Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

15. 4. TADBIRKORLIKDA SOLIQLAR
Tadbirkorlik moliyaviy munosabatlarida soliqlar muhim o‘rin tutadi. 
Soliqlar - bu davlat budjetiga majburiy to‘lov hisoblanadi. Davlat bud- 
jeti esa davlat tomonidan o 'z vazifalarini amalga oshirish uchun sarfla- 
nadigan markazlashtirilgan pul jam g‘armalaridir. Soliqlar har qanday 
davlatning asosiy daromad manbayi va shakli hisoblanadi. Soliqlami 
davlatga pul mablag‘lariga va boshqa boyliklarga ega bo‘lgan jismoniy 
va yuridik shaxslar to‘laydilar. Ular to‘lovchilari va obyektlariga qa- 
rab bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. Bevosita soliqlar daro­
mad, foyda, mol-mulk, yer va boshqa boyliklarga solinadi va ularga 
ega bo‘lgan jismoniy hamda yuridik shaxslar mazkur soliqlaming 
to ‘lovchilari hisoblanadilar. Bilvosita soliqlar esa mahsulot narxi ustiga 
qo‘yiladi va ularni to ‘lash mahsulot iste’molchilari (xaridorlari) zimma-
318


siga tushadi. Bundan tashqari, soliqlar ular tushadigan budjetga qarab 
umumdavlat va mahalliy soliqlariga bo‘linadi. Umumdavlat soliqlari 
respublika markaziy budjetiga, mahalliy soliqlar esa mahalliy - viloyat, 
shahar, tuman budjetlariga tushadi.
Davlat soliqqa tortish yo‘li bilan fuqarolar, korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar daromadi, foydasi, mol-mulki va boshqa boyliklarining bir 
qismini olib qiyadi. Albatta, bu mazkur boyliklar egalariga yoamaydi. 
Ammo soliq to‘lovchilar shuni anglab olishlari zarurki, ular to‘laydigan 
soliqlar hisobidan davlat ulaming xavfsizligi, tinchligi va istiqboli, 
aholi farovonligi, ta’limi, sog‘ligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi, 
ularning unumli faoliyati uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Eng muhi- 
mi soliq maqbul bo‘lishi va tadbirkorlik, biznesning rivojlanishiga 
to ‘sqinlik qilmasligi lozim.
0 ‘zbekistonda 
soliqlarning 
huquqiy 
asoslarini 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksi va soliqqa oid boshqa qonunlari
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‘mitasining m e’yoriy hujjatlari tashkil etadi. Har bir tadbir­
korlik subyekti o‘zi to ‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to ‘lovlar 
to ‘g ‘risida yaxshi tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik subyekt- 
lari to‘laydigan soliqlar va to‘lovlar quyida ko‘rib chiqiladi.
1. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tadbirkorlar) daromadidan 
qat’i belgilangan soliq. Bu soliq stavkasi eng kam oylik ish haqining 
karrali miqdorida faoliyat turi, uni amalga oshirish joyi (shahar, tuman. 
borish qiyin bo'lgan uzoq joylar), faoliyat hajmi va fizik ko‘rsatkichlari 
(maydoni, o‘tirish o‘rni, jihozlangan joy va boshqalar)ga qarab belgi­
langan. Mazkur soliq har oy naqd pulda yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan 
to‘lanadi.
2. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari (avtoransportni qisqa 
muddatga saqlash joylari, bolalar o‘yin avtomatlari, bilyardxonalar) 
dan daromad oladigan yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan 
qat’i belgilangan soliq.
3. Yagona soliq to‘lovi. Bu soliq ko‘pgina umumdavlat va mahal­
liy soliqlar va ayrim yig‘imlar о'm i da to ‘lanadi. Uni mikrofimialar va 
kichik korxonalar, barcha savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
(ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi ixtisoslashgan ulgurji
319


savdo bazalaridan tashqari), tavakkalchilikka asoslangan o ‘yinlami 
tashkil etuvchi yuridik shaxslar, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 
notariuslar to‘laydilar.
4. Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq. 
Bu soliqni yuqoridagi 2,3- bandlarda ko‘rsatib o ‘tilgan yuridik shaxs- 
lardan tashqari umum belgilangan tartibda soliq to ‘lovchilar to ‘laydilar.
5. Mol-mulk solig‘i. Uni mol-mulkka ega bo'lgan barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar to‘laydilar.
6. Yer solig‘i. Bu soliqni yer uchastkasiga egalik qiluvchi va un- 
dan foydalanuvchi barcha yuridik shaxslar (yagona soliq tulovi va 
yagona yer solig'i to‘lovchilaridan tashqari) hamda jismoniy shaxslar 
to ‘laydilar.
7. Yagona yer solig‘i. Mazkur soliqni fermer va shirkat xo‘jaliklari, 
yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi 
korxonalari to‘laydilar.
8. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq. Bu soliqni yer osti boy- 
liklarini olib, qayta ishlaydigan hamda yer ostidan boshqacha tarzda 
foydalanadigan barcha yuridik shaxslar (shu jumladan, mikrofirma va 
kichik korxonalar) 
t o i a y d i l a r .
9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Mazkur soliqni suv- 
dan foydalanadigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar (yagona soliq 
to ‘lovi va yagona yer solig‘i to‘lovchilaridan tashqari) to‘laydilar.
10. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i. 
Uni barcha yuridik shaxslar (yagona soliq to‘lovi va yagona yer solig‘i 
to ‘lovchilaridan tashqari) to‘laydilar.
11. Qo‘shilgan qiymat solig‘i. Bu soliqni mahsulot ishlab chiqaradi- 
gan va tovarlarni import qiladigan yuridik shaxslar to‘laydilar.
12. Aksiz solig‘i. Mazkur soliqni aksiz solig‘igatortiladigan tovarlar­
ni ishlab chiqaradigan va import qiladigan yuridik shaxslar toMaydilar.
13. Bojxona to‘lovlari. Ulami tovarlarni import va eksport qiluvchi 
yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydilar.
14. Tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun lit- 
senziya yig‘imlari.
15. Maqsadli jam g'arm alarga majburiy to'lovlar. Ularga quyidagilar 
kiradi: Pensiya jam g‘armasi, Bandlikka ko‘rnaklashish jam g‘armasi, 
Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi jam g‘armasi, Respublika 
yo‘l jam g‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish jam g‘armasi.
320


16. 
Ixtiyoriy to ‘lovlar: savdo-sanoat palatasi, fermer x o‘jaliklari 
uyushmasi, qassoblar uyushmasi va boshqa tadbirkorlar uyushmalariga 
a’zolik badallari, mol-mulkni va shaxsni ixtiyoriy sug‘urta qilish, turli 
xayriya jam g ‘armalari va ishlariga to‘lovlar, homiylik va boshqalar.
Shunday qilib, tadbirkorlikda moliyaviy resurslami shakllanti­
rish va ishlatish katta ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlangan taqdirda ham ular samarali yo‘naltirilmasa va ishlatilmasa 
ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir tadbirkor 
moliyaviy resurslar va jarayonlami boshqarishni yaxshi yo‘lga qo‘yishi 
va u bilan jiddiy shug‘ullanishi lozim.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə