Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususisyatlarini hisobga olgan holda quyidai shakllardan foydalanish tavsiya etiladi


TARQATMA MATERIALLAR BO'YICHA MA'RUZALAR QISMINI O'ZLASHTIRISH



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü34,57 Kb.
#138497
1   2   3   4   5   6   7   8
TALABA MUSTAQIL ISHNI TAYYORLASHDA MUAYYAN FANNING XUSUSISYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA QUYIDAI SHAKLLARDAN FOYDALANISH TAVSIYA ETILADI

TARQATMA MATERIALLAR BO'YICHA MA'RUZALAR QISMINI O'ZLASHTIRISH
Reja:

  1. Dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish texnologiyasi

  2. Dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish texnologiyasi

  3. Tarqatma materiallar va ularning tutgan o’rni

O’tilayotgan darsda talabalarga axborot etkazish, ularni darsni puxta o’zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta’minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta.


Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo’llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo’lida bo’lib, uzoqdan ko’rsatiladigan ko’rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilar uchun o’rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo’lmagan (12 varaq) yozma o’quv materiali hisoblanadi.
Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan: a) axborot beruvchi, b) topshiriq beruvchi, v) bilimni nazorat qiluvchi guruhlarga ajratish mumkin.
Axborot ko’lami katta bo’lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha axborotni talabalarga to’liq etkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida etkazib berish muhim rol o’ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo’lib, darsga tayyorgarlik ko’rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Tarqatma materiallardan ko’rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o’rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko’p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari :
Talabalarga raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni og’zaki etkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga ham imkon bermaydi.
Miqdor jihatdan ko’p malumotlarni doskaga yozib, tushuntirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o’qituvchi bilan ta’lim oluvchilar o’rtasida aloqa uziladi.
Bu jihatdan ko’rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.
O’qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga ham, qo’llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma’lumotlar talabalar qo’lida bo’lishi, ularni ko’rib turishi, tushunishi, anglashini osonlashtiradi.
Tarqatma materiallar talabalarga topshiriqlarni qamkorlikda ishlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi varaqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo’lib yoki individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni to’ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo’lishi mumkin.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish nazorat qilishda xam keng qo’llaniladi. Bunda nazorat varaqalari tarzida tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo’lishi mumkin.
Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko’p tarqatma
materiallar bermang.
Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir
mashg’ulot uchun ikkita tarqatma material
zarur bo’lsa, ularga kod-nom berib
ularni ajratishni osonlashtiring.
Matn shrifti 12 dan kichik bo’lmasligi kerak
Bir betda 80 tadan ko’p belgi
( harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmang.
Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo’lishi kerak.
Varaq dizayni e’tiborni o’ziga tortishi kerak.
atnlar – trening mavzusi bo’yicha mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rishda, mashg’ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.

Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə