Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishning



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə22/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishning
zamoviy konsepsiyasi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda malakali kadrlar va etuk mutaxassislarga bo‘lgan talab yanada oshmoqda. Vazirlar Mahkamasining 997-sonli qarorida quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tashkil etilishi qayd etilgan: Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun; Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA)-15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro dasturlarda ishtirok etadi: (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, (PIRLS) - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash. Shu o‘rinda “Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?”, degan savolga javobimiz quyidagicha:


1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;
2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;
3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
Innovattsion pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlari Birinchi bosqich - yangi g‘oyalarni izlash. U o‘z navbatida quyidagilardan iborat:
- axborotlar bankini yaratish. O‘qituvchilar ta’limda innovatsion jarayonlar rivojlanishiga bag‘ishlangan nazariy-amaliy seminar, treninglarni tashkil etish va ularni innovatsiyalar zarurligi va qo‘llashga tayyorlash va umumta’lim muassasasining innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.
Ikkinchi bosqich - yangilikni kiritishni shakllantirish:
-tahlil va loyihalashtirish. Yangilikni kiritish g‘oyalarini shakl-lantirish va ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlari, ishni olib borish jarayonini loyihalash;
- innovatsion g‘oyani ijodkor o‘qituvchilar guruhi bilan sinovdan o‘tkazish;
- tajriba-sinovdan o‘tkazilgan amaliy ishning yakunini chiqarish, shu asosda yangilikni keng miqyosda qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilish va uni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
Uchinchi bosqich - yangilikni amaliyotga kiritish:
- yangilikni keng miqyosda amalga oshirishda boshqaruv resurslarini ishga solish. Muassasa rahbarlari tashabbus va mas`uliyatni o‘z bo‘yniga oladi va jamoani yangilikni o‘quv jarayoniga qo‘llashga butun pedagog jalb etiladi. Agar o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatda ish olib borishlarini yo‘lga qo‘ysak o‘qituvchilarning yangilikka intiluvchanligi, ularni izlab topishga, darslarda qo‘llashga ko‘nikma va malakasi shakllanadi, o‘z ustida uzluksiz ishlash ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘quv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylantiradi. Bular o‘z navbatida ta’limda sifat va samaradorlikni ta’minlaydi.



Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə