Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə16/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Oybekjon -1 — копия

II-BOB. TADQIQOT O‘TKAZISH SHAROITLARI VA USLUBLARI
2.1-§. Tuproq va iqlim sharoitlari
Dala tajribalari 2022-2023 yillarda Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi sharoitida olib borildi.
Tumanning tuproqlari genetik kelib chiqishiga ko‘ra, 2 guruhga bo‘linadi: tipik bo‘z tuproqlar va o‘tloqi bo‘z tuproqlar. Bunday tuproqlar yuqori karbonatli asoslar bilan ta’minlangan. Bunday tuproq eritmasi-ning reaksiyasi kuchsiz ishqorli hisoblanadi[6; 411-414-b.].
Tajriba o‘tkazilgan o‘tloqi bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi o‘rta qumoq, er osti suvlari – 5-6 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, sug‘orish Zarafshon daryosidan “Darg‘om” kanali orqali olib foydalaniladi.
Tuproq ta’rifi. Tajriba dalasining tuproqlarini agrokimyoviy tavsiflash uchun haydov qatlami (0-30 sm) va haydov osti qatlamidan (31-50 sm) tuproq namunalari olinib taxlil qilindi (2.1-jadvalga qarang).
Tuproq qatlamlarida tegishlicha gumus miqdori 1,22; 1,10; yalpi azot 0,12; 0,08; yalpi fosfor 0,20; 0,16; yalpi kaliy 2,51; 2,30 foiz, harakatchan azot 16,6; 11,4, fosfor 21,8; 13,4; kaliy 230; 198mg/kg tuproq profili bo‘ylab pastga tushgan sari bu miqdorning kamayishi kuzatildi.
Tuproq suvli so‘rimining muhiti deyarli neytral yoki kuchsiz ishqoriy rN = 7,1 - 7,2. Tuproq singdirish sig‘imi 13,4 - 13,6 mg. ekv / 100 g tuprokda. Singdirilgan kationlarning 70,1 foizi Sa2+, 23,9 foizi Mg2+, 6,0 foizi K+ kationiga to‘g‘ri keldi. Singdirilgan asoslar miqdori tuproqning haydov osti qatlami chuqurlashgan sari ortib borishi qayd qilindi. Tajriba dalasi tuproqlarining mexanik tarkibini tahlil qilishda tuproqning 0-30, 31-50 sm qatlamlaridan olingan namunalaridan foydalanildi.
2.1 - jadval
Tajriba dalasi tuproqlarining agrokimyoviy xossalari



Tuproq tipi, o‘zlashtirish davri va madaniylash-ganligi

Namuna olingan qatlam, sm

Gumus%

Yalpi miqdori, %

Harakatchan miqdori, mg/kg

Tuzlar tarkibi,%

Azot

fosfor

kaliy

N-NO3

P2O5

K2O

quruq qoldiq

Cl

SO4

Eskidan sug‘oriladigan, o‘rtacha madaniylashgan, o‘tloqi – bo‘z tuproq

0-30

1,22

0,12

0,20

2,51

16,6

21,8

230

0,142

0,016

0,045

31-50

1,10

0,08

0,16

2,30

11,4

13,4

198

0,136

0,012

0,041






Yuqori 0 – 30 sm qatlamda (<0,01 mm) fizik soz zarralarning miqdori o‘rtacha 52,4 foiz, 31–50 sm qatlamda esa 50,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha qumoq ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, tuproq tarkibida loyqalar miqdorining 0 – 25 sm qatlamda ko‘p bo‘lishi tuproq tarkibida gumus, azot va boshqa elementlarning ko‘p ekanligini ko‘rsatdi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə