Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma


Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə53/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari – umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tugatgan yoshlarga ular o‘zini-o‘zi ta’minlash mezonlariga erishgunlariga yoki 21 yoshga to‘lgunlariga qadar hamrohlik qiladi. Xizmatlar yoshlarga psixologik-pedagogik yordam berish, o‘z kelajagi uchun mas’uliyatni his qilish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish, ruhiy zarbalarga qarshilik ko‘rsatish, shaxsiy va oilaviy byudjetni rejalashtirish malakalarini rivojlantirish, ishga joylashtirishga ko‘maklashish orqali ijtimoiy himoy qilish va jamiyatga moslashuvini ta’minlaydi. Xizmatlar yoshlarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy, oilaviy va turar joy gigiyenasiga rioya qilish ko‘nikmalarini egallashga ko‘maklashadi.
Oilalarni qo‘llab quvvatlash xizmatlari – og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar va bolalarga 18 oygacha bo‘lgan davr mobiynida yordam ko‘rsatadi. Bu davr ichida oila o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasiga erishishi kerak. Xizmatlar o‘z faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan mexanizmlar bolalarning oilada o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, oilaning ichki munosabatlarida oilaning barcha a’zolari o‘rtasida samimiylikni yo‘lga qo‘yish, bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning bilim darajasini oshirish va ota-onalik ko‘nikmalarini shakllantirish, bolalar va oilalarning muammolarini ijobiy xal qilish usullari bo‘yicha jamiyatga ko‘mak ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni jamiyatga integratsiyalash, ularni jamiyatdan ajratish va boshqa salbiy stereotiplarni bartaraf etish, bolalarning o‘z oilalarida yashash sharoitlarini ta’minlash uchun manfaatdor tashkilotlar hamkorligini tuzish, oilada bolalarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng yaxshi muhitni yaratishga ko‘maklashish, ijtimoiy etimlikning oldini olish va bartaraf qilish uchun boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bolalarning barcha huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi bolalarga yordam beradi.
Qisqa muddatli muqobil parvarish qilish – qisqa muddatli ko‘makka ehtiyoji bor bo‘lgan bolalarni 8 oygacha bo‘lgan muddatga xizmatga qabul qilinadi. Ushbu turdagi muqobil parvarish qilishning asosiy maqsadi bolani o‘z oilasiga reintegratsiya qilish yoki bolaning manfaatlariga eng mos keladigan muqobil yechimni topish.Qarorga muvofiq, yangi xizmatlar Uyushma boshqaruvining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va tegishli hokimliklar bilan kelishgan holda taqsim qilinadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə