Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim jarayonini



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə20/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim jarayonini
tashkil etish yo‘llari

Yaqin o‘tmishda “Innovatsion ta’lim”, “Innovatsion faoliyat” va “Innovatsion jarayonlar” terminlari respublikamizning pedagogik adabiyotlarida juda kam kuzatilar edi. Innovatsion ta’lim so‘zining zamirida yangilikni tashkil qilish, yangilikni o‘zlashtirish, yangilikdan foydalanish, yangilikni namoyon etish kabi kompleks faoliyat yotadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan. Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.


Ta’lim sohasida innovatsion jarayon – bu ta’lim konsepsiyasidagi, o‘quv dasturlaridagi, usul va uslublardagi, tarbiya va o‘qitish usullaridagi yangilik va o‘zgarishlardir. Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar so‘zining tub ma’nosida pedagogikaning ikkita muhim – o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish muammosi va pedagogika fanlari yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish muammosi yotadi. Shunday ekan, innovatsiyaning predmeti va innovatsion jarayonlarning tarkibi, mexanizi bir – biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayonlar jamlanmasi tarkibida bo‘lishi kerak. Aynan, innovatsion faoliyat xizmat ko‘rsatish bozorida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobatbardoshlikning asosini yaratibgina qolmay, professor – o‘qituvchining kasb mahoratining o‘sishini, ijodiy izlanishini, amaliy jihatdan ochib beradi. Shuning uchun ham, innovatsion faoliyat o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati va talabalarning o‘quv jarayoniga ijodiy faoliyati bilan uzluksiz bog‘liq.
Ta’limdagi pedagogning innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi. «Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkrtchyanning bu haqdagi fikri dikqatga sazovar: – «Pedagogik tajribasinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi».
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob`ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub`ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yichish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yichish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi:
- kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
- me`yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
- kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
- dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;
- o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Ta’lim muassasasida pedagogning innovatsion faoliyatini tashkil etish uchun “Innovatsion muhit” shakllangan bo‘lishi kerak, ya’niy pedagogik jamoda umuman ta’lim muassasida ijodiy, samimiy do‘stona sharoit, unda pedagogo‘qituvchi o‘zini erkin xis qila olishi va jamoda ichki intilish moddiy-ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘ladi. U muhitda pedagog-o‘qituvchi ijodiy fikr yuritishga, intilishga yo‘naltiriladi. Natijada innovatsion jarayon yangilikni kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimini yangi sharoitlarga ko‘rsatkichlarga muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlovchi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Pedagogning innovatsion faoliyatining yondashuvi turlariga qisqacha to‘htalib o‘tamiz.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv pedagogning kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochishi mkonini beradi. Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) pedagog-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e`tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
2) talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan`anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e`tiborni qaratadilar, Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar.
Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga, bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga hos ijodiy munosabatda bo‘lish tushuniladi. Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta anglash bo‘lajak ta’lim muassasasining yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon beradi. Demak, pedagog-o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
V.A. Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar ta’luqli:
- Shaxsning ijodiy-motivatsiyaga yo‘nalganligi. Bu- qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;
- Kreativlik. Bu – hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya;
- Kasbiy faoliyatni baholash. Bu-ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
- O‘qituvchining individual qobiliyati. Bu- ijodiy faoliyat sur`ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat`iyatlik, o‘ziga ishonch; mas`uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar. Ta’lim oluvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ta’limda ularga tayyor bilimlarni berish emas, balki ularni bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga yo‘naltirish tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tayyor bilimlarni o‘zlashtirish garchi talabalarning borliqni anglashlarii, ijtimoiy munosabatlar mazmunini, u yoki bu ko‘rinishdagi kishilik faoliyati mohiyatini tushunishlariga yordam beradi va ijodiy pedagogik faoliyat malakalarini samarali rivojlantirish imkonini beradi.



Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə