Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə25/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Oybekjon -1 — копия

3.12-jadval
Ertagi muddatda oqbosh karam nav namunalarini etishtirishning iqtisodiy samaradorligi,
ming so‘m/ga (2022–2023 yy.)



Ko‘rsatkichlar

Navruz
(nazorat)

Eliza

Koronet

Burbon F1
(nazorat)

Gregorian F1

Kandiza F1

Urug‘, ko‘chat, YOMM, o‘g‘it va
parvarishlashga sarflangan xarajat

14998,2

15118,4

15122,7

15789,6

15865,7

15872,3

Hosilni terish va transportda
Jo‘natish

6672,3

6722,5

6732,6

6895,2

6925,8

6942,8

Ustama xarajatlar, 25%

3080,0

3000,3

3008,9

3056,9

3009,8

3052,6

Jami xarajatlar

24750,5

24841,2

24864,2

25741,7

25801,3

25867,7

Hosildorlik, t/ga

43,6

45,5

42,1

45,6

48,6

51,4

Yalpi daromad (1 kg–1050 so‘m)

45780,0

47775,0

44205,0

47880,0

51030,0

53970,0

Sof foyda

21029,5

22933,8

19340,8

22138,3

25228,7

28102,3

1 tonna mahsulot tannarxi

567,7

545,9

590,6

564,5

530,9

503,3

Rentabellik darajasi, %

84,9

92,3

77.,8

86,0

97,8

108,6

Oqbosh karam nav va duragaylarining asosiy ekin sifatida takroriy muddatda yetishtirilganda bir gektargaga qilingan jami xarajatlar so‘mmasini hisobladik.


Yangi nav yoki duragay ishlab chiqarish sharoitida yuqori samaradorlikka ega bo‘lmasa, uni ishlab chiqarish qabul qilmaydi. SHu holatni inobatga olib, o‘rganilgan nav va duragaylar orasidan yuqori hosildorligi va hosil sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatib ajralib chiqqan duragaylarning iqtisodiy samaradorligini aniqladik.
Urug‘, ko‘chat, YOMM, o‘g‘it va parvarishlash texnologiyalariga ketgan harajatlar nav va duragaylararo 14998,2-15872,3 ming so‘mni tashkil qildi. Jami hosilni terish va transportda jo‘natish ya’ni hosilni yig‘ishtirish va tashishga sarflanadigan harajat 6672,3-6942,8 ming so‘m atrofida bo‘ldi. Hosilni terish va transportda jo‘natish harajatlari 1 gektardan olingan hosildorlikka bog‘liq bo‘lib, nav va duragaylar bo‘yicha hosildorlik ortishi bilan harajatlar ham o‘z navbatida ortib bodi. Ertangi muddatda asosiy ekin sifatida oqbosh karamning turli nav va duragaylarni yetishtirida ustama xarajatlar o‘rtacha 25 foiz atrofida bo‘lib, 3000,3-3080,0 ming so‘m oralig‘ida, jami xarajatlar esa 24751,1-25867, 7 ming so‘m atrofida bo‘ldi.
Yalpi daromad 44205,0ming so‘mdan 53970,0 ming so‘mgacha ortib bordi. Nav va duragaylar orasida Kandiza F1 duragayini etishtirishdan eng yuqori yalpi daromad olindi. Mahsulot tan narxi hosildorlikni ortishi bilan arzonlashib bordi, ushbu nav va duragaylar orasida eng arzon tannarxli mahsulot chiqishi Eliza navida va Gregorian F1 hamda Kandiza F1 duragaylarida qayd etilib 1 tonna mahsulot tannarxi 503,3-545,9 ming so‘mni tashkil qildi. SHuningdek oqbosh karamning xar xil nav va duragaylarni ertagi mudatda etishtirish hisobiga 77,8-108,6 foizgacha rentabellik darajasiga erishildi. Navlar orasidan Eliza navi 92,3 foiz, duragaylar orasidan esa Kandiza F1 duragayi 108,6 foiz yuqori rentabellik darajasiga ega bo‘ldi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə