Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

16. 4- chizma.
Tadbirkorlik faoliyatining m oliyaviy natijasi k o‘rsatkichlari va
ularni aniqlash bosqichlari.
337


1.Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (Y ):
Yf= Msst - Michtn, bu yerda: Msst - mahsulotning sotishdan tush- 
gan sof tushum; Michtn - mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
Mahsulot sotishdan tushgan so f tushum mahsulot sotishdan olingan 
yalpi tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va bojxona bo- 
jini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Mahsulotni ishlab chiqa­
rish tannarxi esa mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar yig‘indisi 
bo‘lib hisoblanadi (16.3 chizmaga qarang).
2. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda (Aff):
Aff=Yf - Dx + Afbd - Afbx.
Bu yerda: Dx - davr xarajatlari;
Afbd - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
Afbx - asosiy faoliyat boshqa xarajatlari va zararlari;
Davr xarajatlariga bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lmagan 
xarajatlar kiradi: boshqaruv (ma’muriy) xarajatlari, mahsulotni sotish 
xarajatlari, umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar 
(operatsion xarajatlar).
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlarga quyidagilar ki­
radi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e ’tirof etilgan jarimalar va 
penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar, yetkazilgan zararni undirish 
bo‘yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o ‘tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bevosita bog‘liq 
bo'lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik subyektlari huzu- 
ridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar;
- asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daro­
madlar;
- da’vo muddati o ‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar-moddiy boyliklami puxta baholash natijasida chiqqan farqiy 
daromad;
- xolisona moddiy-moliyaviy yordam;
- boshqa operatsion daromadlar.
Asosiy faoliyat boshqa xarajatlari va zararlariga to‘langan jarimalar, 
penyalar, tovonlar va yo‘qotishlar, ko‘rilgan boshqa zararlar kiradi.
3.Xo‘jalik faoliyatidan olingan umumiy foyda (umumxo‘jalik foy­
da) - Uxf:
338


U xf = A ff + Mfd - Mfx.
Bu yerda: Mfd - moliyaviy faoliyatdan ko'rilgan daromadlar;
Mfx - moliyaviy faoliyat xarajatlari.
Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar, sarmoya transferti;
- O ‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa 
xo‘jalik subyektlari faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan 
olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar ham­
da xo‘jalik subyektiga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo4yicha daromad­
lar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 
(lizing to ‘lovini olish);
- valuta hisobvaraqlari, shuningdek, chet el valutalari operatsiyalari 
bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazo- 
larga) mablag'larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
- moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Moliyaviy faoliyat xarajatlariga yuqorida keltirilgan va ularga 
o'xshash moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha tadbirkor (korxona) tomoni­
dan qilingan xarajatlar va to ‘lovlar kiradi.
4. Soliqqa tortilgungacha bo‘lgan foyda - Stf:
Stf = U xf + F f - Fz.
Bu yerda: F f - favqulodda foyda;
Fz - favqulodda zarar.
Favqulodda foyda va zararlar - bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy 
tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik subyektining odatdagi faoliyati 
doirasidan chetga chiqadigan operatsiyalar natijasida pay do boMadigan 
kutilmagan foyda va zararlardir.
5. Sof foyda - Sf:
Sf = Stf - Fss - Fbst.
Bu yerda: Fss - foyda solig'i summasi;
Fbst - foydadan to ‘lanadigan boshqa soliqlar va to'lovlar.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə