Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə16/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ish uslubini belgilash. Ta’lim jarayonida mutaxassisning kasbiy faoliyat haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda ustuvor omillar mavjud bo‘lib, ular uning tafakkuridan mustahkam o‘rin oladi va keyinchalik uning ish uslubini belgilaydi. Ta’lim sifatini ta’minlash masalasi dunyoning barcha mamlakatlarida dolzarb vazifalardan hisoblanadi va ko‘plab mutaxassislar qiziqishini o‘ziga jalb etgan.
Xalqaro amaliyotda ta’lim sifatining besh asosiy yo‘nalishi alohida ajratib ko‘rsatiladi:
- ta’limning sifatini ta’minlash oliy ta’lim muassasasining nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Chunki bunda oliy ta’lim muassasasining bitiruvchisi mehnat bozorida raqobatchilarga nisbatan qulayroq mavqega ega bo‘ladi;
- ta’lim standartlariga muvofiqlik yo‘nalishi ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning minimum talabalarga javob berishini ta’minlaydi;
- mijozni qanoatlantiruvchi ta’limning sifatini ta’minlash ustuvor masalalardan hisoblanadi;
- iste`molchi sifatni belgilaydi va uning har qanday talabi bo‘yicha mutaxassisni tanlab oladi. Bu yo‘nalish oliy ta’lim muassasalarining tijorat faoliyatini jonlantiradi;
- oliy ta’lim muassasasi jamiyatga, o‘zi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalarini joylashtirishda iste`molchi ehtiyojlari hisobga olinishi va kadrlar tayyorlashni mehnat bozori talablariga yo‘naltirish lozim.
Ta’lim sifatini nazorat qilishda unga ta’sir qiluvchi omillarni avvaldan o‘rganish va ularni boshqarish talab etiladi. Ta’lim sifatiga tasodifiy, mahalliy va sub`ektiv omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim sifatini tahlil qilishda sifat nazoratining bir qator usullaridan foydalanish mumkin. Amaliyotda sifat nazorati usullari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida ushbu usullar kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilgan sifat nazorati usullaridan ta’lim tizimida foydalanish masalalari quyida ko‘rib chiqiladi. Sifat nazoratining mashhur usullaridan biri Isikava usulidir24.
1. Man (inson) – inson omili bilan bog‘liq omillar.
2. Machines (jihozlar) – mashina va jihozlar bilan bog‘liq omillar.
3. Materials (materiallar) – materiallar bilan bog‘liq omillar.
4. Methods (usullar) – jarayonlarni tashkil qilish usullari.
5. Measurements (o‘lchovlar) – o‘lchov bilan bog‘liq omillar.
Yuqoridagi 5 ta omil Isikava chizmasining asosi bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatiga ta’sir qilayotgan omillar chizmasini Isikava usulida ko‘rsatish mumkin.
Isikava sxemasidan ko‘rinadiki, 5 ta sabab bo‘yicha ta’lim sifatiga eng ko‘p ta’sir etuvchi omillardan biri inson omili bo‘lib, u ta’lim sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Qolgan omillar inson omili vositasida ta’lim jarayonlari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolgan omillar ichida usullar ham ta’lim sifatiga tashkillash jihatidan sezilarli darajada ta’sir etadi.
Ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan ushbu muammolarni bartaraf etish aniq mexanizmga asoslangan bo‘lishi lozim. Sifat menejmenti tizimida bunday mexanizmlaridan biri Dyoming sikli va sifat halqasi hisoblanadi. Amaliyotda sifat halqasi mahsulotga nisbatan olinadi. Fikrimizcha, uni ta’limga nisbatan olganda u 3-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ta’limda sifat menejmentini tashkil etish va samarali boshqarishda Dyoming siklidan ham foydalanish mumkin. U bir qator bosqichlardan o‘tkazilib amalga oshiriladi. Dyoming siklini tushunish ta’lim sifatini boshqarishning o‘zi bilan chegaralanib qolmaydi, u barcha boshqaruv va xo‘jalik faoliyatlariga bog‘liq bo‘lib, uni muassasa faoliyatining har bir jabhasida keng qo‘llasa bo‘ladi.
Sifatni boshqarishda ishni rejalash, bajarish, nazorat ishlarini ilmiy asosda ko‘rib chiqishda amerikalik olim Edvard Dyomingning hissasi katta bo‘lib, u PDCA (Plan-Do-Check-Act – rejalashtirish-bajarish-tekshirish-tuzatish) nazorat sikli (Dyoming sikli)ni keltirib o‘tgan25.
PDCA sikli Dyomingning g‘oyasi bo‘lgani sababli, bu sikl Dyoming sikli deb ham ataladi. Sifatni oshirishning asosiy usuli PDCA nazorat sikli hisoblanib, quyidagilardan iborat:
- P(Plan) – ishning rejasini tuzish;
- D(Do) – ishni reja asosida bajarish;
- S(Sheck) – olingan natijalarni rejalashtirilgan ishlarga to‘g‘ri kelishini tekshirish; - A(Action) – rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan olingan natijalar o‘zgarib ketgan holatda choralar ko‘rish, ta’sirni boshqarish.
Dyoming sikli muassasadagi har qanday bajariladigan ishning poydevori hisoblanadi. Bu nazorat sikli har bir xodim yoki jamoa ishida yutuqlarning asosi bo‘la oladi. PDCA siklini amalda qo‘llash uchun muassasa xodimlari uni o‘zlarining darajalarida o‘rganishlari kerak bo‘ladi.
Shunday ekan, sifatni boshqarish jarayonlari tizimliligini ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida Dyoming sikli va sifat halqasini birgalikda sifatni boshqarish tadbirlarida qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Bu etishib chiqayotgan kadrlar raqobatbardoshligini ta’minlashda o‘z samarasini beradi. Bu ikki usul asosida jadval tuzib, uni matritsa ko‘rinishiga keltirish mumkin. Ushbu matritsa mutaxassislikning alohida turi uchun sifat boshqaruvining majmuaviy ko‘rinishini tashkil etadi. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlaridagi sifatning buzilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ma’lumotlar varag‘i usulida ham nazoratga olsa bo‘ladi.
Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarning haftalik statistik hisobini yuritish ta’lim muassasasida ta’lim sifatining pasayish sabablarini aniq va ravshan ko‘rsatib beradi. Shunda sifat pasayishining oldini olish choralarini ko‘rish osonlashadi. Bunda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar jadvalning chap tomoniga joylashtiriladi. Jadvalning o‘ng tepa qismiga hafta kunlari belgilanadi. Ushbu matritsa ko‘rinishidagi jadval bo‘yicha haftaning har bir kuni uchun qanday holatlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, har bir holat uchun bitta tayoqcha chiziladi. Har beshinchi holat bo‘lganda avvalgi 4 ta tayoqcha ustidan chiziladi. Kun va hafta yakunida sodir bo‘lgan ishlarni tahlil yitib, keyingi kuni uni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Sifat menejmentining yuqoridagi yo‘nalishlaridan birini tanlashda ta’lim muassasasining quyidagi sharoitlari e`tiborga olinishi lozim:
- sifat menejmentining tashkil etilganlik darajasi;
- kadrlar ta’minoti;
- ta’lim jarayonining holati;
- o‘quv jarayonining hujjatlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
- moliyaviy ta’minotning mavjudligi va sh.k. Ta’lim sifatini yanada oshirish uchun quyi-dagi yo‘nalishlarga ahamiyat berish zarur:
- o‘quv auditoriyalarini zamonaviy o‘qitish jihozlari bilan to‘liq ta’minlashga erishish;
- elektron kutubxonadagi o‘rinlar sonini ko‘paytirish;
- talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va auditoriyadan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazishga erishish;
- darslarning to‘liq yangi pedagogik texnologiyalar va texnikaviy jihozlar asosida o‘tilishini ta’minlash.
Ta’limga sifat menejmentini tatbiq etish natijasida quyidagi samaralarga erishish mumkin:
- o‘quv jarayonidagi boshqaruv tuzilmasi modernizatsiyalashgan ko‘rinishga yaqinlashadi;
- o‘quv jarayonida yuritiladigan hujjatlar soddalashadi va optimallashadi;
- etishtirilayotgan kadrlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti takomillashadi;
- etishtirilayotgan kadrlarning jahon miqyosidagi raqobatbardoshligi ortadi;
- ishlab chiqarish va ta’lim o‘rtasidagi integratsiya kuchayadi;
- ilmiy tadqiqot natijalarining samaradorligi ortadi.
Oliy ta’limning xalqarola darjadagi maqomi ta’lim standartlaridagi
umuminsoniy va milliy konsepsiyasi

Aksariyat rivojlangan davlatlarning ta’lim sohasidagi taraqqiyoti “Oliy ta’limning Yevropa Kengiligi” (Europen Higher Education Area (EHEA))ga integratsiyalashuv jarayoniga bog‘liq qilib qo‘yilmoqda. Ma’lumki, 1999 yil 19 iyunda Boloniyada (Italiya) 29 ta Yevropa davlatlari vakillari Ta’lim vazirlarining qo‘shma deklaratsiyasi – “Oliy ta’limning Yevropa Kengligi” (Europen Higher Education Area, EHEA) to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu bitim “Boloniya Deklaratsiyasi” nomi bilan shuxrat qozondi. “Boloniya deklartsiyasi”ning asosiy maqsadlaridan biri sifatida oliy ta’limda “Yevropa mezonlari” (Europen dimensions)ni shakllantirish belgilab olindi26. 2005 yilda Bergen uchrashuvida Yevropa ta’lim vazirlari “Oliy ta’limning Yevropa Kengiligi”ni dunyoning boshqa hududlaridagi ta’lim tizimining hamkori deb bayonot berdilar27. Bu jarayon keyinchalik keng tus oldi va “Boloniya deklariyatsiyasi”ga qo‘shilgan davlatlar soni 29 tadan 48 taga etdi. Bundan ko‘rinadiki, “Oliy ta’limning Yevropa kengligi” tobora dunyo bo‘ylab kengayib, yagona modelga talabgor bo‘lib bormoqda. Shuningdek, bu xujjat oliy ta’limda xalqarolashuvning yangi davrini boshlab berganligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu tadqiqot oliy ta’limning xalqarolashuvi muhitida oliy ta’lim muassaslarida jamiyatdagi o‘zgaruvchan extiyojlar va global mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash mazmunini o‘rganishga qaratilgan.


Yevropa ta’lim modelida aks etgan umumiy kompetentsiyalarning xususiyatlari bilan mamlakatimiz ta’lim oluvchilari egallashi muhim bo‘lgan umumiy kompetentsiyalarni qiyosiy tahlil qilish va oliy ta’limning xalqarolashuvi va diversifikatsiyalashuvi jarayonida ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni yoritishdan iborat. Hususun, Boloniya jarayoning o‘ziga hos tamoyillaridan biri Tyuning dasturida ko‘rsatilgan Yevropa mamlakatlari ta’lim oluvchilari va Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim oluvchilari uchun muhim deb topilgan umumiy kompetentsiyalarning o‘xshash va farqli hususiyatlari o‘rganiladi. Har bir mamlakat oliy ta’limining xalqarolashuvi, uni jahon standartlari darajasiga olib chiqib, oliy ta’limning sifatinigina yaxshilab qolmasdan, balki ta’lim mazmuniga ham o‘zgarishlar olib kiradi. Bu o‘zgarishlarni oliy ta’limning diversifikatsiyasi deb atash mumkin. Oliy ta’limning xalqarolashuvi ta’lim mazmunida umumiylikni vujudga keltiradi. Bu umimiylikni “Boloniya deklaratsiyasi”ning asosiy maqsadlaridan biri oliy ta’lim tizimida barcha akademik darajalar va boshqa ixtisosliklarni mehnat bozori talablari asosida bir xil shakllantirish hisobiga bitiruvchilarni muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish hamda Tyuning (Tuning) dasturidagi ta’lim oluvchilarning umumiy kopetentsiyalarini shakllantirish omillari tashkil etadi.
Ma’lumki, Tyuning Boloniya jarayoni bilan parallel ravishdi vujudga kelgan. 2000 yildan buyon Yevropa Ittifoqi hamkorligida ko‘pgina davlatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayoni markazida o‘qituvchi emas talaba turuvchi oliy ta’lim tizimiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan metodologiya va vositalarni ishlab chiqish hisoblanadi. Tyuning dasturi doirasida o‘quv dasturlarini mohiyatini anglash va ta’lim natijalarini taqqoslash uchun metodologiya ishlab chiqilgan. Tyuning metodologiyasiga ko‘ra, ta’lim jarayoni, eng avvalo, ta’lim oluvchilarning kompetentsiyalarini rivojlantirishga hizmat qilishi kerak. Tyuning metodologiyasi ta’lim oluvchilarning umumiy (generik) kopetentsiyalarini (generic competencies) rivojlantirishga asosiy e`tiborini qaratadi28. Tyuning metodologiyasiga ko‘ra quyidagi umumiy kompetentsiyalar Yevropa mamlakatlari ta’lim oluvchilari uchun muhim deb topilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim oluvchilari uchun muhim kompetentsiyalar Tyuning dasturidagi kompetentsiyalar ta’lim sub`ektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalarga (metodologiyaga) asosan shakllantiriladi. Tyuning ko‘pgina mamlakatlarda hamkorlikda ta’lim sohasining sifatini yaxshilashga qaratilgan. TEMPUS loyihasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Oliy Ta’limning Yevropa Kengligi” (EHEA)ga mos “Oliy Ta’limning Markaziy Osiyo Kengligi”ni rivojlantirish dasturi (Central Asian Higher Education Area, TuCAHEA) joriy etildi. Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy extiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarining sifati va ularning milliy va mintaqaviy darajadagi shakllarini takomillashtirish uchun foydali yo‘llarni topishga hissa qo‘shish ushbu dasturning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olindi va Tyuning metodologiyasi ushbu mintaqadagi davlatlarda sinab ko‘rildi29. Mazkur loyixa natijalariga ko‘ra 2013 yil Ostonada bo‘lib o‘tgan Hamkorlarning yalpi uchrashuvida Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim oluvchilari uchun quyidagi umumiy kompetentsiyalar muhim deb topildi.
Tadqiqotda muhokama sifatida ko‘riladigan asosiy masala Tyuning metodologiyasidagi umumiy kompetentsiyalarning hususistlari bilan birga mamlakatmizda qo‘llanilayotgan DTS, o‘quv reja, o‘quv fan dasturlarini ham o‘z ichiga oladi. Tyuning metodologiyasidagi kompetentsiyalar ko‘p qirrali va o‘ziga xos kombinatsiyaga ega. Shunday bo‘lsada, ushbu kompetentsiyalar hususiyatlariga ko‘ra ma’lum bir fanga doir bo‘lgan bilimlarni ifodalaydi. Aniqroq qilib aytganda umumy kompetentsiyalar ma’lum bir fanlar asosida shak-llantiriladi. O‘quv natijalari va fan dasturlarini qiyosiy o‘rganish orqali fan sohalarga doir talablarni belgilash Tyuning metodologiyasining asosiy maqsadidir. O‘quv natijalari bitiruvchilarning oliy ta’lim olganliklaridan keyin qanday bilmilarni bilishi, tushunishi yoki bajara olishligini ifodalaydi. Bu bizning DTSdagi talablarga to‘g‘ri keladi.
Shu nuqtai nazardan, umumiy kompetentsiyalarni muayyan fanlar asosida shakllantirilishi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning murakkab kombinatsiyasi deb atash mumkin. Keltirib o‘tilgan kompetentsiyalar ko‘pgina davlatlarning ta’lim standartlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida ham aks etgan. E`tiborlisi jadvalda keltirilgan rus va ingliz tilida muloqot qila olish, xuquqiy savodxonlik kabi kompetentsiyalarning asosi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida o‘qitib kelinayotgan xuquqshunoslik, rus va ingiz tili kabi fanlar hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarimizda ushbu fanlar o‘qitib kelinishiga qaramay yuqoridagi kompetentsiyalar muhim deb topilganligi DTSni takomillashtirishni taqazo etadi. Umumiy kompetentsiyalarni DTSda aks ettirilishi ayni davrda ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mazkur kompetentsiyalar nafaqat ish beruvchilar va global mehnat bozori talablariga mos kelishligi balki jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga qaratilganligi bilan ham xarakterlidir.
Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari mazkur kompetentsiyalarni rivojlantira olishi zarur. Bunday masalalar DTS takomillashtirilishi orqali hal qilinishi mumkin. Mazkur kompetentsiyalarga ega bo‘lish bo‘lajak mutaxassislarning jamiyat hayotida faol ishtirokni ta’minlash bilan birga, ularning nafaqat mintaqaviy balki global mehnat bozorida o‘z ish o‘rnilarini topishiga hizmat qiladi. Jadvallardagi Yevropa mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim oluvchilari uchun muhim deb topilgan kompetentsiyalar mohiyatan umumiylikka ega. Markaziy Osiyo Davlatlari, hususan, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim oluvchilarining, tanqidiy va mantiqiy fikrlash, inovatsion g‘oyalar yarata olish, xorijiy tillarda muloqot qila olish, xuquqiy savodxonlik, axborotlarni tahlil qila olish, mustaqil qaror qabul qila olish kabi kompetentsiyalarini, shuningdek, birinchi jadvalda keltirilgan amalga oshirilayotgan ishlar sifatini baholay olish va qo‘llab quvvatlash, xalqaro muhitda ishlay olish, loyixalarni yaratish va ularni joriy eta olish kabi kompetentsiyalarini-bilimlarini takomilllashtirish Respublikamiz oliy ta’limi oldidagi e`tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalardir.
Yuksak darajadagi taraqqiyot, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida oliy ta’lim rolining beqiyosligi va global rivojlanish eng avvalo yuqori darajadagi bilimlarga assolanishini, hamda mehnat bozorining ayni davrdagi talablari inobatga olinsa, bu masalaga e`tibor qaratish muhimligi yanada oydinlashadi. Umumiy kompetentsiyalarga ega mutaxassislar mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilari talablariga javob berish bilan birga, xalqaro muhitda ham o‘z o‘rinini topa oladi, zero, ayni davr taraqqiyoti bilimlar universalligini ham talab qilmoqda.
Dunyoniing aksariyat rivojlangan davlatlari oliy ta’lim tizimida o‘zlarining milliy an`-analarini saqlagan holda G‘arb tamoyillariga ham amal qilmoqda, ya’ni ta’lim oluvchilarning umumiy kompetentsiyalarini shakllantirishga katta e`tibor qaratgan. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda ham ta’lim oluvchilarning umumiy kompetentsiyalarini shakllantirishda milliy an`analarga sodiq qolgan holda, G‘arb tamoyillariga ham amal qilish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Shunday bo‘lsada, umumiy deb ta’kidlanayotgan kompetentsiyalar eng avvalo milliy qadriyatlar orqali rivojlantirilishini unutmaslik kerak30.
Milliy qadriyatlar esa ta’lim mazmunida o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim. Yuqoridagi kompetentsiyalar Markaziy Osiyo davlatlari universitetlarining xozirgi xolati, jamiyatdagi o‘rni, talabalarning axloqiy, ma’naviy va estetik bilimlarini rivojlantirish imkoniyatidan kelib chiqib shakllantirilganligi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanganligini ifodalaydi. Shunga ko‘ra ta’lim mazmuniga umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhiyatini yanada chuqurroq singdirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ushbu kompetentsiyalar qadriyatlar tizimidagi shaxsiy fazilatlar indikatorlarida ham o‘z ifodasini topadi.
Piter Kearns ta’kidlaganidek, jamiyatdagi muhim o‘zgarishlar va bilimlarning yangi manzarasi umumiy kompetentsiyalarni egallashni ham talab qilmoqda. Jamiyatdagi muhim o‘zgarishlardan biri sifatida oliy ta’limdagi xalqarolashuv jarayonini keltirish mumkin. Bu hodisani o‘ziga xos jarayonga aylanganligini inobatga olagan holda uning O‘zbekistondagi hususiyatlarini ham o‘rganish zarur.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra quyidagicha hulosa chiqarish mumkin. Jahonda turli soxalarning integratsiyalashuvi jarayoni kuchaygan paytda dunyo davlatlari ta’lim jarayoniga ta’limning xalqaro bazaviy modelini (standarti) tatbiq qilishga xarakat qilmoqda. Bunda “Boloniya deklaratsiyasi”ning o‘ziga xos tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo davlatlarining bu tamoyillarga asosan milliy oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-xarakatlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga mos rivojlantirishga xarakat qilmoqda. Xalqaro mezonlar Respublikamiz oliy ta’lim mazmuniga o‘zgartirishlar kiritib qolmasdan, balki global taraqqiyot sari qadam bo‘lishi mumkin, lekin ta’kidlash joizki, ta’lim standartlaridagi milliylik xar bir millatni global jamiyatda muvozanatda ushlab turishiga xizmat qilishi kerak. Demak, ayni davr taraqqiyoti oliy ta’limning rivojlanishi va bir-birini boyitishida yuqori darajadagi tezlikni talab qilmoqda, ta’limning dunyo modellarini qiyosiy o‘rganish, ta’lim tizimini Respublikamizda shu tezlik ritmiga moslashtirish imkonini beradi.
Tadqiqotlar natijalariga asosan quyidagilarni tavsiya qilishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Tavsiyalar:
1. Yuqorida tahlil qilingan umumiy kompetentsiyalar ma’lum bir fan dasturiga qo‘yilgan talablar va erishilgan natijalarni anglatadi. Bitiruvchilarga esa DTS asosida talablar qo‘yilishi ma’lum. Bunday talablarning muvaffaqiyatli bajarilishi mazkur kompetentsiyalarni rivojlanishiga olib keladi. Demak, Bunday kompetentsiyalarni shakllantirish uchun DTSni yuqoridagi tezlik ritmiga mos takomillashtirish lozim.
2. DTS takomillashtirishda diversifikatsiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun moslashuvchan ta’lim hususiyatlarini o‘rganish, shu asosida ta’lim mazmunini rivojlantirish zarur. Ta’limni modul sistema asosida tashkil etish, talabalarni qiziqishi va qobiliyatlariga ko‘ra fanlarni tanlash kabi akademik erkinlik berish, va turli hil ta’lim dastur va shakllarni taklif qilish, xar qanday talab va extiyojlarga birdek mos keladigan ta’lim, moslashuvchan ta’limning asosiy hususiyatlaridir. Bu talabalar, shuningdek, jamiyatning doimo o‘zgarib turadigan extiyojlari hamda ish beruvchilar talablariga mos ta’lim berishni nazarda tutadi. Zero, davr jamiyatdagi o‘zgarishlar, talab va extiyojlar turiga qarab ta’lim berishni talab etmoqda.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə