Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


O‘quvchilarining kreativ tafakkuri va novatorlik qobilyatlarini



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə23/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

O‘quvchilarining kreativ tafakkuri va novatorlik qobilyatlarini
rivojlantiruvchi maxsus metodlarga yondashuv

Mamlakatimizda texnologiya fanini xalqaro malaka talablari asosida samarali o‘qitish tizimini joriy etish, shu sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning moddiy texnik bazasini shakllantirish, jahonning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malakalarini rivojlantirishning me`yoriy asoslari yaratilgan. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”48da “ yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish” ustuvor vazifa yitib belgilangan. Natijada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yitarli sharoitlar yaratish imkoniyatlari rivojlanmoqda.


Texnologiya fanini yanada qiziqarli, mazmunli tashkillashtirish maqsadida dars jarayonida elektron vositalardan foydalanish zarurati hozirgi kun talabi darajasida ko‘rilmoqda. Amaliyot jarayonida texnologiya darslarida elektron metodik vositalardan tizimli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu dastur umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, texnologiya darslarini yanada qiziqarliroq va yangi ma’lumotlarga boy bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek dars jarayonlarida o‘quvchilarning faolligini oshiradi. Dasturda berilgan ma’lumotlar o‘qituvchilar uchun yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular faqat darslikdagi ma’lumotlar bilan chegaralanib qolmay, texnologiya fani doirasidagi eng yangi ma’lumotlardan boxabar bo‘lib, ularni dars jarayonlariga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar49.
Ta’lim jarayonida berilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar yitarli darajada o‘zlashtirilishi uchun yangi pedagogik texnologiyalar ta’limning texnik vositalari: multimedia vositalari, kompyuterlar, kinodiaproektorlar, kino-video-apparaturalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot ishlarimiz natijasida “Bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish” multimediali elektron qo‘llanma (24.04.2017 y. DGU 04351), “Mehnat o‘qitish metodikasi” fanidan elektron darslik (28.02.2017. DGU 04257) yaratildi va amaliyotga joriy etildi. Dasturiy mahsulot uchun guvohnomalar olindi.
Texnologiya fanini yanada qiziqarli, mazmunli o‘tkazish maqsadida dars jarayonida elektron vositalardan foydalanish zarurati hozirgi kun talabi darajasida ko‘rilmoqda. Amaliyot jarayonida texnologiya darslarida elektron metodik vositalar tizimidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu multimediali elektron qo‘llanma texnologiya fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, texnologiya darslarini yanada qiziqarliroq va yangi ma’lumotlarga boy bo‘lishini ta’minlaydi.
Shuningdek, dars jarayonlarida o‘quvchilarning faolligini oshiradi. Dasturda berilgan ma’lumotlar o‘qituvchilar uchun yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. “Bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish” nomli multimediali elektron qo‘llanma quyidagi komponentlardan iborat:
1. Bosh sahifa.
2. Muallif.
3. Texnologiya fanida foydalanish uchun “Kerakli ashyolar”.
4. Texnika xavfsizligi.
5. Eslatmalar.
6. Sehrli olam.
7. Kasblar olami.
8. Rasmlarni bo‘yash.
9. Krossvord.
10. Test.
11. O‘yinlar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladigan takliflar «Bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish» nomli multi-mediali elektron qo‘llanmasida aks ettirilgan. Mazkur elektron qo‘llanma boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishda o‘quv-metodik ta’minot sifatida xizmat qiladi;
Elektron darslik «inson – kompyuter» interfaol muloqotining yangi takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi keng va har tomonlama axborot oladi, o‘quv tarbiya jarayoni faollashtiriladi, ta’lim samaradorligi oshadi, mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minladi, mustaqil ta’lim olish imkoniyati ortadi, o‘quvchining kompyuter savodxonligi oshib boradi. “Mehnat o‘qitish metodikasi” elektron darsligi.
Elektron darslik bilan ishlash ko‘nikma va malakalari: elektron darslik bilan umumiy holatda tanishish, uning muallifi, mazmuni, xulosasi, illyusrasiyalari hamda annotatsiyalarini bilish; elektron darslikning mantiqiy tuzilmasini ajratib olish; o‘rganilayotgan mavzuni to‘laqonli tushunib olish uchun qo‘shimcha qo‘llanmalar: animatsiya, lug‘at, ensiklopediya, ma’lumotnomalardan foydalana olish; olingan ma’lumotlarni tezislar, konspektlar ko‘rinishida qayd yitib borish ko‘zda tutilgan.
Bu talablarni amaliyotga joriy qilish – axborot-ta’lim muhitini yaratishni va fan bo‘yicha o‘quv-metodik majmuaning shakllanganlik darajasiga ko‘ra, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyatini beradi50. Tadqiqot ishlarimiz natijasida elektron o‘quv-metodik majmuani shakllantirish va amaliyotga joriy etishning quyidagi «Mehnat o‘qitish metodikasi» elektron darsligi taklif etildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladigan takliflar bo‘lajak boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan «Mehnat o‘qitish metodikasi» nomli elektron darsligida aks ettirilgan. Mazkur elektron darslik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishda o‘quv-metodik ta’minot sifatida xizmat qiladi.
Elektron shakldagi o‘quv darsliklari eng oddiy nashr o‘quv materiallarining elektron varianti ko‘rinishida bo‘ladi. Ammo elektron shakldagi darsliklar kompyuter xotirasida yoki boshqa tashqi magnit eltuvchida qulay saqlanish, tezkor o‘zgartirish va elektron pochta orqali uzoq masofalarga uzatish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladigan takliflar bo‘lajak boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan «Mehnat o‘qitish metodikasi» nomli elektron darsligida aks ettirilgan.
Mazkur elektron darslik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishda o‘quv-metodik ta’minot sifatida xizmat qiladi. O‘z bolasini imkon qadar erta rivojlantirishni o‘ylagan, befarq bo‘lmagan ota-onalar turli mualliflar va ularning dasturlariga murojaat qiladi. Ularning ayrimlari anchagina muvaffaqiyatli, boshqalari faqat ma’lum yo‘nalishdagina foydali, uchinchilari esa bolalarning alohida guruhlari uchun maqbul keladi.
Montessori metodikasi hamma mamlakatlarda juda ommalashgan va amaliy natijalar beradi. Mariya Montessorining ta’kidlashicha, birinchi navbatda, kichkintoyning taktik tuyg‘ularini, mayda va yirik motorikasini rivojlantirish zarur. Erta bolalikdan rivojlanish uchun kichkintoyga turli matodan ishlangan, turlicha fakturali, turlicha shakl va mazmunga ega bo‘lgan o‘yinchoqlarni berish zarur. Bunday o‘yinchoqlarni ota-onalarning o‘zlari yasashlari,turli mato qirqimlaridan o‘lchami va ichida turlicha bo‘lgan qopchalar shakllantirishi mumkin. Buning uchun qopchalarga turli don, toshchalar, boshqa narsalarni solish mumkin. Bir qarashda arzimas ko‘ringan bu o‘yinchoqlar kichkintoylarga ma’qul keladi, chunki ular muhabbat bilan ishlangan. Albatta, bolalarda mayda motorikani rivojlantirishga oid ko‘plab qo‘llanma va o‘yinchoqlar ishlab chiqilgan, masalan: bir-biriga kiritiladigan ramkachalar, tizimchalar, turli shakllar, domino, piramidacha va boshqalar.
Montessori metodikasida, shuningdek, har bir bolaga yakka tartibda yondashuv zarurligi aytiladi, zero bolalarning har biri bir olam. Qaysidir mashg‘ulot kichkintoyga yoqmasligi mumkin, bolani uni bajarishga majbur qilmang, keyingi safarga qoldiring, hozircha bola uchun qiziqarli biror ish bilan shug‘ullaning. Bu mashg‘ulotlarda eng muhimi bolada qiziqishni uyg‘ota olish. Chunki bolaning qiziqishi bo‘lmasa, uni hech narsaga o‘rgatolmaysiz. Mashg‘ulotlarni o‘yinli shaklda o‘tkazishga, ularni cho‘zib yubormaslikka harakat qiling. 10-15 daqiqa bola uchun juda yitarli bo‘ladi. Mashg‘ulotlarni doimiy olib borsangiz, vaqti kelib, bolaning o‘zi o‘yinchoqlarni olib kelib, u bilan shug‘ullanishni so‘ray boshlaydi.
Bolalar bilan ishlovchi psixologlar hamda logopedlar allaqachon isbotlaganidek, bolada mayda motorikaning rivojlanishi tafakkur, nutq, diqqatning rivojlanishiga ham ko‘maklashadi, o‘yin chog‘ida ota yo ona bilan nisbatan yaqin aloqa o‘rnatiladi. Bundan tashqari, o‘yindan bola zavq oladi, ijobiy hissiyot oladi, o‘zini baxtli sezadi. Bolalar bu o‘yinlarni rohatlanib o‘ynaydi. Kerak bo‘lgani esa bor-yo‘g‘i to‘rtta qo‘l va yigirmata barmoq.
Barmoqli o‘yinlar qanday o‘ynaladi? Bu o‘yinlarni o‘ynash juda oson, siz ko‘rsatasiz va gapirasiz, farzandingiz esa takrorlaydi. Bunday “ermaklar”ga internet tarmog‘idan minglab misol topish mumkin. Ayniqsa ijodkor ota-onalar o‘z variantlarini o‘ylab topishi mumkin, bu o‘yinga yanada joziba baxsh yitib, o‘yin jarayoniga nafaqat barmoqlar, balki ijodiy qobiliyatlarni ham safarbar qilish imkonini beradi.
Hamma ishda me`yor bo‘lgani yaxshi. Barmoqli o‘yinlarning bolalar uchun foydasi va soddaligiga qaramay, unga haddan tashqari berilish yaramasligini eslatish joiz. Miya markazlarini keragidan ortiq rag‘batlash salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin, shu sababli o‘yin chog‘ida bolaning reaktsiyasiga e`tibor qaratish zarur. Toliqish alomatlarini sezganingizda o‘yinni to‘xtatish kerak.
Turli yosh davrlari uchun bolaning kafti va barmoqlariga ta’sir etishning o‘z usullari mavjud. Bola ushlab olish (tutib olish) refleksini namoyon qilgan vaqtdan boshlab, unga turli arqonchalar, o‘yinchoqlarni ushlab olishga imkon berish mumkin. Bola bir yoshga etganida “tikan”lari o‘lgan koptokcha – “tipratikan”ni berish mumkin. Ikki-uch yoshli bola bilan o‘ynayotib soddagina she`rlarni o‘qish, ularni harakatlar bilan, barmoqlarni bukib yoyish, chapak chalish bilan birga olib borish, 5-7 yoshda turli jonivorlarni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib, bola hayotining dastlabki kunlaridan uni astasekin rivojlantirib borish mumkin va kerak, buning uchun murakkab bo‘lmagan va juda samarali usullardan foydalaniladi.
Bolangiz chapaqay ekaniga hadeb e`tibor qaratish yaramaydi. U qandaydir xato qilsa, tanqid qilish ham shart emas. U o‘zini hamma qatori his qilishi lozim. U pozitiv kayfiyatda, o‘ziga ishongan, faol bo‘lishi lozim. Bir qarashda, bunday bolalar keyinchalik “o‘ng qo‘lli” dunyoda o‘zini noqulay sezadigandek, axir hamma narsa: daftar, kitob, klaviatura, yoshik tutqichlari, zinapoyalar tutqichlari o‘ng qo‘llarga mo‘ljallangan. Kichik odamcha ilk qadamlaridan boshlab, elementar ishlarni bajarish: qaychi bilan qirqish, tugmasini taqish, sichqonchadan foydalanishga o‘rganish uchun boshqa tengdoshlaridan ko‘ra ko‘proq harakat qilishi lozim. Albatta, unga oson emas. Biroq, qanchalik g‘ayritabiiy ko‘rinmasin, buning yaxshi tomoni ham bor: bu mashqlarning hammasi motorikani, pirovardda, bolaning o‘zini, uning intellekti, xatto iroda kuchini rivojlantiradi. Ko‘proq rivojlangan miyaning o‘ng yarim shari chapaqaylarning ijodiy moyilliklari rivojiga ko‘maklashadi.
Qolaversa, chap qo‘l yitakchilik qiladigan insonlar uchun mahsulotlar ham, keragicha ko‘p bo‘lmasada, bor. Ularni qidirib ko‘rish kerak. Asosiysi, bolangiz boshqalardan kam emasligi, uning uchun shu qulayligini unutmasangiz bas.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə