Tadbirkorlik


XVI BOB. TADBIRKO RLIK FAOLIYATINI H ISO BI VA



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

326


XVI BOB. TADBIRKO RLIK FAOLIYATINI H ISO BI VA
TAHLILIASOSLARI
16. 1. T A D B IR K O R L IK D A H IS O B Y U R IT IS H VA H IS O B O T
Tadbirkorlikda ham boshqa sohalardagidek hisob yuritish va hisobot 
yo‘lga qo‘yilishi lozim. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq 
tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya, statistika, operativ hi­
sob yuritiladi va shunday hisobotlar tayyorlanadi. Mikrofirma va kichik 
korxonalar hisob yuritish va hisobot tayyorlashni soddalashtirilgan 
tizimda amalga oshiradilar. Yakka tadbirkorlar esa xo‘jalik operatsi- 
yalari daftarini yuritishlari lozim.
Tadbirkorlikda ham hisob yuritishda buxgalteriya hisobi asosiy rol 
o‘ynaydi. Buxgalteriya hisobi - bu tadbirkorlik faoliyatini yoppasiga, 
uzluksiz, asoslangan holda aks ettirish tizimidir. U tadbirkorlik subyek- 
tining barcha moliyaviy ishlari, xo‘jalik operatsiyalari, m ablagiari va 
ularning manbalari, xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar, xari- 
dorlar, soliq, ijtimoiy sug‘urta va boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob- 
lari, ularning majburiyatlari, xarajatlari, daromadlari, foydasini aks et- 
tiradi. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi rahbariyatni o ‘z vaqtida 
to ‘ 1 iq va haqqoniy moliyaviy axborot bilan ta'minlashdir.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borish tartibi 0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriyahisobi to'g'risida“gi qonunidabelgilab 
berilgan. Bu qonunda ta’kidlab o ‘tilganki, buxgalteriya hisobini tashkil 
etish tadbirkor (korxona rahbari) zimmasiga yuklanadi, hisob-kitoblar- 
ni to ‘g ‘ri olib borish va undagi maTumotlarning haqqoniyligi uchun 
tadbirkor va bosh buxgalter javobgar hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi bir qator tamoyillar asosida tegishli usullar bi­
lan amalga oshiriladi. Uning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv y o ii bilan olib borish;
- buxgalteriya hisobining uzluksizligi;
- xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda ifodalash;
- m a’lumotlaming haqqoniyligi;
- hisoblab yozish;
327


- ehtiyotkorlik;
- iqtisodiy reallik;
- davomiylik;
- muhimlilik;
- ja m g ‘arish;
- obyektivlik;
- moliyaviy hisobotning xolisligi;
- hisobot davrida daromad va buromadning mosligi;
- aktivlar va majburiyatlarni haqqoniy baholash;
- hisobot ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligi.
Mazkur tamoyillar asosida buxgalteriya hisobi o‘ziga xos usullar 
yordamida olib boriladi va ular negizida moliyaviy hisobotlar tuziladi 
(16. 1- chizmaga qarang).

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə