Tаriхshunоslik fanidan o`quv uslubiy majmua bilim sоhаsi: Gumаnitаr sоhа


Fanning o`quv rejasidagi fanlar bilan bog`liqligi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə5/63
tarix24.03.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#103068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
portal.guldu.uz-TАRIХSHUNОSLIK

1.6. Fanning o`quv rejasidagi fanlar bilan bog`liqligi
Manbashunoslik va tarixshunoslik fanini chuqur o`zlashtirish, nazariy va amaliy masalalar echimini to`liq nihoyasiga etkazish uchun qator fundamental fanlarga asoslanadi, chunonchi: Manbashunoslik va tarxshunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab yozuvidagi turkiy til va g`arb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu sohada rus tili ham ma`lum mavqega ega.
Arxeologiya va etnologiya asoslari, xronologiya, jahon tarixi, antropogоnez, tabiiy fanlarning zamonaviy kontseptsiyasi, falasafa, iqtisodiyot fanlaridan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.
Manbashunoslik va tarxshunoslik fanida fanning predmetini yoritish fanning, o`rganishning ahamiyatini ochib berish, O`zbekiston tarixi davrlashtirishni tushuntirish va xronologiyasini ko`rsatish;
«Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanidan ibtidoiy to`da davri, ibtidoiy jamoa davri, dastlabki mehnat qurollarning takomillashuvi, urug`chilik munosabatlari va uning inqirozi, kishilik jamiyatining paydo bo`lishi, xo`jalik turlarining paydo bo`lishi, ibtidoiy madaniyat va ularning turlarining paydo bo`lishi, xususiy mulk, mulkiy tengsizlik, harbiy demokratiya va uning mohiyatini hamda davlatlarning vujudga kelishini, Ilk o`rta asrlar davri, O`rta asrlar davri, Mustamlakachilik va milliy uyg`onish davri, «sovetlar davri», «Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri»ni manbalar bilan o`rganish, bu davrlarda bo`lgan o`zgarish va rivojlanishlarni tarixiy asarlarda qanday yoritilganini ko`rsatish va o`rganish.
Fanni o`qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Talabalarning manbashunoslik va tarxshunoslik fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanning o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular, ma`ruza, seminar shaklda olib boriladi. SHuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o`zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagog texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, Klaster, Insert, Aqliy hujum va boshqa interfaol usullar va taqdimotlardan foydalaniladi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə