Nazariy tushuncha. Organizm o‟z hayot faoliyati uchun zarur energiyani ovqat tarkibidagi oqsil, yog‟ va uglevodlardan oladi. Bundan tashqari, ovqat energiya zapasini uzluksiz to‟ldirib
turishi bilan birga organizm
to‟qimalarining tiklanishi va qayta qurilishi uchun zarur har xil moddalar bilan ta‟minlab turadi.
Ovqat ratsionini tuzish uchun ovqat mahsulotlari tarkibini, sifati va miqdorini aniq bilish zarur bo‟ladi. Ovqatlanishning fiziologik normalari odamning yoshi, jinsi, bo‟yi, vazni,
u yashaydigan iqlim sharoiti, geografik joylashishi, shuningdek, bajaradigan ishining turiga qarab turli odamda turlicha bo‟ladi.
Sutkalik ovqat ratsioniga qo‟yiladigan talablar qo‟yidagicha: a) ovqat ratsionining kaloriyasi sutkalik energiya
sarfini qoplashi zarur; b) ovqat etarli miqdorda uglevodlar, oqsillar va yog‟larga, shuningdek,
vitaminlar, mineral tuzlar
ga boy bo‟lishi kerak; v) ovqatni iste‟mol qilish vaqti to‟g‟ri taqsimlangan bo‟lishi zarur. Bir kunda 3 marta: ertalab, tushda va kechqurun ovqatlanish oralig‟i 6-7 soatdan oshmasligi zarur. Sutkalik kaloriyaning 30% ni ertalab, 50%
ni tushda, 20% ni kechqurun olish kerak; g) kattalarning kasb-kori,
bolalarning yoshi, sportchilarning esa jismoniy ish xaraktera hisobga olinishi shart; d) iste‟mol qilingan ovqat hajmi to‟yganlik hissini yuzaga keltiradigan bo‟lsin; e) iste‟mol qilinadigan har galdagi ovqat tarkibiga kiradigan moddalar ratsional taqsimlangan bo‟lishi kerak: oqsil va yog‟larga boy ovqatlarni kunduzgi soatlarda, sutli va o‟simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarni kechqurun tanovul qilish tavsil etiladi.
Ishdan maqsad. Ovqat ratsionini tuzish printsiplari bilan tanishib chiqish.
Zarur jihozlar: ovqat mahsulotlarining ximiyaviy tarkibi va kaloriyasini ifodalaydigan jadvallar.
Ishni bajarish tartibi. Ovqat ratsionini tuzish uchun eng avval sutkalik energiya sarfi aniqlanadi. Buning uchun xronometriya bo‟yicha kun tartibi tuziladi. Har xil ishlarda sarflanadigan energiya sarfi jadvaldan topiladi. Jadvalda keltirilgan ko‟rsatkichlardan
foydalanib, quyidagi sxema bo‟yicha kun tartibi tuzib chiqiladi: