashish, modernizasiya jarayonlari bilan to’qnash kelgan bir davrda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat va shaxs hayoti barqarorligini ta‘minlash omili sifatida yuqori intellectual yondashuvlar asosida qolla’b-quvvatlanishi esa davr talabi bo’lib qolmoqda.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə