Tadbirkorlik


 TADBIRKORLIKDA IQ TISO D IY T A H L IL



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

16.2. TADBIRKORLIKDA IQ TISO D IY T A H L IL ,
UNING TURLARI VA USULLARI
Iqtisodiy tahlilning asosiy maqsadi qo‘yilgan vazifalarning bajari- 
lishini, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish darajasini, ulardan chet- 
lanishlar razmeri va sabablarini aniqlash hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil 
tadbirkorlikda tegishli qarorlar qabul qilish, faoliyatni boshqarish va sa- 
maradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy tahlil bir necha turlarda 
va bir qator usullar bilan amalga oshiriladi (16.2- chizmaga qarang).
16. 2- chizma.
Iqtisodiy tahlil turlari va usullari.
330


Joriy tahlil - bu har bir ish soati, smenasi, kuni, haftasiga rejalashtiril- 
gan ishlaming bajarilishini muntazam tahlil qilib borishdir.
Operativ tahlil tovar ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish 
bo‘yicha rejalashtirilgan ishlaming har bir ish joyi, uchastka, brigadada 
har soatda, smenada, kunda, haftada bajarish darajasi va kamchilikla- 
rini tezkorlik bilan aniqlash va ishlaming belgilangan tartibda borishini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Davriy iqtisodiy tahlil belgilangan m a’lum vaqtlarda o ‘tkaziladi. 
Uning maqsadi tadbirkorlik faoliyatining o‘tgan hisobot davridagi ah- 
voli va undagi o ‘zgarishlami aniqlash va baholash hisoblanadi. Shuning 
uchun bunday tahlil oy, chorak, yarim yil, 9 oy va yil tugagandan so‘ng 
tuzilgan tegishli hisobotlar asosida o'tkaziladi. Tadbirkorlikda iqtisodiy 
tahlilning yuqorida ko‘rib o ‘tilgan ikki turi ham muhim rol o ‘ynaydi va 
bir-birini to ‘ldirib boradi.
Strategik tahlil bir yilga, bir necha yilga m o‘ljallangan strategik re- 
jalaming bajarilishini tahlil qilishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy tahlil usullari quyidagilar hisoblanadi:
- moliyaviy-xo‘jalik hisobotlarini o'rganish;
- gorizontal tahlil;
- vertikal tahlil;
- trend tahlili;
- omiliy tahlil;
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Moliyaviy - xo‘jalik hisobotlaridagi ma’lumotlami o ‘rganish tahlil­
ning muhim usullaridan biridir. Hisobotlami o‘rganish tadbirkor (kor- 
xona) tomonidan mablag‘larni jalb qilish manbalari, mablag‘larni 
joylashtirish yo‘nalishlari, hisobot davrida olingan foyda va uning 
asosiy manbalari, pul mablag‘lari olishning manbalari to‘g‘risida xulo- 
salar chiqarishga imkon beradi. Lekin bu usul tadbirkor faoliyati asosiy 
ko‘rsatkichlarining o ‘zgarishlarini va boshqa o ‘ziga o ‘xshash tadbir­
korlar o ‘rtasidagi mavqeni baholashga yaramaydi. Buning uchun esa 
boshqa usullami qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Gorizontal tahlil tadbirkorlik faoliyatining yo ‘nalishlari bo‘yicha 
asosiy ko‘rsatkichlarining belgilangan rejadan mutlaq va nisbiy chet- 
lanishlarini baholash hamda boshqa o‘xshash tadbirkorlar faoliyatining 
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashga imkon beradi. Bu usulda taqqoslash 
(qiyoslash) va uning turli variantlari asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, tad-
331


birkor bir oyda 15 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, sotishni 
rejalashtirgan bo‘lib, haqiqatan, 16 million so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarib sotgan. Demak, u rejadan 1 million so‘mga ko‘proq sotgan va 
belgilangan rejasini 106,7 foizga bajargan hisoblanadi.
Vertikal tahlil umumiy yoki yakuniy ko‘rsatkichlar (hodisalar) 
tarkibiy qismlarining salmog‘ini aniqlash va baholashga xizmat qiladi. 
Uni tarkibiy (strukturaviy) tahlil ham deb ataydilar. Bu usul tadbirkor­
ning faoliyat turlari va tovar turlari bo‘yicha foyda tarkibi, tadbirkor­
ning sarmoyasi tarkibi, ulardagi tarkibiy (strukturaviy) o ‘zgarishlami 
baholashga qo‘l keladi. Masalan, tadbirkor ham tovar ishlab chiqar­
ish, ham xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib, o‘tgan yilda 8 million 
so‘m foyda olgan. Foydaning 5 million so‘mi, ya’ni 60 foizi tovar ish­
lab chiqarib sotishdan, 3 million so‘mi, ya’ni 40 foizi esa xizmatlar 
ko‘rsatib olingan. Bu yil olingan 9 million so‘m foydaning 6 million 
so'mi, ya’ni 66,7 foizi tovar ishlab chiqarib sotishdan, 3 million so‘mi, 
ya’ni 33,3 foizi esa xizmatlar ko‘rsatib olingan. Demak, bu yil o‘tgan 
yilga nisbatan tovar ishlab chiqarib sotishdan olingan foydaning hajmi 
ham, hissasi ham oshgan, xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydaning 
hajmi o ‘zgarmagan ho Ida hissasi pasaygan. Tadbirkor bu raqamlarni 
hisoblab chiqargandan so‘ng, bunday o ‘sish va o ‘zgarishlarning sa- 
bablarini aniqlashi hamda m azkur k o ‘rsatkichlar yanada yaxshiroq 
bo‘lishi uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin.
Trend (tendensiya) tahlili bir necha oylar yoki yillar mobaynida 
tadbirkorlik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari bazis ko‘rsatkichlarga nis­
batan qanday va qancha o ‘zgarganini aniqlashga yordam beradi. Bu 
usul gorizontal tahlilning bir varianti bo‘lib, qiyoslash uchun reja yoki 
o‘tgan yil ko‘rsatkichlari emas, balki nisbatan uzoqroq o‘tgan davr 
ko‘rsatkichlarini asos (bazis) qilib olishni taqozo etadi. Bunday tahlilda 
asosiy ko‘rsatkichlaming nisbatan uzoq vaqt davomida (3,5,10 va ho- 
kazo oy, yilda) o‘zgarish tendensiyasi (barqaror qolishi, o‘sishi, pasayishi) 
ni aniqlash mumkin. Masalan, tadbirkor oxirgi 3 yilning birinchi yili
1,5 million so‘m, ikkinchi yili 1,7 million so‘m, uchinchi yili esa 2,0 
million so‘m foyda olgan. Birinchi yildagi foyda hajmi 1,5 million so‘m 
bazis ko‘rsatkich bo‘lib, keyingi yillardagi foyda ko‘rsatkichlari u bilan 
taqqoslanadi. Demak, tadbirkorning 3 - yilda olgan foydasi 1 - yilda 
olgan foydasiga qaraganda 33,3 foizga o‘sgan. Foydaning bazis deb 
qabul qilingan yildan keyingi ikki yildagi o‘rtacha yillik o ‘sish sur’ati
332


16,65 foizni tashkil etadi. Bunday o ‘sish sur’ati yaxshi ko‘rsatkich hi­
soblanadi va tadbirkor keyingi yillarda ham unga erishishga harakat 
qilishi kerak bo‘ladi.
Amaliyotda ko‘pchilik tadbirkorlar va korxonalar o ‘z faoliyatining 
o‘tgan 3 - 5 - yillardagi taraqqiyot xarakteri (tendensiyasi va sur’atlari) 
ni aniqlashga harakat qiladi. Bu, xususan, strategik rejalashtirish va qa- 
rorlar qabul qilishda katta rol o'ynaydi.
Omiliy tahlil tadbirkor faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga muhim 
omillar ta’sirini hisoblab, bu ta’sirni kuchaytirish yoki pasaytirish cho- 
ra-tadbirlarini ko‘rish imkonini beradi. Masalan, tadbirkorning foydasi 
bir yilda 1 million so‘mga o ‘sgan va bu o ‘sish 3 ta muhim omil ta’siri 
ostida yuz bergan bo‘lsin. Demak, mazkur omillar (mahsulot ishlab 
chiqarishning ko‘payishi, tannarxning pasayishi, bozorda narxning 
tushishi)dan har birining foydaga ta’sirini aniqlash kerak bo‘ladi. Bu 
omillardan ikkitasi foydaga ijobiy, oxirgisi esa salbiy ta ’sir qilgani aniq. 
Faraz qilaylik, mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi foydani 0,7 
million so‘mga, mahsulot tannarxining pasayishi 0,5 million so'mga 
o‘sishini ta’minlagan bo‘lsa, bozorda narxning tushishi uni 0,2 mil­
lion so‘mga kamayishiga olib kelgan. Tadbirkor omiliy tahlil natijasida 
ravshan bo‘lgan bunday holatni ko ‘rib, foydani yanada oshirish uchun 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va xarajatlarini pasaytirish, 
mahsulot sifatini yaxshilab, narxni saqlab qolish choralarini ko'rishi 
zarur bo‘ladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili ayrim hodisalar, ko‘rsatkichlar 
o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganishga qaratilgan. Moliyaviy koeffitsiyent­
lar tadbirkor faoliyatini tezroq va osonroq baholashga imkon beradi va 
shuning uchun keng qo‘llaniladi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə