Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususisyatlarini hisobga olgan holda quyidai shakllardan foydalanish tavsiya etiladi


TALABAGA MUSTAQIL ISHLARNING MAVZULARI BERILADI, BU MAVZULAR BO'YICHA EGALLANISHI KERAK BO'LGAN BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALAR, MUDDATI VA TOPSHIRISH SHAKLI AYTILADI



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü34,57 Kb.
#138497
1   2   3   4   5   6   7   8
TALABA MUSTAQIL ISHNI TAYYORLASHDA MUAYYAN FANNING XUSUSISYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA QUYIDAI SHAKLLARDAN FOYDALANISH TAVSIYA ETILADI

TALABAGA MUSTAQIL ISHLARNING MAVZULARI BERILADI, BU MAVZULAR BO'YICHA EGALLANISHI KERAK BO'LGAN BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALAR, MUDDATI VA TOPSHIRISH SHAKLI AYTILADI
Reja:

  1. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil qilish metodikasi ("kasb ta`limi metodikasi" fani misolida)

  2. Dars ta`limni tashkil etishning asosiy shakli

  3. Ta`limni tashkil etishning yordamchi shakllari

O'quv jarayonining samaradorligi fikrlash harakat va nutqning o'zaro aloqadorligi bilan aniqlanadi. Til yordamida fikrlash mustahkamlanadi va rivojlanadi. Og'zaki nutq o'rgatuvchilarga tevarak - atrofni va unda o'zligini anglashga yordam beradi. Biroq fikrlashni rivojlantirishga faqat muloqot vositasida emas, shu bilan birga talabaning mustaqil faoliyati ham zarur. Talabaning bilim ko'nikma va malakalarini oshirishga bo'lgan intilish uning intelektual o'sishiga, bilim olish jarayonining o'sishiga asos bo'ladi.


Talabalarning mustaqil ishlari didaktik jihatdan o'qituvchi tomonidan tashkillashtirilgan va o'z-o'zini tayyorlashga yo'naltirilgan talabaning kompleks amallaridan iborat. Talabaga o'quv jarayoni bevosita o'qituvchining ishtirokisiz vujudga keladi.
Mustaqil ta'limning qimmati ortadi. Axborot hajmi muntazam ravishda o'zgartirish lozim bo'ladi. Informatika va sosiolog mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra inson bilimi aniq bir sohaga ko'ra axborot 5-6 yilga ikki barobar oshar ekan. Bunga faqat miqdor ko'rsatgichi emas balki sifat ko'rsatgichi oshishi nazarda tutiladi. O'qituvchi fanga oig yangi adabiyotlar bilan tanisharkan talabalarga o'qitadigan kursi doirasida va shu bilan birga uning intelektidan rivojlantirishga turtki bo'ladigan adabiyotlarni tanlaydi va tavsiya qiladi.
Sotsial-ekonomik sohadagi mavjud turli konsepsiyalar baxolashlar mavjud g'oyalardan o'rganuvchining o'zining g'oyasi, yechimi va metodini aniqlab olishga qiyinchilik tug'diradi.
Juda ko'p ilmiy asoslangan faktlar, sonlar va g'oyalar orasidan shaxsiy fikrni oldiga surish yetarlicha mushkul vazifadir. O'qituvchining vazifasi bunday turdagi qiyinchiliklardan talabani ogohlantirishi va to'g'ri yo'lni ko'rsatishdan iborat. O'qituvchi talabalar bilan birgalikda mavjud fanga oid bilimlardan tashqari yangi bilimlarni, fanga doir qiziqarli ma'lumotlarni aloqador fanlardan olib yaratadi.
O'qituvchining qanday didaktik maqsadlari va masalalar yechish uning qanday metodlar va ma'lumotlardan foydalanishga bog'liq.

Kasb ta'limi metodikasi fanini o'rganishda asosiy vositalar sifatida darsliklar, o'quv qo'llanmalar, kasbiy ta'limi bo'yicha anjumanlar to'plamlari, izohli lug'atlar qaraladi.


Keltirilgan manbalarning har biri o'zining ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Masalan, darslik va o'quv materiallari yetarlicha chuqur, tizimli va ketma-ketlikda izchil beyond etilgan bo'ladi.
Talabalar mustaqil ishlarining asosiy turlari. Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etish turlari quyidagicha :
I.Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;II.Seminar, nazoratlarga tayyorlanish;
III.Kurs loyiha ishi va BMI larni tayyorlash;
IV.Pedagogik amaliyot;
V.Talabalar ilmiy anjumanlariga ma'ruzalar tayyorlash.
I.Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash. Birinchi navbatda talabalarga kasbiy ta'lim metodikasiga oid adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasini shaklllantirish lozim. Bunda talabaga maqoladan yosh kitobdagi o'quv materiallaridan unumli foydalanishni o'rgatish lozim.
Matn bilan ishlash metodikasida bir qator vaziyatlar vujudga keladi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Matndagi tayanch ibora va tushunchalarni ajratib, o'qilgan o'quv materialni tushunib ongli o'zlashtirish.
2. Tushunarsiz atama, so'z tushunchalarni aniqlashtirish;
3. O'quv mashg'ulotlarida qaraladigan savollarga chuqurroq yondashish;
Savollarning qiyinlik darajasi ta'lim maqsadlaidan kelib chiqadi. Agar savollar
kasb ta'lim metodikasidagi mavjud muammolarga qaratilgan bo'lsa,muammolar baxs-munozara natijasida hal qilinadi. Kasb ta'limi metodikasi fanida o'quv matni bilan mustaqil ishlashda quyidagi usullarni keltirish mumkin:
1) O'qituvchi tomonidan tavsiya qilingan talabaning mustaqil o'rgangan malumotlar kundaligi. Bunda qo'yilgan masalaga talabaning ijobiy va salbiy tomonlarga ajratgan yondashish ko'rsatiladi.Talaba o'zi fikrini aniq va qisqa tezis shaklida bayon qiladi.
2) O'quv matni bilan ishlashda kartografiyadan foydalanishi. Kartografiya bu mavjud tushuncha va g'oyalarni birlashmasidan iborat. Bunda talaba yakka yoki guruh shaklida asosiy g'oyalarni va mavjud bog'liklarni o'rganib chiqadi, natijada o'rganilayotgan mavzuning mazmunini chuqurroq o'zlashtirishga erishiladi.
3) Kasb ta'lim metodikasi o'quv materiallarini o'rganishda kritik vaziyatlar diskussiyasi usuli. Bunda talabalarga mustaqil fikrlarini bildirish uchun imkoniyat beriladi. Kritik vaziyatlar diskutsiyasini tashkil qilish uchun bir qator savollar o'rtaga tashlanadi,bular:
- Muallif nima demoqchi, sizni fikringiz qanday?
- Olingan natijalarda qanday noaniqliklar mavjud ?
- Muallif pozitsiyaini himoya qilishda sizning fikringiz?
4) "Oxirgi so'zni menga bering" usuli. Talabaga mavjud manbadagi eng muhum parchani topish va unga o'z fikrini bayon etish imkoniyati beriladi.
5) "Mazayka "usuli.Bunda talabalar mahsus kichik guruhlarda yangi materiallarni o'rganib keyin dastlabki guruhga qaytib,o'rganganini bayon qiladi.
6) "Konspektlashtirish" usuli.O'qituvchi bergan tafsiya asosida mavzu bo'yiocha adabiyotlardan konspekt yozib keladi.
II. Seminar va nazoratlarga tayyorlanish. Seminar va nazoratlarga tayyorlanishda mavzu va uning tarkibi batafsil o'rganish nazarda tutiladi. Kursni o'rganishda o'qituvchining maslahatlari, tavsiya va yo'l-yo'riqlari talabaning nazoratlariga tayorlanishida muhim ro'l o'ynaydi.
III. Kurs loyiha ishi va bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash
Kurs loyiha ishi va bitiruv malakaviy ish (BMI)larni yozishdan maqsad talabalarning bilim malaka va ko'nikmalarini umumlashtirish, tizimlashtirish, chuqurlashtirishdan iborat. Bular muayyan kasb-ta'limi metodikasi masalalarini yechish kasbiy muammolarga qaratilgan bo'ladi. Izlanish mavzusi ilmiy rahbar yoki talaba tomonidan taklif qilinishi mumkin. Bunda asosiy e'tiborni talaba o'zi o'rgangan bilimlari va ulardan kelib chiqadigan xulosalariga asoslanadi. Talabani ilmiy ishlariga qo'yiladigan metodik talablardan biri uning zamonaviy izlanish metodlaridan foydalanishi, turli adabiyotlar (xorijiy va ichki manbalar) bilan ishlash ko'nikmasi mavjudligi, internet bilan ishlashida ko'rinadi. Ishning tarkibi ilmiy atamalardan to'g'ri foydalanilgan tushunarli, izchil bayon etilgan va aniq manbalarga asoslangan bo'lishi lozim.
IV. Pedagogik amaliyot kasb ta'limi yo'nalishi talabalari 4-kursda pedagogik amaliyotni o'tkazadilar. Praktika so'zi grekcha "praxis" - harakat, faoliyat o'zlashtirish ma'nolarini anglatib, talabaning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o'quv jarayonida qo'llash usulidir. Pedagogik amaliyot davrida talabaning 3 xil sifatlari namoyon bo'ladi:
1) fan sohasini bilish;
2) shu fanni o'qitishda pedagogik mahorati;
3) shaxslar aro munosabatlar.
Bu davrda talabalar ma'ruzalar o'qiydilar, seminar mashg'ulotlarini olib boradilar, o'zaro darslarga kiradilar va yakunida hisobot rasmiylashtiriladi.


Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə