Siyosiy partiyaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
partiyaning nomi, maqsadi va vazifalari;
partiyaning tuzilishi;
partiya a’zoligiga qabul qilish va undan
chiqish shartlari va tartibi;
partiya a’zolarining huquq va majburiyatlari;
partiya va uning tashkilotlari rahbar organlarining vakolatlari hamda
ularni tuzish (chaqirish) tartibi, ularning vakolat muddatlari;
partiya rahbar organlarining faoliyatini nazorat qilish tartibi;
partiya va uning tashkilotlari mablag‘larini
shakllantirish hamda
boshqa mol-mulkini sotib olish manbalari;
partiya rahbar organi joylashgan manzil;
partiya ustavi
va dasturini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va
qo‘shimchalar kiritish tartibi;
partiya faoliyatini qayta tashkil etish yoki to‘xtatish tartibi.
Ustavda partiya faoliyatiga oid boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi
mumkin.
8-modda. Siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish
uchun ustav qabul qilingan
kundan e’tiboran bir oy muddat ichida quyidagilar taqdim etiladi:
partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza;
ustav;
dastur;
ta’sis syezdi yoki konferensiyasining bayoni;
Oldingi
tahrirga qarang.
davlat boji
qonunda
belgilangan miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi bank hujjati;
(8-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y.,
03/20/600/0023-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
ushbu Qonun talablari bajarilganligini
tasdiqlovchi hujjatlar, shu
jumladan mazkur partiyaga birlashish istagini bildirgan yigirma ming nafar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati,
saylab qo‘yiladigan organlarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
(familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon
raqami), rahbar organ a’zolariga vakolatlar, shu jumladan ro‘yxatdan
o‘tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda
Dostları ilə paylaş: