Tadbirkorlik


 3. TADBIRKORLIKDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

16. 3. TADBIRKORLIKDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH
VA SOTISHNI TAHLIL QILISH
Tadbirkorlikda mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlil qi- 
lish uchun ularni aks ettiruvchi ko'rsatkichlarni aniqlab olish zarur. 
Bunday ko‘rsatkichlar m a’lum davr ichida ishlab chiqarilgan mahsu­
lot hajmi, assortm ent strukturasi, tannarxi, sifati va raqobatbardosh- 
lik ko‘rsatkichlari, mahsulotni sotish hajmi, strukturasi va boshqalar
333


hisoblanadi. Ulardan eng muhim yakuniy kcfrsatkich mahsulot sotish 
hajmidir. Chunki ishlab chiqarilgan mahsulotni sotmasdan foyda olib 
bilmaydi. Ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlari natural (kg, tonna, 
litr, metr) va qiymatiy (so‘m, ming so‘m, million so‘m) birliklarda ifo- 
da etiladi.
Ularni qiymat ko‘rinishida hisoblash va baholash uchun solishtirma 
narxlardan foydalanish zarur va shundagina narx-navo o ‘zgarishi hi- 
sobga olingan bo‘ladi. Masalan, tadbirkor mahsulot ishlab chiqarishni 
bu yilga 100 mln so'm miqdorda rejalashtirgan bo‘lsin. Bu reja o‘tgan 
yil oxirida tuzilgani uchun mazkur summa o‘tgan yilgi narxda hisob- 
langan bo‘ladi. Bu yil davomida shu mahsulot'narxi o‘rtacha 10 foizga 
oshgan bo‘lsa, narx indeksi 1,1 ni tashkil etadi. Demak, tadbirkorning 
bu yil ishlab chiqargan mahsuloti haqiqiy narxda 110 mln so'm bo‘lsa, 
solishtirma narxda 100 mln so‘m (110/1,1=100) bo‘ladi. Bu hisob- 
kitoblarga asosan shunday xulosa qilish mumkin: tadbirkor bu yil re- 
jalashtirilgan 100 mln so‘m miqdorda mahsulot ishlab chiqargan bo‘lib, 
undan yuqori 10 mln so‘m esa tadbirkor mehnati evaziga emas, balki 
narx oshishi evaziga yuzaga kelgan. Ana shunday chuqur tahlil nati- 
jasida haqiqiy ahvol ravshan bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilishda gorizontal, 
vertikal, omiliy tahlil usullari qo‘llaniladi. Gorizontal tahlilda ish­
lab chiqarilgan (sotilgan) mahsulot hajmi rejalashtirilgan hajmi bilan 
taqqoslanib, ular o‘rtasidagi mutlaq (kg, litr, metr, so‘m) va nisbiy 
(foiz, indeks, koeffitsiyent) ko ‘rinishlarda ifoda etiladi. Haqiqatan, ish­
lab chiqarilgan mahsulot hajmining rejalashtirilgan hajmidan ko‘pligi 
ishlab chiqarish (sotish)ning o ‘sishini, ozligi - pasayishini, tengligi esa 
barqarorligini bildiradi. Masalan, tadbirkor bu yil qandolat mahsulotlari 
ishlab chiqarishni, 10 t miqdorda rejalashtirgan holda haqiqatan 10 t 
ishlab chiqarsa uning ishlab chiqarishida o ‘zgarish bo‘lmagan hisob- 
ianadi. Haqiqatan ishlab chiqargan mahsuloti 10,5 t ni tashkil qilganda 
uning ishlab chiqarishi 5 foizga o ‘sgan, 9,5 t ni tashkil etganda 5 foizga 
pasaygan bo‘ladi. Ana shunday tahlil asosida tadbirkor kelgusida ishlab 
chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rishi mumkin.
Vertikal tahlilda ishlab chiqarilgan mahsulotning assortm ent va si- 
fat strukturalarini aniqlash mumkin. Masalan, ishlab chiqarilgan (so­
tilgan) qandolat mahsulotlarining assortm ent strukturasi quyidagicha: 
jami qandolat mahsulotlarining 40 foizini parvarda, 35 foizini karamel,
334


25 foizini navot tashkil qiladi. Navotning 75 foizi oliy nav va 25 foizi 
birinchi nav darajasida bo‘lishi, uning sifati bo‘yicha strukturasini 
bildiradi.
Trend tahlili yordamida mahsulot ishlab chiqarish (sotish) hajmi bir 
necha yil davomida qanday o‘zgargani aniqlanadi. Masalan, tadbirkor 
o ‘z faoliyatini boshlaganiga 4 yil bo‘lgan va birinchi yilda 5 t, ikkinchi 
yilda 6,5 t, uchinchi yilda 8 t, to‘rtinchi yilda 9,5 t qandolat mahsulot- 
lari ishlab chiqargan. Demak, shu 4 yilda mahsulot ishlab chiqarish 90 
foizga oshgan [(9,5 x 100):5-100] va o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 30 
foiz bo‘lgan.
Omiliy tahlil baholanayotgan ko'rsatkichga turli omillar ta’sirini 
aniqlashdan iboratdir. Masalan, tadbirkor qandolat mahsulotlari ishlab 
chiqarishni 1 yilda 30 foizga oshirgan. Bunday o‘sishga nima evaziga 
erishgan? Bu savolga omiliy tahlil javob beradi. Unga ko‘ra bunday 
o ‘sish uchta asosiy sabab, omil evaziga yuz bergan. Ular ishlab chiqa­
rishni kengaytirilishi, assortm ent strukturasining o ‘zgarishi, talabning 
o ‘sishidir. Bu omillarning har biri o ‘sishga qanchalik ta’sir qilganini, 
ya’ni hissa qo‘shganini aniqlash lozim. Tadbirkor bu yil qandolat mah- 
sulotlariga talabning o'sishi va strukturasi o ‘zgarishini oldindan biiib, 
mahsulot ishlab chiqarishni 10 t dan 15 t ga yetkazgan. Lekin mah- 
sulotning assortm ent strukturasi o‘zgartirilmaganda, uning hammasini 
sota olmagan bo‘lar edi. Tadbirkor bu yil karamelga talabning keskin 
o‘sishini sezib, uning hissasini oldingi 35 foizdan 60 foizgacha oshirgan 
va natijada mahsulotning hammasini sotishga erishgan. Demak, tahliliy 
hisob-kitoblarga ko‘ra 30 foiz o‘sishning 13 foizi ishlab chiqarishni 
kengaytirish, 8 foizi assortm ent strukturasini o ‘zgartirish, 9 foizi ta­
labning o‘sishi evaziga yuz bergan. Bunday tahlil tadbirkorga kelgusida 
ishlarni yanada aniqroq rejalashtirish va yaxshiroq tashkil etishga yor- 
dam berishi shubhasizdir.
Tadbirkor mahsulotining tannarxini tahlil qilish ham katta ahamiyat 
kasb etadi. Bunday tahlilda mahsulot tannarxini tashkil qiluvchi xara- 
jatlarning har bir turi amaldagi m e’yorlar va asosiy raqiblarning shunday 
xarajatlari bilan taqqoslanib, farqlari mutlaq va nisbiy ko‘rinishlarda 
aniqlanadi. Buning natijasida nisbatan ortiqcha sarf-xarajatlami aniq­
lash va qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish imkoni tug‘iladi. 
Mahsulot tannarxi esa uning raqobatbardoshligini belgilaydigan muhim 
asoslardan biridir. Mahsulot tannarxini shakllantiradigan asosiy sarf- 
xarajatlar quyidagilardan iborat:
335


- sarf qilingan xomashyo va materiallar qiymati;
- xarid qilingan buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar, boshqa kor- 
xonalaming ishlab chiqarish tusidagi xizmatlari qiymati;
- texnologik maqsadlar uchun foydalaniladigan yoqilg‘i va energiya 
qiymati;
- ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar ish haqi;
- shu xodimlar bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy vositalar va nomoddiy ak­
tivlar amortizatsiya ajratmalari;
- umum ishlab chiqarish xarajatlari;
- boshqa ishlab chiqarish xarajatlari.
Tahlil “xarajatlar - ishlab chiqarish - n atija’ modeli bo‘yicha ishlab 
chiqarish, tannarx, foyda o'rtasidagi funksional bog‘liqlikni aniqlashga 
vo‘nalgan bo‘lishi lozim. Bunday tahlil mahsulot ishlab chiqarish haj­
mi, assortimenti, xarajatlari va narxini o ‘zaro bogTashning turli vari- 
antlarida shakllanadigan foydaning turli darajalarini hisoblab chiqishga 
imkon beradi. Mahsulot narxi va tannarxi tarkibi umumiy ko‘rinishda 
16.3-chizmada aks ettirilgan.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə