Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


-§. Oqbosh karam biologiyasi, morfobialogiyasi, nav va duragaylari hamda ularning tavsifi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə15/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Oybekjon -1 — копия

1.3-§. Oqbosh karam biologiyasi, morfobialogiyasi, nav va duragaylari hamda ularning tavsifi
Oqbosh karam dunyoning ko‘pgina mo‘tadil iqlimli hududlarida asosiy [90; 564–569-b.], vitaminga boy parxezbob [233]; [234]; [235]; [236]; [237] va yuqori daromadli sabzavot sifatida ko‘plab yetishtiriladi. SHu bois uning yuqori hosildor, turli muddatlarda ekishga yaroqli navlarini yaratish ustida olimlar yillar davomida izlanishda bo‘lib kelgan.
Har qanday sabzavot ekinidan yuqori va sifatli hosil olishda u qaysi muddatda va qanday tuproq sharoitida yetishtirilishidan qat’iy nazar, navni to‘g‘ri tanlay bilish hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Bu borada L.N.Ezepchuk [36; 3–11-b.], S.V.Koroleva , A.A.Nazarenko, A.N.Ignatova, S.S.Lapasov [56; 340-343-b.] kabi ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqotlarida har bir navning biologik potensiali va uni ma’lum sharoitlardagina maksimal ifodalanishi to‘g‘risida muhim ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.
Bu borada G.A. Kostenko, G.F. Monaxos, A.N. Xovrinlarning [51; 26–28-b.] oqbosh karamning yangi va duragaylarini sinash bo‘yicha tajribalari ahamiyatga molikdir. Sinov natijalarining ko‘rsatishicha, nav va duragaylarning hosildorligi gektaridan “Bomond Agro” – 100–120 t; “Kupidon” – 90–118 t; “Flibuster” – 75–119 tonnani tashkil qilgan va bu duragaylar kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turgan.
Eng yaxshi navlarni ajratish bo‘yicha V.A.Borisov, I.I.Virchenko, A F.Razin va boshqalar [23; 22–28-b.] Moskva oblasti sharoitida tadqiqot olib borishgan. O‘rganilgan 18 ta nav va duragaylar orasidan ushbu mintaqa uchun Bomond-Agro, Kvartet, Kilaton, Gersoginya, Prestij kabi nav-namunalar eng istiqbolli deb topilgan.
N.N. Borovikova [24; 3–11-b.] Butunrossiya sabzavotchilik ilmiy- tadqiqot institutida kechpishar karam duragaylarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarida umumiy moslashish qobiliyati bo‘yicha qimmatbaho seleksion xususiyatga ega “Ramada”, “Aros”, “Donar” duragaylarini aniqlagan. Ular ko‘pchilik belgilari, ayniqsa, hosildorligi bo‘yicha nazorat “Kryumon” navidan yuqori bo‘lgan. YAratilgan istiqbolli duragaylardan gektaridan 54,6–62,5 rubl sof daromad olingan, mahsulot tannarxi 0,2–0,6 ming rub/ga. ga pasaygan, rentabellik darajasi 10 foizga oshgan.
V.P. Koksharov, G.M. Teslenkolar [47; 18–19-b.] Sverdlovsk oblasti sharoitidi oqbosh karamning yangi duragaylarining hosilini yangiligida iste’mol qilish, tuzlash, saqlash bo‘yicha yaroqlilik ko‘rsatkichlarini uzoq (2001–2009 yy.) yillar davomida taqqoslab o‘rgangan.
G.A. Kostenko, G.F. Monaxoslar [52; 23–24-b.], seleksiya ishini boshlashdan oldin oqbosh karamning modelini belgilab olganlar. U o‘suv davri 120–125 kun, tupining diametri 60–65 sm, karambosh vazni 3–4 kg, dumaloq yoki yassi-dumaloq shaklda, zichligi va ta’mi 4,5–5 ball, fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamli, yangi va tuzlanganda yaxshi va a’lo baholarga ega bo‘lishi kerak deb ta’kidlaganlar.
V.A. Maslov [62; 3–6-b.] bir nechta karam navlari ko‘chatlarini yoshi va ildiz tizimini rivojlanganligini aniqlab, ekib olingan hosildorlik bilan taqqoslagan. “Kudesnitsa” navi ko‘chati yoshini 25 kungacha kamaytirib ko‘chat bosqichida ildiz hajmi 150 sm3 gacha oshirilganda hosilni barvaqt yig‘ishtirish imkoniyati tug‘ilgan. Uning o‘suv davri 81–100 kun bo‘lgan bo‘lsa, “Nika” duragayi nihollar yoppasiga paydo bo‘lgandan karambosh texnik etilguniga qadar 89–118 kunni tashkil qilgan.
V.A. Sapega [81; 17–19-b.] SHimoliy Zauralya sharoitida oqbosh karam navlari va duragaylarining hosildorligi, moslashish parametrlarini o‘rgangan. Kuchli genotipni belgilangan muhitdagi o‘zaro munosabatlari, hosildorlikni turlicha bo‘lishi, ko‘pchilik navlar va duragaylarni intensivligi baravariga pasayganligini qayd etgan.
N.A. Potapov, R.R. Galeev, S.S. Potapova, E.V. Rogovalar [77; 16–18-b.] G‘arbiy Sibir sharoitida oqbosh karamning yangi tezpishar duragaylari va nav namunalarini yetishtirish bo‘yicha maxsus tajribalar o‘tkazganlar. Ertagi karam ko‘chatlari 70x35 sm sxemada iyun oyining birinchi dekadasi oxiri- 2- dekadasining boshida ekilgan. Mualliflar tadqiqotlar natijalariga asoslanib quyidagi: G‘1 “Pandion” – 49 kun, hosildorligi 57,9 t/ga va G‘1 “Green Flesh” – 56 kun, hosildorligi 63,8 t/ga bo‘lgan ertapishar duragaylarini ekishni tavsiya qilganlar.
Ozarbayjonda “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va “Zolotoy gektar– 1432” navlaridan ertagi muddatda yuqori hosil olindi, ammo ularning ko‘chatini tayyorlash uchun talab etiladigan parniklarga katta mablag‘ sarflandi, deb yozadi R.D. Almasker [12; 27-b.].
V.A. Denisov [35; 18–19-b.] Rossiyaning janubiy hududlarida oqbosh karamni noqoratuproqli erlarda ekib yetishtirib, iyun oyida hosil olish uchun karam ko‘chatini tayyorlashda urug‘ini aprel oyining 1-dekadasida oziqali stakanchalarga ekib, zarur sharoitni yaratgan. Ko‘chatlarda 4–5 dona chinbarg hosil bo‘lganda, may oyining boshlanishida ochiq maydonga 70x25 sm sxemada ekib, ustiga metall karkas o‘rnatib, shaffof plyonka qoplangan, issiq kunlar boshlanganida uni yig‘ishtirib olingan.
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida oqbosh karamni ko‘chatsiz etishtirishda konveyer usulini qo‘llab, yangi duragaylar va navlarni urug‘larini dalaga ekib, hosilini yig‘ishtirishning eng maqbul muddatlari bo‘yicha muhim tavsiyalar keltirilggan .
A.N. Xovrin, O.A. Elizarovlar [101; 19–21-b.] xabar berishicha, “Poisk” seleksion urug‘chilik kompaniyasi tomonidan oqbosh karamning quyidagi duragaylari yaratilgan: G‘1 “Flibuster”– kechpishar (120–130 kun), karambosh vazni 2,8–3,6 kg, fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamli; G‘1 “Bomond-Agro” – kechpishar (130 kun), karambosh vazni 3,5–4 kg, hosildorligi 51,3–74,6 t/ga, fuzarioz kasalligiga chidamli G‘1 “Kupidon” (130 kun), karambosh vazni – 3,0– 3,6 kg, hosildorligi 53,3–64,0 t/ga.
Karamning ertapishar navlari (“Iyunskaya”, “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va boshqalar) nihollari hosil bo‘lganidan 105–115 kundan so‘ng, o‘rtapisharlari (“Slava Gribovskaya–231”, “Slava–1305” va h.k) 130–150 kundan so‘ng, o‘rtacha kechpisharlari – 140–170 va kechpisharlari (“Belosnejka”, “Kashirka–202”, “Zimnyaya Gribovskaya–13” va h.k.) 160–180 kundan so‘ng karamboshi etiladi, deb yozadi YA.X. Pantielev .
L.S. Bakulev va boshqalarning, xabar qilishlaricha, oqbosh karam navlari kolleksiyasini Amudaryoning quyi o‘zani sohillarida sinab ko‘rilganida, ertapishar – “Zolotoy gektar”, “Ditmarskaya”, o‘rtapishar – “Slava–1305”, “Enkgoyzdeen”, “Syuksashen”; kechpishar – “Savinskaya”, “Pozdnyaya Gollandskaya” va “Mojarskaya” navlari tuproq sho‘riga eng chidamliligi aniqlangan.
S.F. Timofeevaning [94; 55–61-b.] xabar berishicha, Astraxan oblastida pishish muddati bo‘yicha karam navlari uch guruhga ajratilgan. Ertangi muddatda ekish uchun o‘suv davri 90–100 kun bo‘lgan “Ditmarskaya” va “Nomer pervыy Gribovskiy–147” navlarini ekish tavsiya qilingan.
Rossiyaning mo‘tadil iqlimli hududlarida karamning “Rusinovka”, “Stolichnaya”, “Krasnodarskaya–1”, “Sudya–146”, “Urojaynaya”, hosili 140–180 kunda yetiladigan kechpishar “Amager–611”, “Biryuchekutskaya–138”, “Kryumon”, “Xarkovskaya zimnyaya” kabi navlari keng tarqalgan .
N.V. Belov [119; 81–83-b.], O. Ganichkina, A. Ganichkinlar [121; 130–137- b.] ma’lumotlarida, oqbosh karamning nav va duragaylarini qisqacha tasniflarini keltirganlar. Biz ularni faqat nomlarini keltirish bilan chegaralanamiz, ertapishar nav va duragaylar: F1 “Transfer”, F1 “Dyuma”, “Iyunskaya”; o‘rtapishar: F1 “Menza”, “Podarok”; kechpishar: F1 “Kryumon”, F1 “Jeneva”, F1 “Aros”, “Tyurkiz” va “Amager–611”.
V. Dыnko [123; 153–154-b.] Rossiyada oqbosh karamning eng ko‘p ekiladigan navlari sifatida quyidagilarni yozadi: “Belorusskaya–85, “Amager–611”, “Nadejda”, “Slava–1305” hamda ertagi navlar – “Iyunskaya”, “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va juda ertapishar – “Transfer” F1.
A.T. Tarasenko, O.YA. Juklarning [92; 22–23-b.] xabar berishicha, Ukrainada ko‘p ekiladigan oqbosh karam nav va duragaylari quyidagilar: ertapishar – “Ditmerskaya” F1 va “Iyunskaya”; o‘rtapishar – “Slava–1305”; o‘rtagi kechki va kechki – “Stolichnaya”, “Amager–611” va “Xarkovskaya zimnyaya”. V.A. Bakulina [13; 14–15-b.]
M.K. Bondarenko, N.N. Xoroshix, N.I. Tixonovlar [21; 25–28-b.] Moskva oblastida karam navlari hosilini mexanizatsiya yordamida terishga yaroqliligini o‘rganib, 10 yillik tajribalariga asoslanib, quyidagi navlarni kombaynda terishga loyiq deb topdilar: “Langendeyker dauer”, “Bartolo”, “Detsema”, “Laris”, “Dauervays”, “Start Vinter”, “Tyurkiz”, “Zimovka–1474”, “Amager–611”, “Xarkovskaya zimnyaya”.
Moskva oblasti Romensk rayonida karam hosilini yig‘ishtiradigan UKM–2 rusumli kombaynni sinaganlarida oqbosh karamning quyidagi: “Amager–611”, “Xarkovskaya zimnyaya” va Gollandiya navlaridan “Bevama”, “Bartolo”, “Dauervays” navlari va duragaylari hosilni kombaynda yig‘ishtirishga moyil bo‘lib chiqgan .
I.I. Tarasenkov [93; 7–8-b.] ma’lum qilishicha, Rossiyaning Biryuchekutsk sabzavotchilik seleksion tajriba stansiyasida karamning issiqqa chidamli “Bagaevskaya”, “Biryuchekutskaya–138” va “YUjanka–31” kabi yangi navlari yaratilgan va Davlat reestriga kiritilgan.
S.P. Sidorenko, V.G. Kolodkinlarning xabar berishicha, Primorya sabzavotchilik tajriba stansiyasida oxirgi yillarda oqbosh karamning mahalliy sharoitga moslashgan “Xutorok”, “Knevichanka”, “Artemovka”, “Sotka” navlari yaratilgan va Davlat reestriga kiritilgan.
Qator olimlarning ta’kidlashicha, Rossiya sharoitida ekish uchun Rossiya Federatsiyasi Davlat reestriga ko‘plab olimlar tomonidan turli yillarda (1994–2014 yy.) oqbosh karam yetishtirish uchun ertapishar va o‘rtacha ertapishar – “Transfer” G‘1, “Skorospelska”, “Iyunskaya”, “Nomer pervыy Gribovskiy– 147”; o‘rtagi – “Belorusskaya–455”, “Nadejda”, “Slava–1305”, “Slava Gribovskaya”, F1 “Favorit”; kechpishar – “Voljanka–9”, “Amager–611”, “Moskovskaya pozdnyaya”, F1 “Saratoga” va boshqa nav hamda duragaylar kiritilgan [97; 146–147-b.].
E.G. YAstrebova [107; 8–9-b.] Rossiyaning Telman xo‘jaligida 172 gektar maydonga oqbosh karam ekib, har gektaridan o‘rtacha 60,2 tonnadan hosil olgan, bunda 1 kg mahsulotning tannarxi 1,09 rubl bo‘lib, rentabellik darajasi 50 foizni tashkil qilganligini ma’lum qilgan.
V.F. Pivovarov, V.I. SHmal, V.A. Bakulina, S.M. Nosovalarning [138; 21-b.] ma’lum qilishicha, Rossiyada so‘nggi 50 yilda oqbosh karamning “Podarok”, “Slava–1305”; keyingi 20 yilda “Kryumon”, “Kolobok”, “Ekstra”, “Monarx” hamda barcha hududlar uchun tavsiya etilgan ertapishar – F1 “Malaxit”, F1 “Start”; o‘rtagi kechki – F1 “Favorit”, F1 “Sirius” kabi duragay va navlari yaratilgan. F1 “Romada” va F1 “Apton” chet el duragaylari fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamliligi bilan dehqonlarda qiziqish uyg‘otgan.
Uzoq sharq o‘lkasida joylashgan Primore sabzavotchilik tajriba stansiyasida ko‘p yillik seleksiya ishlari natijasida karamning 2 ta istiqbolli o‘rtacha kechpishar: “Artemovka” va “Sotka” navlari yaratilgan. Muallif L.I. Voytenkovaning [29; 10-b.] yozishicha, ularning hosildorligi mos ravishda gektaridan 62 va 83,5 tonnani tashkil qilgan. Dog‘iston uzumchilik va sabzavotchilik seleksiyasi tajriba stansiyasida E.U. Kamilova, Z.K. Kurbanovalar [43; 22-b.] karamni ertapishar “Ofeliya”, o‘rtapishar “Samur–2” va “Goryanka” navlarini yaratgan.
A.P. Zvedenyuk, V.I. Kazakular [38; 25–27-b.] Moldovada oqbosh karamning “Moldavanka”, “Zavadovskaya”, “Volna”, “Slava–1305”, “Iyunskaya” navlari keng tarqalganligi va katta maydonlarda ekilishi to‘g‘risida xabar qilgan.
Rossiyada K.A. Timiryazev nomli Qishloq xo‘jalik akademiyasining N.N. Timofeev nomli Seleksion stansiyasida karamning juda ertapishar – “Ekspress” F1, kechpishar – “Valentina” F1, “Favorit” F1 va “Nika” F1 duragaylari yaratilgan, ularning hosildorligi gektaridan 120 tonnagacha etishi ta’kidlangan [64; 29-b.].
S.D. Lыsogorov [59; 303–304-b.], A.D. Djaxangirov, V.P. Kuzmishev, N.A. Kravsovning xabar berishicha, Rossiyada yetishtiriladigan karam navlarining hosildorligi navlarga bog‘liq ravishda ertapishar – “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va “Iyunskaya” navlarida 70 tonnagacha; o‘rtapishar – “Slava–1305”, “Slava Gribovskaya” va “Podarok” navlariniki 90 tonnagacha; kechpishar – “Amager–611” va “Moskovskaya pozdnaya–15” va boshqalarniki 100 tonnagacha boradi.
N.N. CHernыsheva [102; 174–175-b.] oqbosh karamni jahon kolleksiyasiga mansub 97 ta nav namunalarini o‘rganib, hosildorligi, ertapisharligi, tovarligi va boshqa ko‘rsatkichlari bilan quyidagi namunalarni ajratib olgan: “Rusinovka” navi hosildorligi gektaridan 143,1 tonna; “Hitoma” F1, “Datskoy”, “Marcer Sepco” va “Amager–611” navlari hosildorligi o‘rtacha – 129,4 tonna; “Fudzi” naviniki–138,0 tonnani tashkil etgan.
Yu.F. Palkina, I.M. Mokshonovalar [70; 21-b.], Rossiyaning Irkutsk oblastida ochiq va himoya qilingan erlarda etishtirish uchun oqbosh karamning “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va “Iyunskaya”, “Kazachok”, “Malaxit”, “Solo”, “Start”, “Atleta”, “Parel” kabi nav va duragaylarini ekish tavsiya etilganligi to‘g‘risda xabar berganlar.
Z.K. Kurbanova, K.D. Pulatovalarning ma’lum qilishicha, Rossiyaning Dog‘iston seleksion tajriba stansiyasida yaratilgan karamning kechpishar “Ofileya” va “Goryanka–5” navlariga 2004 yilda mualliflik guvohnomasi olingan. “Lezginka” navi 2007 yildan boshlab Davlat nav sinovidan o‘tmoqda. Ushbu ertapishar navlarning hosildorligi gektaridan 31,2–32,0 tonna bo‘lib, nazoratdagi “Derbent” yaxshilangan mahalliy naviga nisbatan 10,0–10,6 tonnaga yuqori bo‘lgan.
Primorya o‘lkasida karamning “Knevichanka”, “Vyuga”, F1 “Amtrak” va F1 “Saratoga” nav va duragaylari o‘tloqi-qo‘ng‘ir, o‘rtacha qumoq tuproqlarida ekib sinalganda nav va duragaylar bo‘yicha gektaridan olingan o‘rtacha hosildorlik muvofiq ravishda – 44,7–54,8; 43,7–53,7; 34,5–43,8 va 40,5–47,1 tonnani tashkil qilgan [80; 8-b.].
V.I. Starsev, L.L. Bondareva, A.F. Kildyaevlar [91; 27–29-b.] tomonidan oqbosh karamdan konveyer usulida yil davomida hosil olish uchun turli muddatlarda etiladigan 15 ta nav va duragaylarini ekib sinalganda, ular ichidan ertapisharligi va hosildorligi bo‘yicha “Avrora” F1, “Snejinka” F1 va “Parus” F1 duragaylari ajralib chiqqan.
A.D. Nemirov va N.A. Nemirovlarning [67; 10–11-b.] xabar berishicha, Rossiyaning Kurgan oblastidagi “Kartofel” aksiyadorlik jamiyatida oqbosh karamning ertapishar – “Morris”, o‘rtacha ertapishar – “Perfektu” va o‘rtacha kechpishar – “Lenoks” va “Amtrak” navlarini dalaga bevosita urug‘i bilan ekib, o‘rta-ertapishar “Xarrikeyn” navi bilan taqqoslab sinaganlar.
S.M. Sirota [83; 23-b.], L.M. Golenevaning [31; 25–26-b.] fikricha, Moskva oblastida oqbosh karamdan konveyer usulda mahsulot ishlab chiqarish uchun ularning kompleks belgilari bo‘yicha tavsiya qilingan duragaylar quyidagilar: ultratezpishar – “Etna”, “Rezistor”, “Marketo”; juda ertagi – “Pruktor”, “Grenadier”; ertapishar – “Manama”; o‘rtacha ertapishar – “Ramko”; o‘rtapishar – “Pegas”, “Latima”, “Santarino” va kechpishar – “Scaner”, “Mararhon”. Bu duragaylar dalaga ko‘chat ekilgandan boshlab 50 kundan 150 kungacha etiladi va yuqori hosil olishni ta’minlaydi. V.F. Pivovarov [73; 5–6-b.], V.F. Pivovarov, L.K.Gurkina Butunrossiya sabzavot ekinlari seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan oqbosh karamning o‘rtacha kechpishar “Parus” navi 2004 yildan boshlab ekish uchun tavsiya qilinganligini ma’lum qilgan. Tarkibidagi qand miqdori 3,6 foizgacha etadi,.bevosita ochiq dalaga urug‘i bilan eksa bo‘ladi.
Informatsion va tahlil saytida “Poisk” kompaniyasi Rossiya seleksiyasiga mansub, chet el duragaylaridan qolishmaydigan yangi oqbosh karam duragaylarini joylagan. Ular G‘1 “Universo”, G‘1 “Flibuster”, G‘1 “Garant”, G‘1 “Idilliya”, G‘1 “Bomond-Agro”, G‘1 “Flagman”, G‘1 “Arktika”, G‘1 “Freylina”, G‘1 “Lotsman”, G‘1 “Zastolnыy”. Ular uzoq muddat saqlashga va yangiligida iste’mol qilishga mo‘ljallangan hamda fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamli hisoblanadi [26; 10–11-b.].
Dog‘iston Respublikasida oxirgi yillarda oqbosh karamning “Samur– 2”, “Ofileya” va “Goryanka–5” navlari yaratilgan hamda istiqbolli “Nagaoka Xaruxikari”, “Sekine”, “Spiko A” navlari va F1 “Genri” duragayi ajratib olingan .
V.A. Koltunov, A.S. Bolotskix, M.A. Sklerevskiy va boshqalar [6; 34 b.]; A.S. Bolotskix; A.S. Bolotskix,
A.L. Kravets [20; 35–37-b.]; T.V. CHernishenkoning ma’lumotlarida Ukrainada oqbosh karamni etilish muddatiga qarab eng ko‘p ekiladigan navlarini bayon qilganlar.
Krasnodar sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutida seleksiya ishlari natijasida karamning issiqqa chidamli “Sudya”, “Krasnodarskaya–1” va issiqqa chidamsiz, yaxshi saqlanadigan “Kvartet”, “CHarodey”, “Kryumon” navlari sinalgan va biokimyoviy ko‘rsatkichlari tekshirilganda oldingi olimlarning fikrlari tasdiqlandi,
V.V. Skorina [85; 357–367-b.] Belorussiya Respublikasi Davlat nav sinash uchastkasida turli tuproq-iqlim sharoitida oqbosh karamning turg‘un xo‘jalik qimmatli belgilari bo‘yicha 6 ta nav sinash maydonlarida 24 tadan 39 tagacha hammasi bo‘lib 181 ta genotip bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazgan.
L.I. Uralets, O.N. Vishnevskayalar [100; 357–358-b.] yozishlaricha, Pridnestrovya Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida karamning o‘zi bir-biriga qo‘shilmaydigan 5 ta tizmasidan 100 dan ortiq (regenerantlar) qayta tiklanadigan namunalar olganlar.
M.N. SHapturenko va boshqalar [106; 391–394-b.] tomonidan Belorussiya genetika va sitologiya institutida hamda Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutida oqbosh karam kolleksiyasi molekulyar va klassik genetika usullarida o‘rganilganda, istiqbolli (“Teziuer” F1, “Alfredo” F1, “YUbileynыy”, “Semko” F1, “Rotonda” F1) namunalari ajratib olindi va ulardan geterozis yaratish uchun seleksiya jarayonida foydalaniladi.
V.N. Lukenets, N.A. Kiselyova [58; 78–83-b.] Qozog‘istonda oqbosh karamning rayonlashtirilgan “Belosnejka”, “Podarok”, “Biryuchekutskaya– 138”, “Nadejda” va “Sudya–146” navlarini hamda rayonlashmagan “Amager– 611”, “Zavadovskaya” va “Xarkovskaya zimnyaya” navlarini hosildorligi, karamboshlarini saqlanishi, elita va super elita urug‘chiligini o‘rgangan.
P.L. Goncharov, N.P. Goncharov [32; 3–12-b.]; N.N. CHernыsheva; N.N. CHernыsheva, E.V. Kashnova ma’lumotlarida jahon kolleksiyasi (VIR), Rossiya va boshqa davlatlardan olingan 4959 ta namunalar 16 yil davomida o‘rganilishi natijasida oqbosh karamning 3 ta nav va 1 ta duragayi yaratilgan hamda seleksiya ishlari natijasida 814 ta yangi duragay kombinatsiyalari olingan. O‘rganilgan materiallardan foydalanib “Final”, “Florina” navlari va G‘“Talisman” duragaylari yaratilgan.
M.M. Krasnikov [53; 11–16-b.]; O.M. Soboleva, V.D. Kalinichenko; N.V. Kurganskaya, M.E. Manankov, V.D. Kalinichenko; N.S. Isakov, G.J. Ospanova; M.E. Manankov, E.P. Ivanova, SH.SH. Bekenova ma’lumotlarida, Qozog‘iston sharoitida kechki muddatlarda ekilgan oqbosh karamning sug‘orish tartiboti, ekish sxemasi va urug‘ sarflash me’yorlari ishlab chiqilgan. Qatorlab (70 sm) ekilganda karamboshning o‘rtacha vazni – 3,5 kg, lentasimon usulda ekilganda – 3,8 kg va o‘simlik tor qatorga (50 sm) joylashtirilganda – 1,8 kg bo‘lgan.
S.S. Litvinov, V.A. Ludilovlar [57; 296–297-b.] Butunrossiya Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutida oqbosh karamning: “Kolobok”, “Monarx”, “Ekstra”, “Ekspress”, “YUbileynыy–217”, “Kryumon”, kabi geterozisli duragaylari yaratilganligini ma’lum qilganlar.
A.M. Abbosov [9; 21 b.], O.Q. Qodirxo‘jaev, M.M. Muhamedovlar [108; 52–56-b.] O‘zbekistonda oqbosh karamning quyidagi navlarini ekish yuqori samara berishini bayon qilgan: “Apsheronskaya ozimaya”, “Ashxabadskaya”, “Derbentskaya mestnaya”, “Iyunskaya”, “Navruz”, «Saratoni», “Tashkentskaya– 10”, “Sudya Uzbekskiy”, “Uzbekistanskaya–133” va boshqalar.
V.I. Zuev, A.A. Umarov, A.K. Kadыrxodjaevlar [41; 130–136-b.]; X.CH. Buriev, V.I. Zuev, O.Q. Qodirxo‘jaev, M.M. Muhamedovlarning tavsiyalariga ko‘ra, oqbosh karamning “Navro‘z”, “Iyunskaya”, “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va “Parel” F1 kabi tezpishar navlari va duragayini ertagi muddatda ekish yuqori hosildorlikni ta’minlar ekan.
Adabiyotlarda O‘zbekiston hududida yetishtirish uchun har xil muddatlarda ekiluvchi ertapishar “Iyunskaya”, “Nomer pervыy Gribovskiy– 147”, “Parel” F1, “Navro‘z”, “Derbentskaya mestnaya”; o‘rtacha ertapishar – “Apsheronskaya ozimaya”; o‘rtapishar – «Saratoni», “Toshkent–10”; o‘rtacha kechpishar – “Ashxabadskaya”, “O‘zbekiston sudyasi”, “O‘zbekiston–133” va boshqa ko‘plab nav va duragaylar tavsiflangan [3114; 319–330-b.], [39; 31–34-b.], [5; 30 b.].
T.E. Ostonaqulov [69; 367–369-b.] O‘zbekistonda ko‘p ekiladigan oqbosh karamning navlarini quyidagicha ta’riflagan: tezpishar – “Nomer pervыy Gribovskiy–147”, “Iyunskaya”, “Derbentskaya mestnaya uluchщennaya”, “Apsheronskaya ozimaya”, “Navro‘z”; o‘rtapishar – «Saratoni», “Toshkent–10”, Termez–2500; o‘rtacha kechpishar – “O‘zbekiston–133”, “O‘zbekiston sudyasi”; kechpishar – SHarqiya–2.


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə