Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

16. 1- chizma.
Buxgalteriya hisobi usullari va m oliyaviy hisobot tarkibi.
Tadbirkorlikda amalga oshiriladigan har bir xo‘jalik va hisob-kitob 
operatsiyasi maxsus hujjatlarda aks ettiriladi. Buxgalteriya hujjatlari- 
ga maxsus jumallar, kitoblar, qaydnomalar, varaqlar kiradi. Ularning 
hammasi turkumlashtirilgan va bir tizimga keltirilgan. Buxgalteriya 
hisobining asosiy hujjatlaridan biri balans hisoblanadi. Balans so‘zi 
muvozanatni anglatadi. Balans aktiv (mablag4laming joylashtirilishi) 
va passiv (mablag‘laming manbalari) qismlardan iborat bo‘lib, ular-
328


ning summalari o'zaro teng, ya’ni muvozanatda biladi. Balans aniq 
bir sanaga tuziladi va tadbirkorning o‘tgan davrdagi moliyaviy ahvo- 
lini aks ettiradi. Balansning aktiv qismida mablag4laming taqsimlani- 
shi (asosiy vositalar, uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar, moliyaviy 
qo‘yilmalar, aylanma mablag‘larga joylashtirilishi), passiv qismida esa 
mablag‘larning manbalari ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobining to‘g ‘riligi va moddiy boyliklarning to‘liq 
saqlanayotganligini tekshirish uchun inventarizatsiya o ‘tkaziladi. 
Inventarizatsiya deganda moddiy boyliklarni operatsiyada (mavjud 
holda) hisoblash va yozuvlarni tekshirish orqali butun boyliklarning 
muayyan paytda haqiqatan borligi va holatini aniqlash tushuniladi. 
0 ‘zbekiston qonunlariga muvofiq yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkor­
lik subyektlari har yili yillik hisobot tuzishdan oldin inventarizatsiya 
o‘tkazishlari shart. Tadbirkorlikda ishlab chiqarish va sotish xara- 
jatlari va mahsulot tannarxini hisob-kitobi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buxgalteriya hisobida xarajatlami to‘g‘ri gurushlash va aks ettirish 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999- yil 
5- fevralda tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish 
va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish 
tartibi to‘g ‘risida N izonr’ga binoan amalga oshirilishi lozim.
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri xodimlar ish haqi 
va undan turli ajratmalami, tadbirkorlik faoliyati natijalari - daromad, 
foyda, sof foyda va zararlar, soliqlar va boshqa toTovlarning hisob-ki- 
tobini olib borish hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektlari belgilangan tartibda hisobotlar tuzib, te- 
gishli organlarga taqdim etishlari kerak. Ular soliq organlariga moli­
yaviy hisobot taqdim etadilar. Yuridik shaxslar moliyaviy hisoboti qu- 
yidagilarni o ‘z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
- xususiy sarmoya to‘g‘risida hisobot;
- asosiy kapital harakati to‘g‘risida hisobot;
- pul oqimlari to ‘g ‘risida hisobot;
- debitorlik va kreditorlik qarzlar to ‘g‘risida maTumotnoma.
Bundan tashqari, statistika organiga statistik hisobot taqdim etishlari
lozim. Mikrofirma va kichik korxonalar yil tugagach, yillik moliyaviy 
va statistika hisobotlarini taqdim etishlari kerak.
329


Shunday qilib, tadbirkorlikda hisob va hisobot faoliyat ko‘zgusi 
bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini batafsil, tegishli 
hujjatlar bilan tasdiqlangan holda aks ettiradi va uning moliyaviy-iqti- 
sodiy ahvolini ko‘rsatib turadi. Bu borada asosiy vazifa hisob yuritish 
va hisobot tuzish ishlarini to‘g‘ri y o ‘lga qo‘yish va olib borish hamda 
ulardan samarali foydalanish hisoblanadi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə