Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususisyatlarini hisobga olgan holda quyidai shakllardan foydalanish tavsiya etiladi


“Aqliy hujum” metodi asosida “Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini o’qitish texnologiyasi



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü34,57 Kb.
#138497
1   2   3   4   5   6   7   8
TALABA MUSTAQIL ISHNI TAYYORLASHDA MUAYYAN FANNING XUSUSISYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA QUYIDAI SHAKLLARDAN FOYDALANISH TAVSIYA ETILADI

2.3 “Aqliy hujum” metodi asosida “Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini o’qitish texnologiyasi
Noan’anaviy ta’lim metodlari yoki ta’lim markazida o’quvchi bo’lgan metodning afzalliklari shundan iboratki, unda o’quvchilarni mustaqillikka, erkin fikrlashga va tashabbuskorlikka o’rgatish bilan bir qatorda ilg’or g’oyalar berish va qo’yilgan muammoni yechish ko’nikmalarni shakllanishiga yordam beradi.“Aqliy hujum” metodi noan’anaviy metodlardan biri bo’lib, u g’oyalarni generatsiya qilish usuli, ya’ni o’quvchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechish uchun shaxsiy g’oyalarni ilgari suradilar va ularni umumlashtirib va tahlil qilib aniq takliflar ishlab chiqadilar.
Kasb hunar kollejlarida “Metallar texnologiyasi” kursi o’qitiladi. “Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini yangi o’qitish texnologiyasi bo’yicha loyihalayotganda “aqliy hujum” metodidan foydalanishni keltiramiz.
O’quvchilarga metallarni bosim bilan ishlashning mohiyati, hamda bosim bilan ishlov berish turlari to’g’risida batafsil tushuncha berilgandan keyin ularning oldiga mahalliy shart – sharoitdan kelib chiqqan holda bosim ostida ishlov berish ishlarini takomillashtirish muammosi qo’yiladi va u darsning asosiy maqsadi qilib belgilanadi.
Shundan keyin o’quvchilarga metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonini takomillashtirish bo’yicha g’oyalar taklif etish to’g’risida ko’rsatma beriladi. O’quvchilarga berayotgan g’oyalarining aniq va tushunarli bo’lishiga hamda uni real sharoitda qo’llash mumkinligini asoslash zarurligi tushuntiriladi. O’quvchilarning taklif etgan g’oyalari qayd etib boriladi.
O’quvchilarning yuqorida taklif etgan va asoslab bergan g’oyalari guruhlanadi va saralangandan keyin asosiy taklif sifatida tavsiya etiladi.
Mashg’ulot yakunida o’quvchilarning faoliyati baholanadi, ilg’or g’oyalar bilan chiqqan va uni amalga oshirish yo’llarini taklif etgan o’quvchilar alohida ko’rsatib o’tiladi.
Huddi shunday usul bilan boshqa mavzularni ham loyihalash mumkin.
Aqliy hujum” usulining texnologik xaritasi



Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə