Tadbirkorlik


16. 5. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING MOLIYAVIY



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

339


16. 5. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING MOLIYAVIY
HOLATINI BAHOLASH
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish - moli­
yaviy ko‘rsatkichlar asosida uning moliyaviy holati, barqarorligi, 
natijalari va to ‘lovga qodirligini aniqlash va kompleks baholashdir. 
Moliyaviy ko‘rsatkichlar koeffitsiyent yoki foiz ko‘rinishida ifodala- 
nadi. Asosiy moliyaviy ko'rsatkichlar, ularni hisoblash voMlari va 
m e’yoriy darajalari 16.1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda shartli belgilar 
quyidagilarni ifoda etadilar:
Aj, A2 - balans aktiv qismining 1 va 2 - boTimi;
Р г P2 - balans passiv qismining 1 va 2 - bo‘limi;
Bj - balans jam i summasi;
Umqk - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar;
Vkfdq - muddati o‘tgan debitorlik qarzlar;
Pm - pul mablag‘lari;
Qq - qimmatli qog‘ozlar;
Sdq - sof debitorlik qarzlari;
Qmkq - qisqa muddatli kreditorlik qarzlari;
Mst - mahsulot sotishdan tushum;
Zo‘q - zaxiralaming o ‘rtacha yillik qiymati;
Mtn - mahsulot tannarxi;
M s f - mahsulot sotishdan olingan foyda;
S f - sof foyda;
Am o‘q - aylanma m ablag‘larning o‘rtacha xronologik qoldiqlari.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tadbirkorning o‘zi va 
uning mutaxassislari, korxona rahbari va mutaxassislari baholaydilar. 
Bunday baholashga tashqaridan maxsus yuqori malakali mutaxassis- 
lami jalb qilish ham kengayib bormoqda. 0 ‘zbekistonda tadbirkor- 
lik subyektlari (korxonalar) faoliyatini tahlil qilish va baholash bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislar - auditorlar va auditorlik firmalari shakl- 
langan.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining muhim subyekti 
boTib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Audit -
xo‘jalik subyektlari (tadbirkorlar) faoliyatini mustaqil ekspertiza qi­
lish, moliyaviy hisobotini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash
340


demakdir. Auditning asosiy vazifasi — tadbirkor (korxona)ning moli­
yaviy va xo‘jalik operatsiyalarining to ‘g‘ri amalga oshirilganligi, to‘la- 
to ‘kis va aniq rasmiylashtirilganligi, ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi 
m e’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga, buxgalteriya hisobini yuritish 
tamoyillariga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi. Tadbirkorlar (kor­
xonalar) ga auditorlik xizmatlarini auditorlik firmalari va auditorlar 
shartnoma asosida amalga oshiradilar. Auditorlik firmalari, shuningdek, 
menejment, marketing, huquq, hisob yuritish va boshqa sohalarda kon- 
salting xizmatlari ham ko‘rsatadilar.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə