Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqot ob’ekti va predmeti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə11/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Oybekjon -1 — копия

Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida Samarqand viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari, oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi nav va duragayi urug‘lari, o‘simliklari, karamboshlari olingan.
Tadqiqotning predmeti sifatida oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi nav va duragayini ertagi muddatda asosiy ekin sifatida yetishtiriladigan maydonlar, o‘sishi-rivojlanishi, mahsuldorligi hamda hosildorligi kabi ko‘rsatgichlari xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Tadqiqot maqsadi. oqbosh karamning 6 ta nav va duragaylarining ertagi muddatda asosiy ekin sifatida o‘stirilganda uning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, yuqori sifatli tovar hosil chiqimini o‘rganish asosida istiqbollilarini tanlash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
- oqbosh karamni ertagi muddatda asosiy ekinda o‘sishi rivojlanishi, hosildorligi, hosil sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nav va duragaylarini taqqoslash;
- oqbosh karamning nav va duragaylari orasidan istiqbollilarini ajratish;
- oqbosh karamning ertagi muddatda asosiy ekin sifatida turli nav va duragaylarini o‘stirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
- ertagi muddatda asosiy ekin sifatida o‘stirilgan va ko‘rsatkichlarga ega oqbosh karamning nav va duragaylarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va tavsiyalar berish.
Ilmiy yangiligi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Samarqand viloyati Toyloq tumanida joydashgan Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi sharoitida ilk bor oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi nav va duragaylarini ertagi muddatda asosiy ekin sifatida ekib o‘rganildi. So‘ngra ushbu yetishtirlgan nav va duragaylarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi o‘rganilib, yuqori sifatli hosil yetishtirish ilmiy asoslandi. SHuning bilan bir qatorda oqbosh karamning turli nav va duragaylarini ertagi muddatda yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi hisoblandi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə