Tadbirkorlik


talga mablag‘ q o‘yish; F) barcha javoblar to ‘g ‘ri



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

talga mablag‘ q o‘yish; F) barcha javoblar to ‘g ‘ri.
TAYANCH IBO RALARIZO H LI LUG‘ATI
Amortizatsiya ajratmasi - asosiy vositalar eskirish qiymatining pulga ay-
lanib to ‘plangan summasi bo‘lib, ulami qurish, sotib olish, rekonstruksiya va
modernizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Foiz stavkasi — vaqtincha foydalanish (kredit, qarz) ga berilgan yoki saqlash
(omonat) ga qo‘yilgan pul mablag‘lari uchun to ‘lov miqdori.
Investitsiya-asosiy vositalar va qimmatli qog‘ozlarga uzoq muddatga
mablag‘ kiritish.
Kredit - moliya-kredit muassasalari tomonidan ma’lum shartlar asosida
qarzga beriladigan pul mablag‘lari.
Kreditlash - moliya-kredit muassasalari tomonidan ma’lum shartlar aso­
sida pul mablagMarini qarzga berish.
325


Kredit ta’minoti - kreditga olinadigan pul mablag‘larini qaytarilishini te- 
gishli kafolatlar bilan ta’minlanishi.
Kredit uyushmasi - tadbirkorlik subektlari tomonidan a’zolik asosida tash­
kil etiladigan va asosan o‘z a’zolari faoliyatini kreditlash bilan shug‘ullanadigan 
moliya-kredit muassasasi.
Lizing - asosiy vositalami lizing shartnomasida belgilangan muddat 
tugagach qoldiq qiymati bo'yicha sotib olish huquqi bilan uzoq muddatga 
moliyaviy ijoraga berish.
Mikrokredit - kichik tadbirkorlik subyektlariga uncha katta boimagan 
summalarda beriladigan kredit.
Moliyaviy resurslar - pul mablag‘lari, valuta mablag‘lari va qimmatli 
qog‘ozlar majmuyi.
Tadbirkorlik moliyaviy munosabatlari - tadbirkorlik faoliyati uchun zarur 
bo‘lgan pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish, pul oqimla- 
rini boshqarish bilan bog‘liq munosabatlar.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash - tadbikorlik faoliyatini moliyaviy 
resurslar, ya’ni pul mablag‘lari bilan ta’minlash.
Tadbirkorning o‘z mablagiari - tadbirkorlik faoliyatida ishlatiladigan va 
tadbirkoming o‘z mulki bo‘lgan mablag‘lar.
Tadbirkorlikka chetdan jalb qilingan mablag‘lar - tadbirkorlik faoliyati 
uchun kreditga, qarzga, lizingga, ijaraga olingan mablag‘lar.
Tadbirkorlikda soliqlar - tadbirkorlik subyektlarining davlat budjetiga qo- 
nunlarda belgilangan majburiy to‘lovlari.
Tadbirkorlikda boshqa majburiy to‘lovlar - tadbirkorlik subyektlari­
ning maqsadli jamg‘armalar (Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish 
jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish 
jamg‘armasi va boshqalar)ga qonunlarda belgilangan majburiy toiovlari.
Sug‘urtalash - tadbirkorlik subyektining tavakkal qilishi natijasida va 
boshqa ko‘zda tutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan yo‘qotishlardan hi- 
moyalanish usuli.
Sug‘urta polisi - sug‘urta tashkiloti tomonidan berilgan tadbirkorlik sub­
yektining turli yo‘qotishlardan himoyalanganligini tasdiqlovchi hujjat.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə