Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə18/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari
raqobatbardoshligini oshirishning ahamiyati va tamoyillari

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi rivojlanishining ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirish bir tomondan, ushbu tizimni boshqarishning xalqaro tajribada keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan usullariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ta’lim xizmatlari bozorining kon` yunkturasi o‘zgarishi hamda oliy ta’lim muassasalarining malakali yuqori ilmiy salohiyatga ega kadrlar ta’minotiga zarur bo‘lmoqda.


O‘zbekiston Respublikasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyatni qayta qurish va kelgusida barqaror rivojlantirish imkonini beruvchi oliy ta’lim tizimini yaratishni zarurat etmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha bosqichlarida insonni rivojlantirishning asosiy maqsadi – jamiyat intellektual salohiyatini, aholining turmush farovonligini oshirish, barqaror rivojlanish imkoniyatini beradigan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ekologik muhitni shakllantirish zarur bo‘lmoqda.
Inson taraqqiyoti konsepsiyasida ta’lim asosiy tarkibiy qism bo‘lib, jamiyatning muhim masalalarini hal etishda asosiy o‘rinni egallaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida ilm-fan va ta’limni yuqori darajada rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik rivojlanishning muhim omili va harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan. Ta’lim xizmatlari bozori bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy tizimning iste`mol bozoridagi murakkab bo‘lgan o‘zaro bog‘langan barcha elementlaridan tashkil topgan. Mazkur tizimni bosh generatori bo‘lib, shubhasiz, mehnat bozorida o‘ziga xos tovar sifatida chiquvchi malakali professional kadrlar tayyorlashdagi jamiyatning ehtiyoji hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotning transformatsiyalashishi sharoitida ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning ahamiyati va tamoyillarini tadqiq etish alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyatni qayta qurish va kelgusida barqaror rivojlantirish imkonini beruvchi oliy ta’lim tizimini yaratishni zarurat etmoqda. Respublikamiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida ta’limning kutilayotgan davomiyligi muddati mustaqillikning dastlabki yillarida 13,7 yilni tashkil etgan holda, mazkur ko‘rsatkich 2020 yilga kelib 21 yilga uzaytirildi.
Ta’lim xizmatlari insonning jamiyatdagi o‘rnini aniqlab, uning intellektual salohiyatga ega a’zosi sifatida shakllantiradi.
Ta’lim xizmatlari ijtimoiy manfaatlar sifatida ichki va tashqi samaraga ega bo‘lish tavsifiga ega. Ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning ichki samarasi shundan iboratki, kasb, mutaxassislik bo‘yicha ta’lim salohiyatini oshiruvchi har bir inson boshqasi bilan taqqoslaganda yuqori daromad olishi ta’limdan individual qaytimni oshirish imkoniyatini beradi. Tashqi samara esa makroiqtisodiy qarorlarni qabul qilish, yalpi ichki mahsulot hajmini oshishi, mehnat unumdorligining o‘sish sur`atlarida namoyon bo‘ladi.
Boshqa tomondan, ta’lim xizmatlari – ishchi kuchini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga hamda xodimning kasb yoki malaka olishga, qayta malakadan o‘tishga, ishlab chiqarish talabini qondirishga yo‘naltirilgan o‘quv muassasaning o‘quv, boshqaruv va moliyaviy natijasidir34.
Hozirgi vaqtda nafaqat alohida bir kishi balki, butun mamlakat taqdiri va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shu mamlakat aholisini ta’lim darajasiga bog‘liq ekanligi kunday ravshan bo‘lmoqda.
Rivojlangan davlatlarda milliy daromad o‘sishining 60 %i jamiyatda ta’lim va bilimning o‘sishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy jihatdan olganda, ta’limga yo‘naltirilgan investitsiyalar o‘zini juda qisqa muddatlarda oqlaydi va ekspertlarning hisobkitoblariga qaraganda, ta’lim tizimidagi 1 dollarlik xarajat 3-6 dollar daromadni ta’minlaydi. Undan tashqari, ba’zi hisobkitoblarga qaraganda, ta’limga xarajatlarning 1 % ga o‘sishi mamlakat YAIMning 0,35% ga o‘sishigayoki rivojlangan davlatlarda ta’lim olish davomiyligining 1 yilga oshishi YAIMning 5-15 %ga oshishiga olib kelishi ma’lum bulgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun aholining 40-50 foizi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak, bilimlar iqtisodiyotida esa, oliy ma’lumotlilarning hissasi 60 foizgaga etadi35.
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» Qonunining 5-moddasida keltirilganidek: Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Bunda, mamlakatimizda ta’lim olishga bo‘lgan e`tiborning davlat siyosati doirasida qaralishi, uning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim ijtimoiy vazifasi sifatida nazarda tutilishining isboti hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, iqtisodchi olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflarda ta’lim xizmatlarining bozor mohiyatini aniqlash uchun uning o‘ziga xos xususiyatlari va jihatlari, xususan, boshqa ijtimoiy manfaatlar singari ichki va tashqi samara xususiyatlari hamda uning nomoddiy boylikka, nomoddiy ne`matlarga tegishli ijtimoiy ahamiyatga ega tovar ekanligi, ta’lim xizmatlari turli ijrochilar tomonidan amalga oshirilishi hisobga olinmagan.
Bizning fikrimizcha, ta’lim xizmatlarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim xizmatlarini pul ko‘rinishidagi qiymatini bevosita o‘lchashning imkonini mavjud emasligi, ko‘p hollarda ushbu ko‘rinishdagi xizmatlarni yaratishga xarajatlarni aniqlashning imkoni yo‘q.
2. Ta’lim xizmatlarini ishlab chiqaruvchi sub`ektlar oldiga qo‘ygan maqsadlarining keng ko‘lamligi va ularni yuqori darajada kengayib borishi. Ko‘pchilik ta’lim muassasalari oldida potentsial iste`molchi talabini qondirish uchun ular tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan ko‘p miqdordagi vazifalar qo‘yiladi va har doim ham ular qonunchilikda aniq ko‘rsatilmaydi. Jahonda ta’lim sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar ularga qo‘yilayotgan talablar va vazifalarni doimiy o‘sishiga olib kelmoqda.
3. Ta’lim ma’naviy qadriyatlarni yaratadi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning kompleks tavsifga egaligi ta’limni olayotganlarning shaxsi sifatida namoyon bo‘lishi, tarbiyalanishi va ijtimoiy rivojlanishiga qodirligini paydo qiladi.
4. Ta’lim xizmatlarini berish jarayonida o‘qituvchilar va tinglovchilar bir biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishadi. Bunda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida mutaxassisning bilimi va faol bo‘lishiga talab oshadi hamda mijozni shaxsi tubdan o‘zgaradi.
5. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va uning natijalari uchun jamiyat va davlat nazorati amalga oshiriladi. Bu ta’lim sohasida qonunchilik tizimini mustahkamlash bo‘yicha islohotlar doirasida yuzaga keladigan mas`uliyatni oshiradi.
6. Ta’lim xizmatlarining natijalarini aniqlash va bir vaqtda baholash imkoning mavjud emasligi. Bunda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish samarali natija sifatida uzoq vaqtdan keyin sodir bo‘lishi mumkin hamda uni bilvosita ko‘rsatkichlar asosida baholash mumkin.
7. Ta’lim xizmatlari bozorida oldi-sotdi jarayonini murakkabligi.
8. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning uzoq muddat davom etishi. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davomli uzoq davrni o‘zida ifoda etadi.
Yuqorida keltirilgan ilmiy yondashuvlar va ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan holda, biz, ta’lim xizmatlariga quyidagi ta’rifni taklif etamiz: ta’lim xizmatlari – bu belgilangan tartibda ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan muayyan kompetentsiya, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish natijasi hisoblangan ta’lim faoliyatini amalga oshirish jarayonida ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatdir.
Tadqiqot jarayonida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshligini oshirishning ilmiynazariy, uslubiy va amaliy jihatlariga e`tiborimizni qaratamiz.
Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining xususiyat- lari ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari bilan aniqlanadi:
– taqdim etilayotgan xizmatlarning tabiati;
– raqobatbardoshlikni shakllantirishda o‘ziga xos omillar ta’sirining tarkibi va xususiyatlari;
– ta’lim faoliyati natijalaridan manfaatdor tomonlarning o‘zaro munosabatlari.
Oliy ta’lim muassasa (OTM)larining ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdagi xususiyatli jihatlari quyidagilardan iborat:
– ta’lim xizmatlari nomoddiy xususiyatga ega va jamg‘arilmadi, lekin intellektual salohiyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan ularning natijalari jamg‘ariladi va umumlashtiriladi;
– tayyorlashning me`yoriy muddatini aniqlovchi uzoq vaqt davomida ta’lim xizmatlari ko‘rsatiladi;
– oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari iste`molchisi muayyan darajada tayanch ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
– ta’lim xizmatlari vositachilarsiz bir vaqtning o‘zida ishlab chiqariladi va iste`mol qilinadi;
– xizmatlar ko‘rsatish natijalariga davlatning yuqori darajada manfaatdorligi, shuning uchun ta’lim xizmatlari jamiyat taraqqiyoti va uning intellektual salohiyati shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Umumiy va oliy ta’lim tizimining yuqori darajadagi ijtimoiy ahamiyati ta’lim muassasalari faoliyatni tashkil etishga jiddiy talablarni qo‘yadi: ta’lim jarayonida ishtirok etish shartlari va uning samaradorligini baholashga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, shuningdek keng doiradagi manfaatdor shaxslar, ijtimoiy institutlari va tashkilotlari manfaatlarini hisobga olish zaruratini aniqlaydi.
Ta’lim xizmatlari bozorining turli xil ishtirokchilarining manfaatlaridan kelib chiqib, munosabatlarning xarakteri va o‘ziga xosligi ushbu bozorda oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda keltirilgan xususiyatlar jamiyat va ta’- lim xizmatlari buyurtmachilarining talabini qondirish kontekstida sodir bo‘ladi. Mazkur bozorning turli xil ishtirokchilari tomonidan ko‘zlangan maqsadlar tashkilotga muayyan xulq-atvor modelini belgilaydigan cheklovlar tizimini qo‘yadi. So‘ngra u raqobatbardoshlikni shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi, bu esa ta’lim xizmatlari bozorida harakatlar strategiyasini aniqlash imkonini beradi.
OTMlarining ta’lim xizmatlari bozoridagi ishtirokni tadqiq etamiz. Avvalambor, buyurtmachilarni qaraymiz. Respublikamiz ta’lim tizimida ta’lim xizmatlarining asosiy buyurtmachi davlat bo‘lib, u tegishli davlatning ijro etuvchi hokimiyat organlari orqali muayyan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) va ta’lim darajalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash buyurtmasini shakllantiradi hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan normativ shaklida byudjetdan moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Iqtisodiyot nazariyasida keltirilgan terminologik apparatdan foydalangan holda buyurtmachilarning keyingi toifasini pullik ta’lim xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish orqali mutaxassislar tayyorlashga talabini shakllantirish ob`ekti bo‘lib, «uy xo‘jaliklari» hisoblanadi.
Bozorning ahamiyatli bo‘lmagan ulushini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida muayyan kategoriyadagi mutaxassislarni o‘zlarining manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘qitish bo‘yicha talabni shakllantiruvchi biznes tuzilmalari tashkil etadi. Bu vaqtda buyurtmachilar bitiruvchilarning asosiy iste`molchilari sifatida ularga so‘nggi kasbiy kompetentsiyalar va malaka darajalariga nisbatan yuqori talabni qo‘yadilar.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yalpi milliy mahsulot tarkibida xususiy sektorning ulushi va moliyalashtirish nisbatidagi nomuvofiqlik davlat va tadbirkorlik munosabatlari tizimida milliy iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash sohasida mavjud nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Davlat ijtimoiy funktsiyalarni bajara turib, bitiruvchilarni moliyalashtiradi, ularning 70,0%dan ortig‘i xususiy korxonalar va tashkilotlarda ishlaydi.
Oliy ta’lim tizimi bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori ishtirokchilarining o‘zaro munosabati keltirilgan. OTMlarining raqobatbardoshligini shakllanishiga ta’lim xizmatlari bozori ishtirokchilarining ta’sirini ko‘rib chiqamiz:
1. Milliy oliy ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, mutaxassislarni tayyorlash tuzilmasi va hajmining iqtisodiyot ehtiyojlariga muvofiqligi hamda ularning malakasini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash butun mamlakat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi va raqobatbardoshligining asosi bo‘lib hisoblanadi. Davlat mezonlar va ko‘rsatkichlar to‘plami orqali ta’lim tizimi va oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholab, maxsus usullar vositasida uni tartibga soladi va shu bilan birga, oliy ta’lim muasasalarining raqobatbardoshligi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Litsenziyalash talablariga va akkreditatsiya mezonlariga javob bermaydigan OTM yuqori sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsata olmaydi va ta’lim faoliyatini amalga oshira olmaydi hamda uning raqobatbardoshligi yuqori bo‘lmaydi. Bu, birinchidan, oliy ta’lim tizimining yuksak ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, OTMlarining aksariyati davlat ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv shakli bilan bog‘liq bo‘lib, ularni tijorat muassasasi sifatida faoliyat yuritishga yo‘l qo‘ymaydi.Bu esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan foydani oshirish imkoniyatini chegaralaydi.
Bozorda raqobat kurashining tavsifi (shu jumladan, ta’lim xizmatlar) turli xil ko‘rinishdagi resurslar uchun mavjud holatni nazarda tutadi va imijni oshirish vositalarini faol qo‘llashga sharoit yaratadi. Eng yaxshi moddiy-texnik, ilmiy va ishlab chiqarish bazasiga ega yuqori darajadagi maqom bilan OTMlari ham milliy, ham hududiy darajada bozorlarning katta ulushi uchun kurashadilar. Shu bilan birga, muvaffaqiyatning asosiy OTMning obro‘si va brend ega bo‘lishidir. Ularning imijini yaratishning ajralmas elementi bo‘lgan milliy va xalqaro reyting ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini shakllanishi va oshirishning vositasi hisoblanadi.
Bunda o‘rnatilgan mezonlar va ko‘rsatkichlar asosida OTMning milliy va xalqaro reytingdagi o‘rni aniqlanadi.
OTMni tanlashda uy xo‘jaliklari uchun asosiy mezon ta’limga investitsiyadan kutilayotgan daromad hisoblanadi. Bozorda barqaror o‘rni, samarali marketing strategiyasi, ta’lim dasturlarining innovatsion tavsifga egaligi uy xo‘jaliklarini shu bilan ishontiradiki, aniq OTM boshqasidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarni taqdim qiladi va raqobatbardoshligini shakllantiradi.
Tadbirkorlik tuzilmalarining asosiy maqsadi – ularning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda muayyan mutaxassislik bo‘yicha tayyorlanish darajasini zamonaviy texnologik talablarga muvofiqligini ta’minlashdan iborat. Biznes va ta’limning o‘zaro munosabati darajasi raqobatbardoshlikni shakllantirish vositasi hisoblanadi.Iqtisodiy munosabatlar sub`ektlari OTMlar o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatilishi ta’lim dasturlarini moslashtirish, ixtisosliklarni shakllantirish, milliy iqtisodiyotning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amaliy tayyorgarlik ko‘rish va ixtisoslashuvni amalga oshirish imkonini beradi.
Talabalar ta’lim dasturlarining innovatsion darajasi, akademik mobillik, olingan bilimlarni dolzarbligi va qo‘llanilishiga qo‘yiladigan talablarni taqdim eta turib, OTMni doimiy ravishda innovatsiyalarni joriy etish va takomillashtirishni rag‘batlantiradi. Bunda raqobatbardoshlik shakllanishining muhim manbai bo‘lib, mutaxassis tayyorlashning tanlangan yo‘nalishi doirasida universitet bitiruvchilarini kasbiy realizatsiya qilish imkoniyati hisoblanadi.
Ta’lim xizmatlari bozorida OTM raqobatbardoshligi shakllanishining muhim jihati bo‘lib, ularning o‘ziga xos o‘rni hisoblanadi.Marketing strategiyasini realizatsiya qilish asosida ular bozorning katta ulushini egallash uchun zarur choralarni ko‘radi va investitsiya manbalari hamda inson resurslarini jalb qiladi. Universitetlar nafaqat maqsadli davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlashda ishtirok etadi, balki ochiq bozorda abiturientlar uchun raqobat kurashida ishtirok etadi va bunda asosiy omil bo‘lib, universitet mavqeining jamoatchilik oldida va kasbiy tan olinishi, milliy va xalqaro reyting tizimlari uning holati hisoblanadi.
Norasmiy tartiblar doirasidagi ijtimoiy institutlari standart parametrlardan ta’lim tizimini turlicha chetlanishiga operativ ta’sir ko‘rsatishning ahamiyatli darajasida imkoniyatga ega bo‘ladi. Ta’lim munosabatlarining bevosita ishtirokchilariga murojaat qilish orqali ular zaruriy harakatlarni rag‘batlantiradilar. Birinchi navbatda ta’lim muassasasi imijining tayanch elementi sifatida obro‘yiga putur yitkazmaslik maqsadida davlat OTMlarning yuqori darajada raqobatbardoshligini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash manbai bo‘lib hisoblanadi.
Qabul qilishning nazorat ko‘rsatkichlarini shakllantirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojlari hamda ta’lim xizmatlariga bo‘lgan bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda davlat ko‘rsatilgan ta’lim dasturlarini amalga oshirish darajasidan boshlab,davlat universitetlariga ustunlik beradi.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ta’lim dasturlari va ta’lim muassasalarining ko‘lami markazlashtirilgan va samarali boshqarish imkonini beradi mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmasini joylashtirish va potentsial mehnat bozorini yaratish. Mutaxassislar nuqtai nazaridan flagman universitetlar ikkinchi o‘rinni egallab, tarmoq, idoraviy va mintaqaviy qabul maqsadlarini qoldiq asosida oladi yoki ololmaydi umuman olganda, ko‘pincha amalga oshirish sifati va ta’lim dasturlari sonining yitarli emasligi, shuningdek, ta’lim xizmatlari bozorining past ulushi bilan bog‘liq.
Ekspert baholash bo‘yicha, ta’lim xizmatlari buyurtmachilari bilan mustahkam o‘zaro munosabatlar davlat universitetlari, institutlar va tayanch universitetlarda kuzatilgan. Bunday natijaning sababi buyurtmachilar tomonidan iste`molchilarning umidlari deb atash mumkin.
Xususan, biznes tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki biznes hamjamiyati bunda ta’lim dasturlarini realizatsiya qilishdan eng yuqori sifatga erishga umid bog‘laydi. Uy xo‘jaliklari va talabalar (abiturientlar)ning davlat universitetlari va institutlari yuqori darajadagi o‘zaro munosabati kasbiy realizatsiyani amalga oshirish uchun kutilayotgan katta imkoniyatlar bilan bog‘liq. Umuman olganda, jamiyat oliy ta’lim tizimini professional o‘zini o‘zi anglash vositalari bilan bir qatorda shaxsning ham, butun jamiyatning ham ijtimoiy, madaniy va kommunikativ rivojlanishi uchun bir qator imkoniyatlarni ta’minlaydigan muhim ijtimoiy institut sifatida talqin etadi.
Olib borilgan tadqiqotlar quyidagilarni ko‘rsatmoqda:
1. Oliy ta’lim tizimida davlat va xususiy OTMlarning rivojlanib borishi ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni shakllantirishning bir qator xususiyatlarini shakllantirish imkonini beradi.
2. Taqdim qilinayotgan xizmatlar xususiyatlari ham ob`ektiv iqtisodiy sabablar, ham oliy ta’lim sohasining yuqori ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha ularning sifatiga bog‘liq holda raqobatbardoshlikni shakllantirishni nazarda tutadi.
3. Ta’lim xizmatlarining buyurtmachilari muvofiq instrumentlar vositasida turli xil o‘zaro munosabatlar ko‘rinishida aniq mutaxassislarni tayyorlash sifati, hajmi va tarkibi bo‘yicha OTMga talablarni qo‘yadi hamda ularning hatti-harakatlarini belgilaydi va raqobat strategiyasini tanlashni shartlaydi.
4. Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligining shakllanishining raqobatbardoshligini baholash uchun muayyan uslubiy yondashuvlarni joriy etishda o‘z ifodasini topadi va bunda ushbu soha o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə