Tarix-7 2017.(Uzb). indd



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/139
tarix27.01.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#99489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139
Jahon tarixi. 7-sinf (2017, T.Salimov, F.Sultonov)

Anglosakson solnomasi
» tuzilib, unda yilma-yil 
muhim voqealar qayd etila boshlanadi.
Denloning qaytarilishi. 
Qirol Alfredning o‘limi 
dan so‘ng 
uning vorislari Denloga hujum boshlaydi. Yangi qo‘shin 
muvaffaqiyatli harakat qilib, X asrning so‘nggi choragiga 
kelganda Angliya qirolligi (bu paytda avvalgi Britaniya 
nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib 
chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib oladi. Bu 
davrga kelib, Denloga o‘rnashgan daniyaliklar mahalliy 
aholi bilan ancha yaqinlashib, aralasha boshlagan edi.
Keyinchalik Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, 
davlat zaiflashadi. Ayni paytda, Daniya tez yuksala bosh-
laydi. Daniya qirolligi Angliyaga hujum qilgan daniyalik 
vikinglarga nisbatan xavfliroq edi. Angliya qirolligi ichki 


26
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli XI asr 
boshida ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi. Urush 
uzoq cho‘zilmaydi, faqat London shahri dani 
ya 
liklarga 
ma’lum vaqt qarshilik ko‘rsatib turadi.
1. Britaniyaga qaysi german qabilalari kelib o‘rna-
shadi?
2. Amvrosiy Avrelian haqida nimalarni bilib 
oldingiz?
3. German qabilalari istilolari qanday oqibatlarga 
olib keldi?
4. Siz qirol Alfred faoliyatiga qanday baho bera-
siz?
5-§. MUQADDAS RIM IMPERIYASI
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida german qabi-
lalari G‘arbiy Yevropa bo‘ylab joylashib, qabila harbiy 
sarkardalari yurtlaridan uzoq o‘lkalarda davlatlar tuzishgan 
va ularga qirollik qilishgan. Lekin Germaniyaning o‘zida 
kuchli mustaqil qirollik nisbatan 
kech vujudga kelgan.
Yangi qirollik. 
Franklar imperi-
yasi 843-yilda uchga bo‘linib ket-
ganida, dastlab ularning hammasini 
Buyuk Karl 
ning avlodlari boshqar-
gan. Lekin 919-yili Sharqiy Frank 
qirolligida (bo‘lajak Germaniya) 
mahalliy zodagonlar knyaz 
lardan 
eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya 
gersogi 
Genrix
ni qirollikka saylay-
dilar. Natijada, franklarning karo-
linglar sulolasi o‘rniga mahalliy 
saksoniyaliklar sulolasi hoki 
myatga 
keladi. Shu tariqa yangi davlat – 
Germaniya qirolligi vujudga keladi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə