Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə13/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Oybekjon -1 — копия

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Rayonlashtirilgan va istiqbolli oqbosh karamning nav va duragaylari ertagi muddatda asosiy ekin sifatida o‘stirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganildi, hosilni shakllantirish xususiyatlari aniqlandi.
Ishning tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, 4 ta bob, xulosalar, ishlab chiqarishga tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Hajmi 100 bet, 12 ta jadval, 1ta rasm bilan bezatilgan.
Maqola chop etish.2 ta ilmiy maqola va 1ta tezis chop etildi.


I-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1-§. Oqbosh karamning ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va dunyo sabzavotchiligida tutgan o‘rni
Sabzavot ekinining bu turi butgullilar (Cruciferae) yoki karamdoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub oddiy yoki oqbosh karamdir. Oqbosh karam ikki yillik o‘simliklardir.
Karamlarning tarkibida oziq moddalar unchalik ko‘p emas, lekin mineral tuzlar va vitaminlar, ayniqsa «S» vitamin manbai hisoblanadi.
Oddiy (oqbosh) karam tarkibida oziq moddalar va vitaminlar kam. Oqbosh karam ovqatga yangiligicha va tuzlangan holda ishlatiladi.
Karamning xo‘jalik-ishlab chiqarish jihatdan eng ahamiyatlisi va keng tarqalgan turi oqbosh karam hisoblanadi. U karam ekilgan jami maydonning 98-99 % ini, umumiy sabzavot ekinlar maydonining dunyo bo‘yicha 25-30, O‘zbekistonda esa 12-15 % ini egallaydi.
Karamning vatani Evropaning O‘rta er dengizi sohillari hisoblanadi. Karam juda qadimiy ekin. U rimliklar va qadimiy greklarga azaldan ma’lum bo‘lgan. Hatto, IX-X asrlarda Markaziy va SHarqiy Evropada yashagan slavyan qabilalari ham bilishganlar.
Hozirgi vaqtda karam juda keng tarqalgan sabzavot ekini bo‘lib, u tropik mintaqadan tortib Qutb doirasigacha ekiladi. Dunyoda 2,4 mln. gektar maydonga ekilib, 71,4 mln. tonna yalpi hosil yetishtiriladi. SHuning yarmiga yaqini (32,3 mln. t) Xitoyda, qolganlari Hindiston, Rossiya, Koreya, YAponiya, AQSH va boshqa davlatlarda o‘stiriladi. Karam Rossiyada 111 ming gektariga ekiladi. Dunyoda hosildorlik 29,2 t/ga. Eng yuqori hosildorlik Kipr (132,7 t/ga), Kolumbiya (67,5 t/ga), Irlandiya (67,1 t/ga) olinadi. Rossiyada karambosh ekinlar hosildorligi 29,9 t/ga bo‘lib, 3,3 mln. tonna yalpi hosil yetishtiriladi.
Oddiy karam (Brassica capitata Lizg.) hayotining birinchi yili karambosh, ikkinchi yili esa gulpoya chiqarib gullaydi va urug‘ beradi. Ko‘chat o‘tqazilgach, undan past bo‘yli (15-30 sm) yo‘g‘on va serbarg o‘zak hosil bo‘lib, uning uchida karambosh shakllanadi.
Karamboshi yirik va serbargli o‘zakdan iborat. Barglar yirik, bandli (tup pastki qismida) yoki bandsiz, turli shaklda va yashil rangda bo‘lib, usti zangori rangdagi mum g‘ubor bilan qoplangan.
Karam boshida juda katta uchki kurtak joylashgan bo‘lib, undan kelgusida gulpoya va meva organlari hosil qilishda sarflanadigan zapas oziq moddalar to‘plangan bo‘ladi. Karam bosh o‘rashi tezpishar navlarda 10-14, kechpishar navlarda 15-20 ta erkin yashil barglar hosil bo‘lgach (ekilgandan 2,5-3 oy o‘tgach), yangi paydo bo‘layotgan barglar yarim bukilgan holda qolaveradi. Bu o‘simlikning bosh o‘ray boshlashidan dalolat beradi. Karam boshining keyingi o‘sishi ichki yangi barglar hosil bo‘lishi evaziga borib, ichki barglar tashqi barglarni atrofga itarishi tufayli karam boshi qattiqlashib, zichlashib boradi.
Karam boshining zichlashishi uning texnik pishish belgisidir. Ba’zan ichki paydo bo‘layotgan barglar kuchli itarish tufayli karam boshlari yorilib ketadi. Karam boshlarining ichki barglari qorong‘iliqda o‘sadi. SHuning uchun ular rangsiz oppoq, ushlab ko‘rilganda mayin va mazasi yaxshi bo‘ladi. O‘simlik tubidagi erkin hamda karam boshining sirtqi yashil barglari naviga qarab o‘simlikning 15-35 % vaznini tashkil etadi. O‘simlik hayotining birinchi yili hosil bo‘ladigan yo‘g‘onlashgan poyasi o‘zak deyiladi. Uning karam boshi ichida joylashgan qismi ichki o‘zak, tashqarisidagi erkin barglar joylashgan qismi esa tashqi o‘zak deb yuritiladi. O‘zakning ichida uchki, barglarning qo‘ltig‘ida esa yon kurtaklar hosil bo‘ladi. Ulardan kelgusi yilda gulpoyalar o‘sib chiqadi. Odatda, faqatgina uchki kurtak o‘sib, uzunligi 1,5 m shoxlangan bitta gulpoya rivojlanadi. Agar uchki kurtak shikastlansa, bir nechta yon kurtaklar o‘sa boshlab, ulardan bir qancha gulpoyadan iborat past bo‘yli shoxlangan tup hosil bo‘ladi. Urug‘ olish uchun ikkinchi yili o‘stirilgan o‘simlik urug‘lik deb ataladi.
Karam guli-to‘pgul bo‘lib, shingil deb yuritiladi. Guli sariq to‘rtta toj bargli, ikki jinsli. O‘simlikning gullashi naviga qarab 20-50 kun davom etadi. Bitta gul gullash davri 3 kun davom etadi. Karam chetdan asosan hasharotlar (asalarilar), qisman shamol yordamida changlanadigan o‘simlik. Urug‘lik o‘simlikda urug‘ 3-3,5 oyda pishib ulguradi. Karamning mevasi – qo‘zoq. Har bir qo’zoq mevada 20-26 ta urug‘ mavjud. U pishganda o‘z-o‘zidan chatnab yorilib ketadi. Urug‘i bir oz qirrali, yumaloq, qo‘ng‘ir, o‘rta yiriklikda, 1000 tasining vazni 3,5-4,0 gramm. Unuvchanligini 3-5 yilgacha saqlaydi.
Karam ildizi dastlab ko‘chatda o‘q ildiz tarzida rivojlanadi. Undan yon ildizlar tarqalib, poyaning er ostki qismida qo‘shimcha popuk ildizlar chiqarib tez o‘sadi va u o‘q ildiz hamda yon ildizlardan o‘zib ketadi. Popuk ildizlar erning ustki qavatida bir-biriga qo‘shilib ketgan g‘uj ildizlar hosil qiladi. Karam bevosita urug‘dan o‘stirilganda ildizi tuproqqa 1 m va undan ko‘p, ko‘chat qilinganda esa 70-80 sm gacha chuqurlikka kirib boradi. Karam poyasining erga yaqin qismidan qo‘shimcha ildiz chiqarish xususiyatiga ega. SHuning uchun chopiq qilganda uni chuqurroq ko‘mgan ma’qul. CHunki, karamning yerga ko‘milgan joyidan yangi ildizlar o‘sib chiqadi. Natijada ildizlarning umumiy hajmi ortadi. Karamning ildizi shikastlaganda (kesilganda) tez tiklanish (regeneratsiyalanish) qobiliyatiga ega. SHu tufayli ko‘chati o‘tkazilganda yaxshi tutuvchanlikka ega. Oqbosh karamning ekiladigan V. capitata turi uchta kenja turga bo‘linadi:

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə