Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə10/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Oybekjon -1 — копия

R O‘ Y X A T I


Qisqartmalar:
O‘zR –O‘zbekiston Respublikasi
AQSH –Amerika qo‘shma shtatlari
QXV - Qishloq xo‘jaligi vazirligi
SPEKITI- Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
PQ – Prezident qarori
PF–Prezident farmoni
J: - jurnal
Sb. – sbornik
CHDNS – cheklangan dala nam sig‘imi.
TSK – tuproq singdiruvchi kompleksi
N - azot
R - fosfor
K – kaliy



Birliklar:




mg – milligramm

sm2 – santimetr kvadrat

g – gramm

sm3- santimetr kub

mg/kg - 1 kilogrammda milligramm

m – metr

kg – kilogramm

m2- metr kvadrat

s – sentner

m3- metr kub

t – tonna

kg/m2 - 1 metr kvadratdan kilogramm

ga – gektar

t/ga - 1 gektardan tonna

mln. – million

s/ga - 1 gektardan sentner

mm– millimetr

0S - selsi bo‘yicha daraja

sm– santimetr

% - foiz

Simvollar:
EKF05- eng kam aniqlikdagi farq
rN - tuproq muhiti reaksiyasi
S (%) - tajriba xatosi
Terminlar:
Paykal - variantlar bo‘yicha ekilgan tajriba maydonchasi.
Qaytariq (takror)- dalada bir variant paykalini bir necha takrorlikda ekilishi.
Tovar hosil - umumiy hosildan Davlat standartlari talablariga javob beradigan sotishga yaroqli qismi
Urug‘lik sifati - ekinboplik sifatlari bo‘yicha Davlat standarti talablariga javob beradigan urug‘lik materiallarining ko‘rsatkichlari
Rentabellik - foyda olish darajasi (foizda). Mahsulotni ishlab chiqarish, sotish xarajatlari - tannarxga nisbati sifatida hisoblanad


KIRISH
Magistlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng ommabop sabzavot ekinlaridan bo‘lgan karam 2,82 mln. gektardan ortiq maydonda yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorligi gektaridan 29,4 tonna va yalpi hosil 82,8 mln. tonnani tashkil etmoqda1. Dunyoda mo‘tadil iqlim sharoitiga ega, uzun iliq kunli Janubiy Evropa, Markaziy va Janubiy Osiyo, SHimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya mintaqalarida ushbu ekin takroriy ekinda asosan urug‘idan yetishtiriladi. Oqbosh karamga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun ushbu ekinni takroriy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, bunda eng maqbul ekish muddati, o‘simliklarning oziqlanish maydonini, o‘g‘itlash va sug‘orish me’yorlarini aniqlash, shuningdek tovarbop va serhosil nav va duragaylarini tanlash borasidagi tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.
Jahonda karam sabzavot ekinlari orasida yetishtirish hajmiga ko‘ra bugungi kunda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Dunyoning mo‘tadil tabiiy- iqlim sharoitiga ega davlatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mavjud sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish uchun takroriy ekin sifatida oqbosh karam yetishtirishda samarali agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali ushbu ekin hosildorligi va yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda dolzarbdir. Bu borada ilmiy asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali mahsulot hosildorligini oshirish, sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish hamda takroriy ekinlardan olinadigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.
Respublikamizda so‘nggi yillarda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, paxta, g‘alla va sabzavot ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqon va fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida «paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish» muhim strategik vazifalardan biri qilib belgilab qo‘yilgan. SHu bois sabzavot ekinlarining sifati va hosildorligini tubdan oshirishga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga keng joriy qilish taqazo etiladi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə