Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

QISQACHA XULOSALAR
Tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo' lgan pul mablagTarini shakl­
lantirish, taqsimlash, ishlatish masalalari tadbirkorlik moliyaviy mu- 
nosabatlarini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash — bu 
tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy resurslar, ya’ni pul mablag‘lari bi­
lan ta’minlash demakdir. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash ikki man- 
badan - ichki va tashqi manbadan amalga oshiriladi. Moliyalashning 
ichki manbayi tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari bo‘lib, unga 
ustav sarmoyasi tarkibidagi pul mablagTari, faoliyatdan olinadigan 
foyda, amortizatsiya jam g‘armasi, tekinga berilgan mablag‘lar kiradi. 
Moliyalash tashqi manbalariga kreditorlar, investorlar va boshqa qarz 
beruvchilar kiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashda kreditlash muhim rol o‘ynaydi. 
Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash — bu moliya-kredit muassasalari to­
monidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun 
m a’lum shartlar asosida pul mablag‘larini qarzga berishdir. Tadbirkorlik 
faoliyatini kreditlashda Mikrokreditbank, boshqa tijorat banklari va 
kredit uyushmalari asosiy o‘rin egallaydilar. Tadbirkorlikni moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonunchilikda uni kreditlashda bir qator 
imtiyozlar belgilangan.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbayi in­
vestitsiyalar hisoblanadi. Investitsiya tadbirkorlik faoliyati obyekt- 
lariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir 
huquqlardir. Ular ichki manbalardan (tadbirkorlik subyektlarining o‘z
321


mablag‘lari) va tashqi manbalardan (mahalliy va xorijiy investorlar) 
kiritilishi mumkin. Tadbirkorlik sohasida ham xorijiy investitsiyalar 
salmog‘i ortib bormoqda.
Tadbirkorlikda investitsiyalarning m a’lum qismi lizing asosida 
kiritiladi. Lizing asosiy ishlab chiqarish vositalarini uzoq muddatga 
moliyaviy ijaraga berish bo‘lib, tadbirkorlikda uning ham roli jiddiy 
tus olmoqda.
Sug‘urtalash ham tadbirkorlik faoliyatida keng o‘rin egallamoqda. 
U tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy yashovchanligini ta’minlash, 
ko‘riladigan talafotlarni kamaytirish va faoliyatni barqaror yuritishga 
xizmat qiladi.
Tadbirkorlikda moliyaviy munosabatlarning muhim yo‘nalishi 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog'liqdir. Bu yo‘nalishda 
ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bel- 
gilangan - tadbirkorlik subyektlari uchun soliqqa tortishning sodda- 
lashtirilgan tartibi va turli soliq imtiyozlari ko‘zda tutilgan. Tadbirkorlar 
ulardan samarali foydalanishlari lozim.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə